Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
55
Alqissa, biz buyuklardan buyuk Manas haqidagi va uning jasur o‘g‘li Semetey to‘g‘risidagi 
dostonimizni boshlaymiz — tiriklarga hamdu sano aytish uchun, tiriklarni sharaflash uchun...” 
Bu bolakay o‘zining Xudoning marhamati ila qirg‘izlarning jung‘orlarga qarshi hayot-mamot 
kurashining jarchisi bo‘lib qolajagini hali bilmasdi, u o‘z boshi uchun dushman mingta tulpor va’da 
qilajagini, xoinlar ushlab bergach, qozoqlarning jazirama cho‘lida butun tanasi chavaqlanib, ko‘zlari 
o‘yilib, qiynoqlarda o‘lajagini hali xayoliga ham keltirolmasdi. Axiri, qoniga belanib, tashnalikdan jon 
berayotgan so‘nggi onlarda yana mana shu kunni, shu soatni, shu Ko‘lni — onasi iltijo qilgan Ko‘lni; 
uzoq o‘lkalarga uchib ketish uchun to‘plangan ana shu qushlarni yana esga olajagini va bularning 
hammasini o‘ngidagidek ko‘z oldiga keltirgach, “Onajon ”degan xitob bilan jon berajagini hali 
bilmasdi. 
Bularning hamma-hammasi — shon-shuhrat ham, kurash ham, halokat ham oldinda edi... 
hozir esa, u Issiqko‘l yoqasida, onasi sajda qilgan joyda tozisi Ucharni o‘z qo‘lidan chiqib, odamlar 
ortidan chopib ketmasligi uchun bo‘ynidan qattiq ushlab turar edi. U birdan kasal otasi esiga tushib, 
shoshilib qoldi. 
— Ketdik, Uchar, ketdik, — dedi u itiga buyruq bergandek va tog‘ yonbag‘ridagi ovulga qarab 
shosha-pisha yura ketdi. Ko‘ldan uzoqlashganda ham qush galalarining betinim chag‘ir-chug‘ur, g‘oq-
g‘oq ovozlari quloqqa chalinib turdi... 
* * * 
O’sha kechasi tong saharda kenjatoy Elomonning ko‘zi oldida buyuk o‘tovsoz Sengirboy foniy 
dunyodan ko‘z yumdi. Otasining oxirgi daqiqalarida xirillab, nafasi tiqilib g‘aliz aytgan so‘zlarini deyarli 
tushunib bo‘lmasdi. Lekin bola titrab-qaqshab va yig‘lab otasining yuziga egilib turar ekan, o‘choqdagi 
olovning nim yorug‘ida chol lablarining harakatidan otasining nima demoqchi bo‘lganini payqadi. bola 
ikki so‘zni tushundi: 
— Tolchuyda... nima.. 
Tushundi-yu, labini tishlab yig‘lab yubordi, so‘ngra qattiq ho‘ngradi va o‘zini yig‘idan tiya olmasdan 
dedi: 
— Yo‘q, ota, hech qanday xabar yo‘q! Men sizga qanday yolg‘on gapiray! hech darak yo‘q. Men 
bir o‘zimman. Eshityapsizmi? Men qo‘rqyapman. O’lmang, otajon, siz o‘lmang. Tezda onam keladi
tezda onam keladi... 
O’g‘lining so‘zlariga ota tushundimi-yo‘qmi, Xudo biladi. Shu zahoti uning joni chiqib ketdi, ko‘zlari 
ochiq qoldi. Otasi jon taslim qilish bilan, yashin tezligida kelgan o‘lim cholning yuzini qo‘rqinchli tusga 
kiritib, butunlay o‘zgartirib yuborgani zahoti bola qo‘rqqanidan o‘tovdan otilib chiqdi va nima qilarini 
bilmay, vahimaga tushib, dod solib ho‘ngrab boshi oqqan tomonga chopa ketdi. Uchar ham nima 
bo‘lganini tushunmasa-da, dumini qisib, qo‘rqa-pisa Elomon ortidan chopaverdi. Elomon Issiqko‘lning 
to‘lqinlari mavjlanib yotgan qirg‘og‘iga yetganidagina o‘ziga keldi. Shu yerda u serrayib, turib qoldi. 
Issiqko‘l o‘sha kecha junbushga kelib, shiddatli chayqalib, to‘lqinlarni o‘ynatmoqda edi. Biroq 
Elomonning qulog‘iga boshqa tovushlar — to‘xtovsiz qiy-chuv eshitildi. U Osmonga qaradi va 
nimqorong‘i osmonda son-sanoqsiz qushlar bulutini ko‘rdi. Beadad, tumonat qushlar. Qushlar Ko‘l 
ustida katta doira hosil qilib, aylanib uchmoqda, yo‘lda uchraydigan tog‘lar tepasidan oshib o‘tish 
uchun yuksaklikka ko‘tarilayotgan edi. Nihoyat, qushlar Ko‘l ustidan oxirgi marta aylanib uchib o‘tdi va 
turnaqator tizilishib, yanada balandga ko‘tarila borib Bo‘o‘m darasi tomon yo‘l oldi va dovondan oshib 
Tolchuy vodiysi yo‘nalishida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Bola qushlar yiroq o‘lkalarga uzoq muddatga uchib 
ketganini, ularning Tolchuy vodiysidan o‘tishini, undan naridagi noma’lum va notanish yurtlarga 
borajagini tushundi va o‘zini qo‘lga olib, joni boricha qichqirdi:
— Bizning otamiz o‘ldi! Qo‘ychiman akamga aytinglar — otamiz vafot etdi! Otamiz o‘ldi, o‘ldi!.. 
* * * 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin