Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
42
Qizilo‘rdadan o‘tgandan so‘ng tanish yerlar boshlandi. Kech kirmoqda edi. Qorli qirg‘oqlar orasida 
Sirdaryo ilang-bilang bo‘lib yaltirab oqib yotibdi va oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan dashtlar o‘rtasida 
yastanib yotgan Orol dengizi botayotgan quyosh nuridan yog‘dulanib ko‘rindi. Dastlab dengizning 
qamishzor muyulishlari, suv sathining chekka qismlari, kichik-kichik orollar ko‘zga tashlandi, so‘ngra 
o‘ynoqi to‘lqinlarning qumli qirg‘oqqa urilib, temir yo‘lga yetar-etmas orqaga qaytayotgani baralla 
ko‘rina boshladi. Bularning hammasini — qorni ham, dengiz qumini ham, yiroq-yaqinidagi toshlarni 
ham, shamolda mavjlanayotgan moviy dengizni ham, toshloq yarim orolda yoyilib yurgan tuyalar 
to‘dasiniyu, osmonu oq bulut parchalarini ko‘z ochib yumguncha birato‘lasiga ko‘rish hammaga ham 
nasib qilavermaydi. 
Abutalip Bo‘ronli Edigeyning Orol dengizining sohilida tug‘ilib o‘sganini, Qozong‘ap xush ko‘radigan 
surlangan baliqlarni yuk poezdlarining provodniklari orqali jo‘natib turganini esga olar ekan, yuragi 
zirqirab siqila boshladi — Bo‘ronli bekati yaqin qolgan edi. Tong otsa ertalab soat o‘nlarda yoki sal 
kechroq bekatga kirib boriladi — yo‘lovchilar poezdi nuragan uychalar, omborxonalar va atrofi tikanli 
o‘tlar bilan to‘silgan tuyaxonalar yonidan o‘tdi. Sharqdan g‘arbga qarab, g‘arbdan sharqqa qarab 
qancha poezdlar o‘tishini kim biladi deysiz, unisiniyam qo‘yavering, bekatdan maxsus vagonning 
avaxta kupesiga shu bugun sahar chog‘i g‘arbga qarab Abutalip o‘tishini Zaripaning yuragi 
sezganmikin, ehtimol bolalarning norasta dillari biron bir hodisani sezganday, xuddi o‘sha daqiqada 
o‘tadigan poezdni ko‘rgisi kelmasmikin? Parvardigori olam nega bandalaringni bunchalik qiynoq, 
azobu-uqubatga solib qo‘ymasang!? 
Hut quyoshi botib, ufqqa bosh qo‘ymoqda edi, uzoq-uzoqlarda osmon bilan yer o‘rtasidagi shafaq 
sovuqdan so‘nib bormoqda va oqshom cho‘kib, asta-sekin qish kechasi bostirib kelmoqda. Qosh 
qorayib, tevarak-atrof ko‘rinmay qoldi, bekat chiroqlari yona boshladi.
Poezd esa ilang-bilang bo‘lib dasht tuni ichra sho‘ng‘ib borardi. 
Abutalip uyqusi qochib, to‘lg‘anar edi. Kupeda temir qafasga tushganday o‘zini qaerga qo‘yishini 
bilmas, u burchakdan bu burchakka tashlar, uf tortar, kerak-nokerak hojatxonaga qatnar edi, bu esa 
nazoratchining jig‘iga tegdi, nazoratchi kupe eshigini ochib yotar ekan, bir necha marta tanbeh ham 
berdi: 
— Hav, mahbus, nega buncha oyog‘i kuygan tovuqday pitillamasang. Bunday qilish mumkin 
emas! Jim o‘tir. 
Lekin Abutalip o‘zini idora qilolmay, hamon to‘lg‘anar ekan, soqchiga murojaat qildi: 
— Gapimga quloq sol, navbatchi! Sendan o‘tinib so‘rayman, uxlatadigan doring bo‘lsa ber, o‘lib 
qolay deyapman. Xudo haqqi! O’lib qolsam nima qilasanlar! Boshlig‘ingga ayt — mening o‘ligimni 
boshlaringga urasanlarmi? Rostdan ham uxlayolmayapman. Bexud bo‘lyapman. 
Abutalip nazoratchi iltimosini nazariga ilmasa kerak deb o‘ylagan edi. Yo‘q, u Tansiqboevning 
kupesiga yugurib borib uxlatadigan ikki dona tabletka olib kelib berdi, uning bunday lipillab 
qolganining sababini Abutalip ertasi ertalab bildi. U dori ichgandan keyin ha deganda uyqusi 
kelavermadi. Yarim kechaga borgandagina ko‘zi ilindi. Lekin baribir miriqib uxlay olmadi. Yomon 
tushlar ko‘rdi. Tushida temir yo‘lga tushib olib, jon talvasasida qochib ketayotgan emish, ortidan 
poezd quvib borayotganmish. Parovozning oldiga tushib, shpallar ustida chopayotgani shu qadar 
dahshatli ediki, bu hodisa tushida emas, o‘ngida bo‘layotgan edi. Chanqaganidan tomog‘i qurib qoldi. 
Parovoz hamon quvib borar ekan, o‘tkir chiroqlari bilan Abutalip yelib borayotgan yo‘lni yoritardi. U 
relslar orasida yuragini qo‘ltiqlab chopar ekan, gir atrofga alang-jalang qarab ovozi boricha «Zaripa, 
Dovul, Ermek qaerdasanlar? Bu yoqqa kelinglar. Bu menman, Abutalip! Qaerdasanlar! Javob 
bersalaringchi?» deb qichqirarmish. Lekin hech kim javob bermasmish. Oldinda zimiston, orqada esa 
bosib, ezib ketishga tayyor, tobora yaqinlashib kelayotgan parovozdan qochishga majol yo‘q, 
yashirinay desa burun suqquday teshik topilmaydi. U yuguraverib holdan toyibdi, oyoqlarini 
tortaolmay, o‘pkasi og‘ziga tiqilib qolibdi. 
Abutalip ertasi ertalab yelkasiga guppini tashlab olib panjarali oyna oldida tashqariga qarab o‘tirar 
ekan, rangi siniqqan, qovoqlari shishib ketgan edi. Tashqari sovuq va qorong‘i edi. Bir ozdan keyin 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin