Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
56
Biz tog‘lar ustidan uchdik. Dovonga yetganimizda qattiq shamol turib, qop-qora bulutlarni 
qarshimizga haydab keldi. Oldin yomg‘ir tomchiladi, keyin ho‘l qor yog‘di, shalabbo bo‘lgan 
qanotlarimiz yaxladi, uchish qiyinlashdi. Bizning galamiz orqaga qaytdi. Biz hammamiz baqirib-
chaqirib yana ko‘l ustida aylanib ucha boshladik, qanotlarimiz sergidi, aylanib uchganimiz sari 
yuksaklikka ko‘tarila bordik, so‘ng yana yo‘lga tushdik. Lekin bu gal shu qadar baland ko‘tarilib 
uchdikki, tog‘laru bulutlar juda pastda qolib ketdi, quyosh nurlari bizni quvib yetganda dovondan 
oshib o‘tgan edik, ostimizda uzoqda Tolcho‘y vodiysi keng yoyilib yotardi. Eh, rohatbaxsh Tolchuy, 
buyuk cho‘llarga tutashib ketgan go‘zal vodiy! Butun vodiy boshdan-oyoq quyosh nurlariga cho‘milib 
yotardi, yerni yashil maysalar gilami qoplagan, daraxtlarning novdalari esa, bo‘rtib, kurtak 
bog‘lagandi. 
Vodiyning o‘rtasida ilang-bilan bo‘lib kumushrang Chuy daryosi oqib yotibdi, yo‘limiz xuddi shu 
daryo o‘zanidan o‘tishi kerak. Biz sog‘inganimizdan osmondan turib vodiy bilan o‘z tilimizda qiyqirib 
salomlashdik, so‘ng daryo bo‘ylab asta-sekin pasaya boshladik va yerga yaqinlashib bordik. Chunki sal 
narida daryo bo‘yida suvli qamishzor bor, qush karvonlarining ko‘ldan boshlangan doimiy buyuk 
yo‘lida biz birinchi marta ana shu yerga qo‘nib o‘tishimiz kerak. Bu yerda biz dam olishimiz, oziqlanib 
bo‘lgach, yana safarga otlanishimiz lozim. Biroq bu gal odatdagi joyga qo‘nib o‘tish nasib etmadi. 
Galalarimiz qanotlari va dumlari yordamida parvozi sekinlashib, birin-ketin jonajon qo‘nim 
joyimizga yaqinlashganimizda qirg‘inbarot jang ustidan chiqib qoldik. Bu dahshatli bir manzara edi. 
Son-sanoqsiz odamlar, ming-minglab otliq va piyodalar shu yerda, bizning qo‘nim joyimizda jon berib-
jon olishmoqda edi. Dahshatli hayqiriqlar, vahshiyona ovozlar, bo‘kirish-o‘kirishlar, na’ralar, 
chinqirishlar, ingrashlar, otlarning kishnashlari, pishqirishlari osmonu falakni qoplagandi. Keng 
maydonda odamlar bir-birlarini jahannamga jo‘natishmoqdaydi. Kishilar bir qarasang, na’ra tortib bir-
birlarining ustiga nayza o‘qtalib yopirilishar, to‘qnashib qolganda bir-birlarini yerga yiqitishar, tiriklayin 
ustiga ot qo‘yar; bir qarasang, bir-birlaridan qochib uzoqlashar; bir qarasang, birovlar qochib 
ketayotgan bo‘lsa, boshqalari quvib ketardi. Kimlardir qamish orasida pichoq va qilich bilan jang qilib, 
bir-birini bo‘g‘izlar, qorinlarini yorardi. Qayoqqa qaramang, odamlarning jasadlariyu otlarning o‘liklari 
tog‘-tog‘ bo‘lib uyulib yotar, suv keng yoyilib oqqan joyda son-sanoqsiz murdalar daryo suvini to‘sib 
qo‘ygandi, qip-qizil qon aralash suv hamma yoqqa yoyilib, otlarning tuyoqlari ostida qon xalqoblarini 
hosil etgandi. 
Bizning galalarimiz yuraklari orqaga tortib, sarosimaga tushib, gangib qoldi, osmonda qiy-chuv 
boshlandi, saflarimiz buzilib ketdi va hammamiz vahimaga tushib betartib bulutlar kabi bir joyda 
aylanib ucha boshladik. Ancha vaqtgacha o‘zimizga kelolmadik, bir-birlarini o‘ldirgan baxtsiz odamlar 
ustida birpas uchib yurdik, talay vaqtgacha galalarimizni to‘plash bilan ovora bo‘ldik, allavaqtgacha 
tinchiy olmadik. Oxir-oqibat, biz o‘sha yerga qo‘nib o‘ta olmadik, o‘sha mash’um joydan ketishga va 
safarni davom ettirishga majbur bo‘ldik... 
* * * 
Kechiringlar, o‘tar qushlar! Bo‘lib o‘tgan vahshiylik uchun kechiringlar, bo‘lajak vahshiyliklar uchun 
kechiringlar. Bani odam hayoti nima uchun shunday ekanini, nega ona zaminda shuncha o‘ldirilganlar 
va o‘ldirilayotganlar borligini men tushintirib bera olmayman, sizlar tushuna olmaysizlar... 
Kechiringlar, Xudo haqi, kechiringlar, musaffo kengliklarga safar qiladigan samoviy qushlar... Jang 
tugagandan keyin u yerda quzg‘unlar bazmi boshlandi, o‘limtikxo‘r qushlar jig‘ildoni yorilguncha odam 
go‘shtiga to‘yishdi, uchish u yoqda tursin, qanotini ham qimirlata olmay qolishdi. Jangdan keyin 
shaqallar bazmi boshlandi — chiyabo‘rilarning odam go‘shtiga qorni shu qadar to‘ygan ediki, 
gavdalarini zo‘rg‘a sudrab ketishdi. Qushlar, keting bu yerdan, bu mudhish joydan uzoq-uzoqlarga 
uchib keting. 
* * * 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin