Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
43
tong bo‘zarib atrof yorisha boshladi. Osmon ola bulut bo‘lsa-da, havo aynib qor yog‘adigan shashti 
bor... Mana, Sario‘zak zamini boshlandi. Hammayoq qorga burkangan, chuqurliklarga qor to‘lib 
qolgan. Lekin diqqat bilan nazar solinsa, tepaliklar, jarliklar, ovullar, tuman purkab turgan mo‘rilar 
ilgaridan tanishday. Qahraton qishda tutun burqsib turgan tomlar Abutalipga xuddi o‘z uyiday tuyuldi. 
Qumbel bekati uzoq emas, uch soatlar yo‘l yurilsa, Bo‘ronli bekati keladi. Bu yerlarni juda yaqin desa 
bo‘ladi. — Yedigey bilan Qozong‘ap xudoyi deysizmi, to‘y deysizmi goho-gohoda tuyalarda kelib 
ketishardi. Mana, shu bugun ham erta saharda bir kishi tulki tumoq kiyib qo‘ng‘ir tuyasida ketayapti, 
Abdutalip panjaraga yopishdi-qoldi, qorindoshlardan biri bo‘lsa-ya! Ehtimol bu qoranorga minib olgan 
Yedigeyning o‘zidir! Afrikada jirafa qanday chopsa, bu yerlarda yo‘rtadigan devday nor tuya yuz 
chaqirimni ko‘rdim ham demaydi. Bo‘ronli bekati yaqinlashavergach, Abutalip shuursiz ravishda, 
poezddan tushishga tayyorlanaverdi. Bir-ikki marta poyabzalini yechib yana kiydi, paytavasini qayta 
o‘radi, narsalarini yo‘lxaltasiga solib tayyorlab ham qo‘ydi. Poezddan tushish paytini kuta boshladi. 
Lekin sabri chidamadi — qorovuldan ruxsat olib yozilib, yuvinib ham keldi, kupega qaytib kirgandan 
keyin esa nima qilishini bilmasdan yana o‘tirib qoldi. 
Abutalip o‘zini tiyib, bosiq harakat qilar ekan, tizzasini quchoqlab o‘tirib olgancha, onda-sonda 
oynaga qarab qo‘yar edi. Qumbel bekatida poezd yetti daqiqa to‘xtab turdi. Bu yerdagi hamma narsa 
Abutalipga tanish. Hatto shu katta bekatda turli tomonga qarab ketishdan oldin Abutalip ketayotgan 
poezd bilan uchrashgan yuk va yo‘lovchi poezdlari ham unga ardoqli va tanishday tuyuldi, axir bu 
poezdlar Abutalipning farzandlari bilan xotini yashaydigan Bo‘ronli bekatidan yaqindagina o‘tgan edi-
da! Shuning uchun jonsiz temir bo‘lsa-da poezdni o‘zining uyi oldidan o‘tgani uchun xushxabar olib 
kelganday yaxshi ko‘rib qoldi. 
Lekin poezd yana yo‘lga tushdi, poezd perron yonida asta yurib bekatdan uzoqlashgunga qadar 
Abutalip tanish-bilishlarini ko‘rib qolishga ulgurdi. Ha, Ha, bular Abutalip ko‘rgan-bilgan qumbelliklar 
albatta, ular keksa bo‘ronliklarni — Qozong‘apni, Yedigeyni, ularning bola-chaqalarini yaxshi bilishi 
turgan gap, oxir Qozong‘apning o‘g‘li Sobitjon shu yerdagi maktabni bitirgan-ku, hozir esa institutda 
o‘qiydi... 
Poezd bekatdan uzoqlashgach, tezligini oshirib g‘izillab yura boshladi. Abutalipning bolalari bilan 
bu yerga tarvuz olgani kelganini, yangi yil archa bayramiga va boshqa ishlar bilan kelib ketganini 
esladi. 
Abutalip ertalab berishgan ovqatlariga qo‘l ham urmadi. U butun vujudi bilan bir narsa haqida — 
Bo‘ronliga yaqin qolgani, bor-yo‘g‘i ikki soatdan nari-beri jonajon bekatga yetib borishi to‘g‘risida 
o‘ylar edi, buyog‘iga qor yog‘ib qolmasa bo‘lgani der edi, hamma yoqni qor bosib qolgunday bo‘lsa, 
Zaripa bilan bolalari hech yoqqa chiqisha olmaydi. Unda oila a’zolarini ko‘rish haqida so‘z ham bo‘lishi 
mumkin emas. 
«Yo poko parvardigoro, iltijo qilardi Abutalip, o‘zing rahim qil, bu safar qoringni yog‘dira ko‘rma. 
Sen qodirsan, qudratingni ko‘rsat, biz bekatdan o‘tib ketgandan keyin yog‘diraver. O’zing bandam 
degin, rahim ayla ojiz qulingga! Abutalip tizzasini quchoqlab g‘ujanak bo‘lib o‘tirar ekan, fikrini yig‘ib 
olish, sabr-bardosh bilan ish ko‘rish, xudodan o‘zining yo‘l bo‘yi so‘ragani — deraza orqali xotini bilan 
bolalarini ko‘rib qolish orzusining ushalishini istar edi. Qani endi oila a’zolari Abutalipni ko‘rib qolishsa. 
Saharda nazoratchi eshik ortidan kuzatib turganda hojatxonada yuvinar ekan, zang bosgan yuvingich 
ustidan eski ko‘zguga qarab o‘zini tanimay qoldi — rangida rang qolmagan, murdaday sarg‘ish 
tortgan, hatto asirda ekanligida ham bunchalik sarg‘aymagan edi, sochlari oqarib ketgan, ko‘zlari 
kirtaygan, nursiz, peshonasida chuqur ajinlar paydo bo‘lgan, Yosh bo‘la turib tezgina qarib qolibdi. 
O’g‘illari Dovul va Ermek, xotini Zaripa shu asnoda ko‘rib qolishsa bormi, tanish u yoqda tursin, 
qo‘rqib ketishgan bo‘lar edi. Lekin baribir otasini tanishib suyinishardi. U oilasiga qaytsa, farzandlari, 
xotini bilan topishguday bo‘lsa, yana doimgiday bo‘lib ketgan bo‘lar edi. 
Abutalip ana shu xayollar og‘ushida derazaga qaradi. Mana yana tanish joy ko‘rindi — ikki tepalik 
orasida pastlik. Abutalip ilgarilari Bo‘ronli bekatidagi bolalarni shu yerga olib kelib u tepadan bu 
tepaga baqirib-chaqirib chopib o‘tishini yaxshi ko‘rar edi. 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin