Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
51
ko‘pdan beri yuragi bezovta qilardi, qudalar tarafdan kelgan sovuq xabar ustani yiqitdi — 
Sengirboylar kelinining bir qorindan talashib tushgan singlisi — o‘n yetti yashar Ulqan dunyodan ko‘z 
yumibdi. O’tovsoz usta qudalarining hurmati va urug‘doshlarning udumi, deb bo‘yiga yetgan qiz 
bolaning dafn marosimida ishtirok etish uchun shosha-pisha po‘stinini kiydi, o‘smir o‘g‘illaridan 
Turman bilan Elomon cholning ikki qo‘ltig‘idan ushlab hovlida egarlog‘liq turgan otga tomon 
yurishayotgan edi, Sengirboy bobo o‘tov bo‘sag‘asidan o‘tishi bilanoq yuragini changallab qoldi, 
oyog‘ini uzangiga solishga ham ulgura olmadi. Og‘riqdan ingrab, otning yoliga yopishganicha, oyoqda 
bazo‘r turib yiqilgudek chayqaldi. 
Shunda urf-odatga ko‘ra, butun ishlarni xotini Kerto‘lg‘a-zaifa o‘z qo‘liga oldi. Kampir lozim bo‘lsa, 
hamma ishni joyiga qo‘yadi. Kerto‘lg‘a-zaifa cholini o‘g‘illari yordamida uyga olib kirdi, yechintirdi, 
tezgina o‘rniga yotqizdi va o‘tovsozga dedi: 
— Usta, qudalarnikiga janozaga bora olmasangiz, Xudo ko‘rib turibdi, o‘zi kechiradi. Bu ishni 
menga topshiring. Sizdan keyin bu uyning kayvonisi men endi, vaqti kelar, bo‘zuay urug‘imizning 
urug‘ onasi ham men bo‘laman. Motamda yig‘lash uchun bo‘zuyliklarga men bosh bo‘lib borsam, 
qudalar xafa bo‘lishmas. Hozir xafa bo‘lishning mavridi emas — Tolchuy vodiysida nimalar yuz 
berayotganini hech kim bilmaydi: o‘g‘illarimiz g‘alaba bilan qaytishadimi, xudo biladi. Hozircha hech 
xabar yo‘q — hamma yuragini hovuchlab turibdi. Siz xudodan tani sog‘liq so‘rang, jang 
qilayotganlarga omad tilang! O’zingizni ehtiyotlang, siz bo‘zuyliklarning boshchisisiz, mening uchun 
esa, uch bolamning otasi, eng ulug‘ odamsiz. Mana shu musibatli xizmatni ado etishni menga 
ishoning. O’rningizdan turmang, yoting. Elomon sizga qarab turadi, biz hammamiz yo‘lga otlanamiz. 
Shunday gap so‘z bo‘lib o‘tdi. Bu gaplardan keyin ran-gida rang qolmagan, yuzini ter bosgan 
o‘tovsoz usta Sengir-boy boshini yostiqdan ko‘tarmasdan eshitilar-eshitilmas dedi: 
— Sen haqsan, kampir. Men borolmagach, sen borishing kerak. Sen bo‘zuyliklarning barini 
ergashtirib bor. Kelinimiz Olmosh qarindosh-urug‘lari orasida yolg‘izlanib qolmasin. Uzoqdan yig‘i 
beringlar, hamma eshitsin, barcha bo‘zuyliklarning yig‘laganini xalq bilsin, ovozlaringni baland ko‘tarib 
girya qilinglarki, qudalarimiz kuyovlari Qo‘ychiman bilan o‘lim to‘shagida yotgan katta quda — mening 
yo‘qligimni sezishmasin. Bilib qo‘yinglar: hammamiz inson ekanmiz, urush qancha dahshatli 
bo‘lmasin, o‘lganlarni hurmat-izzat bilan dafn etishni unutmasligimiz kerak... 
Shu ravishda, ushoq bo‘zuy urug‘idan bo‘lgan bolali ayollar, chol-kampirlar yo‘lga chiqishdi, 
ularning butun qalbi jungor o‘yrotlari bilan bo‘layotgan jang nima bilan tugarkan, deb bezovta edi. 
Hamma o‘sha tomonda, Tolchuy vodiysida nimalar sodir bo‘layotgani haqida o‘ylardi: nega, hech 
xabar yo‘q? Nega, hech kim hech narsani bilmaydi? Urug‘ning, xalqning or-nomusini saqlab qolish 
uchun yigitlar qirg‘in-barotga yuz tutib ketishgan. Ular ko‘ngillari g‘ash, zo‘r xavotirda jo‘nab 
ketishgan. 
Ucharni tutib, bo‘yniga kamarini solish Elomon uchun oson bo‘lmadi — tozining odamlarga 
qo‘shilib ketib qolishi hech gap emas edi-da! Shunda ham Uchar bo‘ynidagi bog‘ichi bilan olg‘a intilar, 
bo‘shab ketishga urinardi. Lekin itni qo‘yib yuborish mumkin emas — yot joylarda tozini ovul itlari 
galasi g‘ajib tashlagan bo‘lardi. Albatta, shunday bo‘lardi. 
Elomon Ucharni bo‘ynidan ushlab turar ekan, nima deyishini bilmay turib qoldi. Janozaga
ketayotganlarga “Yaxshi borib kelinglar” deyishmaydi-ku! Onasi oti ustida jilovni tortib turar ekan, 
o‘g‘liga: nega serrayib turib qolding? Tezroq uyga borsang-chi! — dedi qovog‘ini solib. – Otangga 
qara, eshityapsanmi? Oldidan bir qadam ham ketma, uqdingmi?
Elomon “tushundim” degandek bosh irg‘adi. Onasi aytganlarining hammasini qiladi. Elomon 
onasiga, uning bug‘doyrang, ajinlar bilan qoplangan g‘amgin qarimsiq yuziga boqar ekan, kampirning 
hozirgiday tashvish tortganini hech eslay olmaydi. Elomon onasiga qarab dedi: “Ko‘rgiliklarimiz bor 
ekan, endi siz ketavering. Biz uchun g‘am yemang. Men endi yosh bola emasman-ku! hamma 
tayinlaganlaringizni qilaman. Otamdan bir qadam nari jilmayman. Faqat Qo‘ychiman akam ot ustida 
uzangisiga oyoq tirab omon kelsa bas. Jasadini egarga o‘ngarib kelishmasa bo‘lgani. Ilohim, barcha 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin