Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
47
Qozong‘ap, ey Xudoyim, Qozong‘apning budkasidan o‘tildi, poezd olg‘a qarab ovul yonidan o‘tib 
borayotir: mana uylar ko‘rina boshladi, uylarning eshik-derazalari aniq ko‘zga tashlanadi. Kimdir uyiga 
kirib borayotir, Abutalip uni orqasidan ko‘rib qoldi, kim bo‘ldi ekan, kimdir poya-taxtadan nimadir 
yasayapti, bu Yedigey bo‘lsa kerak, ha o‘sha, guppisining yenglarini qaytarib olibdi, uning yonida 
qizlari, qizlarning orasida Ermek, mening aziz Ermegim turibdi, sendan aylanay erkatoyim, Yedigeyga 
yerdan nimanidir olib berayotir. Oh, Xudoyim bolaginamning yuzini yaxshiroq ko‘ra olmadim, Dovul 
bilan Zaripa qani? Ana ikkiqat bir ayol yuribdi, u bekat boshlig‘ining xotini Savle, ana Zaripa. Ro‘molini 
yelkasiga solib olgan. Zaripa bilan Dovul, onasi kenjatoyning qo‘lidan ushlab olib Yedigeyning oldiga 
ketyapti. Men tomonga qarab ham qo‘yishmaydi. Abutalip «Zaripam! Azizam! Dovul! Mening jonim! 
Menga qarasalaring-chi! Men senlarni oxirgi marta ko‘rayotirman. Alvido Dovul! Ermek! Omon 
bo‘linglar! Meni unutmanglar! Sizlarsiz menga hayot yo‘q! Alvido!» deb dod solib baqirib yubormaslik 
uchun og‘zini kafti bilan yopib, ko‘zlari nigoron poezdda o‘tib ketyapti. Lekin bola-bechoralar buni 
qayoqdan bilishsin. 
Chaqinday o‘tib ketayotgan ana shu onlarda Abutalipning ko‘rgan-bilgani shu bo‘ldi. Poezd 
Bo‘ronli bekatidan allaqachon olislab ketgan bo‘lsa ham uning ko‘z oldida ko‘rganlari birma-bir 
gavdalanib turar edi. Oyna ortida hammayoqni qalin qor bosdi. Hammasi yiroqda, ortda qoldi, biroq 
Abutalip uchun vaqt hayotining mazmuni jigarporalari yarq etib ko‘zga tashlangan alamli onlarda 
to‘xtab qolganday bo‘ldi. 
Tashqarida qor yog‘ib, hech narsa ko‘rinmay qolgan bo‘lsa ham Abutalip oynadan ko‘zini uzmay 
o‘tirib qoldi. U derazaga mixlab qo‘yilganday dunyoning adolatsizligiga bo‘yin tovlab haqiqat sari 
intilsa ham, yelkasidan bosib turgan azozilning qudratiga bosh egmay iloji yo‘q edi, sevgili xotini, 
suyukli farzandlarini ko‘rgan bo‘lsa ham, ularning yonginasidan tilsiz-zabonsiz hayvonga o‘xshab o‘tib 
ketgani alam qildi. Uni o‘z erkidan mahrum qilgan o‘sha azozil edi. U hammaning ko‘z oldida 
poezddan sakrab tushib, sog‘inib intizor yurgan oila a’zolarining quchog‘iga otilish o‘rniga g‘ururi 
toptalgan bo‘lib o‘tiribdi. Tansiqboev bo‘lsa uni xohlagan joyiga o‘tirg‘izib, xohlaganda turg‘izib itga 
muomala qilganday xohlagan ko‘yga soladi, yuragini o‘rtagan o‘y-xayollardan qutilish uchun Abutalip 
o‘ziga o‘zi so‘z berdi, qat’iy bir qarorga keldi. Dilini kuydirib ketgan o‘sha yilt etgan uchrashuv 
Abutalipning ko‘z oldidan to‘xtovsiz milt-milt o‘tib turar edi. Bunga hech kim xalaqit bera olmaydi. 
Abutalipning kuchi faqat shunga yetadi — Hammasini qayta-qayta xotirlashdan boshqasiga majoli 
yetmaydi – dastlab Qozong‘apni ko‘rdi, tirishqi qo‘llarida bayroqcha, tunni tun, kunni kun demasdan 
postda qaqqayib turgani turgan, goh bekatning u boshida, goh bu boshida turib umrida qancha 
poezdlarni qarshi olib jo‘natib qo‘yganini hech kim hisob-kitob qilmagan, shundan keyin ovuldagi 
pastqam uylar, molxonalar, tutun burqsib turgan mo‘rilar ko‘rindi. Yedigeyning yonida o‘ymalashgan 
bolalar orasida o‘g‘li Ermekni ko‘rganda nafasi tiqilib baqirib yubormaslik uchun og‘zini kafti bilan 
to‘sdi, o‘shanda mehribon Yedigey bolalarga nimadir yasab berayotgan edi. Ermek Yedigeyga taxtami 
yoki boshqa bir narsani olib borayotgan edi va o‘sha bir necha lahza ichida hammasi aniq-ravshan 
ko‘rindi. Guppi kiyib yengini qayirib olgan, yuzi sovuq shamoldan qorayib ketgan, qomatli, ozg‘in 
Yedigey oyog‘ida kirza etik, boshida telpak, oyog‘iga piyma kiygan bir bola, uning yonida Dovul bilan 
Zaripa ketyapti. Bechora Zaripa xuddi yonginasida turganday ko‘rindi — ro‘moli kiftiga tushib, qop-
qora sochi hurpaygan, rangi o‘chgan, o‘sha yoqimtoy yor, paltosi tugmalanmagan, oyog‘ida o‘zi olib 
bergan arzon etik, egilib Dovulga nimalarnidir uqtiryapti — bularning hammasi shunchalik tanish, shu 
qadar ko‘ngilga yaqinki, Abutalipning ko‘z oldidan qayta-qayta o‘taverdi. Bu uchrashuvdan so‘ng 
Abutalip ular bilan vidolashganday bo‘ldi, endi dunyoda hech nima, hech qachon bu yo‘qotuvning 
o‘rnini bosa olmaydi. 
Yog‘ayotgan qor tinmasdan bora-bora bo‘ronga aylandi. Orenburgga ozgina qolganda poezd 
bekatda bir soatcha turib qoldi — temir yo‘lni qordan tozalashdi. Kishilar shovqin ko‘tarishib qorni, ob-
havoni, hamma-hammasini og‘ziga kelgan so‘zlar bilan so‘kishayotgani baralla eshitilib turdi. Yo‘l 
ochilgandan so‘ng poezd qorni uchirib yurgan bo‘ronga qaramasdan yo‘lga tushdi. Orenburgga 
kirganda sekin yura boshladi. Yo‘l yoqasidagi qing‘ir-qiyshiq daraxtlar qurib qolganday qorayib turar 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin