Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
40
to‘xtab o‘tsa! Shunday xayol nish urishi bilan Abutalipning dili ikki qiynoq iskanjasida qoldi: poezdning 
to‘xtab o‘tishi uning uchun chindan ham bir olam baxt bo‘lar edi, ikkinchi tomondan azobi jon ham 
edi — avvalo o‘zi bolalarini ko‘rganda yuragi yorilib o‘lishi hech gap emas, shu bilan birga 
farzandlariga ham oson bo‘lmas edi. Otalarini temir panjara ortida ko‘rishsa, dodlab yig‘layverib 
holdan toyishlari turgan gap... Yo‘q, yo‘q, yaxshisi, ko‘rmasin ham, kuymasin ham... 
Demak, eng yaxshisi uzoqdan bo‘lsa ham bola-chaqasini ko‘rib qolishni iltijo qilishdan yaxshisi 
yo‘q. Shu ezgu niyatda ko‘nglida hisob-kitob qila boshladi — ilgari ko‘rib yurgan bekatlaridan qaysi 
birlari ortda qolib, yana qanchasi oldinda turibdi, agar poezd shu tezlik bilan yuradigan bo‘lsa, Bo‘ronli 
bekatiga qachon yetadi — u yerdan kunduzi o‘tadimi, kechasi o‘tadimi — uning fikri-zikri shunda 
bo‘lib qoldi. Chamalab ko‘rsa yomon bo‘lmas ekan — poezd bekatdan kunduzi o‘tar ekan, lekin baribir 
uning dilini hamon shubha va xavotir kemiraverdi, chunki biron sabab bilan poezd ushlanib kechikib 
qolishi, yoki birdan bo‘ron quturib yo‘lni qor bosib qolishi mumkin-ku, eng yomoni poezd bekatdan 
kechasi o‘tib ketsa-yu, Zaripa bolalari bilan dong qotib uxlab yotgan bo‘lsa, yonlaridan otalari o‘tib 
borayotganini bilishmasa — bundan zo‘r armon bo‘lishi mumkinmi? Ha, shunday bo‘lib chiqishi ham 
mumkin, Abutalip o‘zining butunlay ojizu-notavon ekanligidan, taqdiriga tan berishdan bo‘lak iloji 
yo‘qligidan yanada besh battar yuragi vayron bo‘ldi. 
Abutalip yana bir boshqa narsadan xavotirga tushib qoldi — lochin ko‘z tergovchi poezd Bo‘ronli 
bekatidan o‘tib ketayotgan paytda navbatdagi so‘roqni boshlab qolsa-chi! 
Tovba, odam bolasining o‘z oila a’zolarini bir ko‘rib qolsam degan pok niyati yo‘lida ham 
shunchalik qarshiliklar va xavf-xatar g‘ov bo‘ladimi, ozodlikdan mahrum qilindi degani shu bo‘lsa 
kerak. Abutalipning ko‘ngliga taskin va ishonch berayotgan bir narsa bor edi — avaxta kameraning 
oynasi ketayotgan poezdning o‘ng tomonida edi, xudo yorlaqab Bo‘ronli bekati ham shu tarafda edi. 
Ana shu o‘y-xayollar, qo‘rqinch va shubhalar Abutalipni tamoman o‘z komiga tortib olgan edi, u 
o‘zining ayanchli qismatini unutib, butun borlig‘i bilan diydor onlariga cho‘mgan, o‘z joni ko‘ziga 
ko‘rinmas edi, bo‘lsa bo‘lar, bo‘lmasa to‘zar qabilida ish ko‘rib, o‘ziga qo‘yilgan dahshatli ayblarning 
oxir-oqibatda nimalarga olib kelishi haqida o‘ylagisi ham kelmas edi, Tansiqboev bo‘lsa uyat-andishani 
bir chekkaga yig‘ishtirib qo‘yib, tish-tirnog‘i bilan Abutalipga qo‘yilgan ayblarini bo‘yniga olishni talab 
etar edi, tergovchining bosh maqsadi esa go‘yo urush yillaridan boshlaboq ish ko‘rib kelgan dushman 
josuslari uyasini fosh qilish, uni tag-tomiri bilan yulib tashlab, davlat xavfsizligini saqlab qolish edi. 
Josuslik haqidagi uydirma ham Tansiqboev xayolotining mahsuli edi. 
Na Xudodan qo‘rqadigan na shaytondan hayiqadigan Tansiqboev o‘zi Xudo, o‘zi iblis yanglig‘ 
hammasini hisob-kitob qilib qo‘ygan, endi buyog‘ini reja bilan amalga oshirish, yurak yutib ish ko‘rish 
kerak, xolos. Uning Abutalip Quttiboevni boshqa shaharlarda biqib yotgan josuslar bilan 
yuzlashtirishdan maqsadi ham shu masalani uzil-kesil hal qilish edi. 
Xuddi shu paytda Abutalipning Xudodan bittayu-bitta tilagi bor — u jigarporalari Ermek bilan 
Dovulni, qiyomatli umr yo‘ldoshi Zaripani bir ko‘rib qolish, oxirgi marta bir ko‘rib qolishni so‘rar edi. 
Ha, Xudodan so‘ragani faqat shu, boshqa iltijosi yo‘q, peshonaga yozilgani shu ekanini sezgan
taqdiriga tan bergan edi. Bola-chaqasiga ko‘z qirini tashlay olsa, bu Abutalip uchun baxtning eng 
so‘nggi onlari bo‘lajak, boisi uning o‘z oilasiga, uyiga hech qachon qaytmasligiga ko‘zi yetib turibdi. 
Unga qo‘yilgan ayblar shu qadar dahshatli ediki, biron iloj qilish uchun holsiz, majolsiz, Tansiqboev 
oldida esa himoyasiz, huquqsiz edi. Binobarin qudratli hokimiyat oldida himoyasiz, huquqsiz edi, 
bunday ayblar qo‘yilgan odam sog‘ qoladimi-yo‘q, oldinmi, keyinmi, yo otib tashlanadi yo lagerda 
chirib o‘ladi. Abutalip Tansiqboevning qo‘lida qurbon bo‘lishiga uzil-kesil ishonch hosil qildi. 
Tansiqboevning o‘zi ham ulkan bir sistemaning — Har qadamda dushmanni izlagan, izlaganda ham 
sotsializmning butun dunyodagi harakatini to‘xtatishga, kommunizmning butun dunyoda tantana 
qilishiga monelik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan dushmanlarga qarshi tinimsiz kurash olib boradigan jazokor 
sistemaning, o‘zini o‘zi qayrab o‘tkirlab turadigan yuho sistemaning arzimas bir murvati edi. 
Sotsializmga, kommunizmga xiyonat qildi degan ayb hech kimning bo‘yniga taqilmasin, taqilsa 
bormi, omon qolish yo‘q, albatta jazolanadi — yigirma besh yil, o‘n besh yil, kam deganda o‘n yil 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin