Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
46
ekaningni bilardim, oxir-oqibat to‘g‘ri yo‘lga tushasan deb ishonardim, Demak, biz sen bilan kelishib 
oldik. Endi hech narsadan shubhalanma. Mening aytganimni qilsang bas. Eng muhimi — 
yuzlashtirganda qo‘rqma-hurkma, gapirganda ko‘zlariga tik boqib, bo‘lgan voqeani ro‘y-rost aytib 
beraver. Popov — rezident, qirq to‘rtinchi yildan Angliya razvedkasiga sotilgan, Yugoslaviyadan 
jo‘natilish oldidan Titov huzurida kengashda ishtirok etgan, mamlakatimizga uzoq muddatli topshiriq 
olib kelgan — biron to‘polon boshlandi deguncha ishga kirishadi. Bo‘ldi. Popovga shuning o‘zi yetadi. 
Endi o‘sha tatar Sayfullinga kelsak, u Popovning eng yaqin yordamchisi, o‘ng qo‘li. Sen tasdiqlasang 
bo‘ldi, unga shuning o‘zi yetarli. Qolganini o‘zimiz qiyomiga yetkazamiz. Mana shularni aytsang bas, 
vazifang bitadi, keyin hech narsadan xavotir olma. Senga hech qanday xavf-xatar yo‘q. Men borman. 
Shunday. Dushmanlar bilan so‘zimiz qisqa – tugatamiz vassalom. Do‘stlar bilan hamkorlik qilamiz, 
gunohi bo‘lsa yengillatamiz. Unutma. Yana shu narsa ham esingda bo‘lsinki, men bilan o‘ynasha 
ko‘rma. Nega ranging o‘chgan, terlab turibsan, nima, tobing qochdimi? Yoki havo yetishmayaptimi? 
— Ha mazam yo‘q, dedi boshi aylanib ko‘ngli ayniganini, zahar solingan ovqat yeganday dili 
g‘ashligini birdirmaslikka urinib. 
— Unday bo‘lsa seni ushlamay. Hozir o‘z kupengga bor-da, Orenburgga yetguncha dam ol. Lekin 
Orenburgda toblangan otday bo‘lib turasan. Tushuntira oldimmi? 
haligilar bilan o‘zingni u yoq-bu yoqqa tashlamaysan. «Esimda yo‘q, bilmayman, unutdim» kabi 
so‘zlar og‘zingdan chiqmasin. Men aytganday qilib, sharillatib bo‘yinlariga qo‘yib bersang bo‘ldi. 
Qolganlari sening ishing emas. Buyog‘ini bizga qo‘yib ber. Kelishdik. Bugun hech narsa yozmay 
qo‘yaqolaylik, bor, damingni ol, Orenburgda yuzlashtirilgandan keyin hammasini yozib, qog‘ozlarga 
o‘shanda qo‘l qo‘yamiz. Aytganlaringga imzo chekib berasan. Endi boraver. Ikkalamiz hammasini 
gaplashib oldik. — Shu gaplarni aytib bo‘lgach, Tansiqboev Abutalipning avaxta kupesiga qo‘yib 
yubordi. 
Shu paytdan boshlab Abutalipning hayotida butunlay yangi bir davr boshlanganday bo‘ldi. Unga 
poezd oldingidan tezroq yura boshlaganday tuyuldi. Ko‘zga tanish yerlar derazadan zipillab o‘tib turdi. 
Bo‘ronligacha sanoqli daqiqalar qolgan edi. Endi hushini yig‘ib olib, bola-chaqasini ko‘ra oladimi-
yo‘qmi shu haqda o‘ylashi kerak. Biroq oldin poezdning sekinroq yura boshlashini tilash kerak. 
Abutalip poezd tezligi pasayishini Ollohdan iltijo qildi, sal o‘tmasdan poezd sekin yura boshladi. Yoki 
unga shunday tuyuldimikin, shundan so‘ng ko‘ngli ancha taskin topdi, u derazaga yaqin o‘tirib 
tevarak-atrofni tomosha qilib ketdi. Uning butun fikri-zikri Bo‘ronlida edi. Poezd chindan ham Bo‘ronli 
bekatiga yaqinlashib qolgan edi. Abutalip turmush dakkilarini yeb, taqdir taqazosi ila qo‘nim topgan 
yeri Bo‘ronlida bolalarim odam qatoriga qo‘shilguncha tirikchilik qilib tarix alg‘ov-dalg‘ovlaridan eson-
omon o‘tib olsam deb o‘ylar edi, yo‘q, bu umidi ham puchga chiqdi. Oilasi qarovsiz qoldi, hali nima 
kechishini xudo biladi, o‘zi bo‘lsa avaxta-vagonda uyining yonidan o‘tib borayotir. 
Abutalip hamma narsaga o‘la-o‘lguncha xotirasida saqlab qoladiganday vagondan tikilib borar edi. 
Qahraton sovuq kelgan hut oyining ana shu kuni choshgoh paytida ko‘ziga nimaiki ko‘rinsa – qor 
uyumlari bo‘ladimi, temir yo‘l yoqasidagi qori erib ketgan yerlar, butazorlar bo‘ladimi, olachalpoq qor 
bosib yotgan dala-dasht bo‘ladimi — bularning hamma-hammasini qandaydir muqaddas bilib, tengsiz 
hayajon ila ko‘zdan kechirar edi. Ana, ko‘zga tanish tepalik, uning yonginasida pastqam joy, huv ana 
Zaripa ikkalasi temir yo‘lni tuzatish uchun kerak-yarog‘larni ko‘tarib o‘tib yurgan yolg‘iz oyoq yo‘l, ana 
sayhonlik — u yerda Bo‘ronlidagi bolalar hamda o‘zining Dovuli bilan Ermegi yoz kunlari chug‘urlashib 
chopib o‘ynashardi. Huv anavi yerda bir to‘p tuya yoyilib yuribdi, yonginasida yana ikki tuya turibdi. 
Shulardan biri Yedigeyning Qoranori olisdan tanisa bo‘ladi — Hamon o‘sha devsifat tuya, shoshmay-
netmay qayoqqadir ketayotir, buni qarang — birdan qor yog‘a boshladi shekilli, havoda qor 
uchqunlari to‘zib qoldi, Ha, chindan qor yog‘ib ketdi, har tugul ertalabdan osmonda qora bulutlar 
paydo bo‘lib, havo ayniy boshlagan edi, qor yog‘ishi kerak ekan-da, lekin qor sal ozgina sabr qilsa 
bo‘larmidi, Bo‘ronlidagi uylarning tomlari, mo‘rilar ko‘rina boshladi, mana poezd ehtiyot yo‘liga kirdi, 
g‘ildiraklar izlar qo‘shilgan joyga taqillab urilib o‘tmoqda, ana budka yonida qo‘liga bayroqchasini 
ushlab strelkachi turibdi — eh bu Qozong‘apku! O’sha qurib qolgan daraxt tanasiday ozg‘in 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin