Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
35
turdi-da, xaloyiqqa qarab baland ovoz bilan dedi: 
— Ha, menman! Ha, o‘sha go‘dak mening o‘g‘lim! O’g‘limning oti G’unon! O’g‘lim onasining ismi 
Do‘g‘ulang! Men esa yuzboshi Erdene bo‘laman! 
Yuzboshi shu so‘zlarni aytib otidan sakrab tushdi-da, Oqyulduzning bo‘yniga bir shapaloq urdi, ot 
orqaga burilib chopib ketdi. 
O’zi esa kashtachi tomonga qarab yo‘l oldi, borayotib qurol-yaroq va sovut-qalqonini yechib 
uloqtirdi, Do‘g‘ulangni jallodlar mahkam ushlab turardilar. Hali guvullagan xaloyiq endi jim bo‘lib, 
o‘zini o‘zi o‘limga olib borayotgan yigitga tikilib qoldi. Erdene sevgilisi yoniga borib tiz cho‘kdi-da, 
uning oyoqlaridan quchoqladi, Do‘g‘ulang esa yuzboshining boshiga qo‘llarini qo‘ydi, ular o‘lim oldidan 
yana topishishdi. Xuddi shu paytda dovullar yeru ko‘kni boshiga ko‘tarib gumburlay boshladi. Dovullar 
birday hammani o‘ziga itoat qildirish va hammani hayajonga solib ehtirosini qo‘zg‘ash uchun tomog‘ini 
yirtib o‘kirmoqda edi. 
Dunyoni, yeru ko‘kni larzaga solgan ovozlardan hamma hushyor tortdi, mas’uliyat sezganday 
bo‘ldi, yurishga, yo‘lga chiqishga buyruq berildi. Jallodlar hash-pash deguncha yuzboshini yerga 
yiqitishdi. Bir zumda yigitning qo‘llarini orqasiga bog‘lab qo‘yishdi, kashtachi ayolni ham boylab-
chulg‘ab ikkalasini cho‘kib yotgan tuyaning ikki yoniga keltirishdi. O’rkachlar orasidan o‘tkazilgan 
arqonning ikki uchidagi ilmoqlarni ikkalasining bo‘yniga solib, dovullar gumburi ostida tuyani 
qamchilay boshlashdi. Tuya qamchi zarbiga chida-yolmay og‘zidan ko‘pik sochgancha o‘kirib shaxt 
bilan o‘rnidan turdi. Ikki yonida bir-birini jonidan aziz ko‘rgan ikki oshiq-ma’shuqning bir arqonga 
osilib, jon talvasasida bu dunyodan ko‘z yumayotganini nor tuya jonivor qayoqdan bilsin. 
Dovullar quloqlarni batang qilib turgan bir fursatda xoqonning taxtiravonini tepalikdan qo‘lma-qo‘l 
qilib olib ketishganini ko‘pchilik sezmay qoldi. Xoqonning ko‘ngli taskin topdi, jazodan kutilgan 
maqsadga erishildi, balki kutilga-nidan ham ziyoda bo‘ldi — kashtachining dilini o‘g‘irlagan, farmoni 
oliyni pisand qilmasdan bir ayol bilan o‘ynashib bola tug‘dirib qo‘ygan kimsa aniqlandi — u xonning 
lashkar-boshilaridan biri bo‘lib chiqdi; aniqlanganda ham barchaning ko‘z o‘ngida topildi va qatl 
qilindi. Xon sevikli yori Bo‘rteni olib qochib, qancha vaqt quchoqlab yotib yurgan noma’lum 
badbaxtdan o‘ch olganday sezdi o‘zini, Chingizxon Bo‘rte tug‘ib bergan o‘sha to‘ng‘ich o‘g‘lini uncha 
ham yaxshi ko‘rmas edi. 
Dovullar gumbirlagandan gumbirlar, ikki qaptalida bir arqonga osig‘liq ikki oshiq-ma’shuq — Layli 
va Majnunning jonsiz tanalari osilgan tuya qadam sanab bormoqda edi. Yuzboshi bilan kashtachining 
jonsiz tanalari tuyaning ikki yonida osilgan holda sayr qilar edi — bu bo‘lajak jahongirning qonli 
shohsupasiga qurbonlik edi. 
Dovullar hamon tinim bilmay kishilarning diliga g‘ulg‘ula solar, hammani gangitib qo‘yish istagida 
gumbirlar edi — buyuk maqsad yo‘lida yurish qilayotgan xonning farmonidan bo‘yin tovlagan 
odamning taqdiri nima bo‘lishini hamma o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turibdi. 
Yasovul-jallodlar jonli dorni — tuyani yetaklab qo‘shinlar va ot-aravalar yonidan o‘tib borishdi, 
oldindan tayyorlab qo‘yilgan chuqurga jasadlarni naridan beri ko‘mib bo‘lishguncha dovullarning ovozi 
o‘chmadi. 
Keyin Chingizxonning dashtni qoplab olgan qo‘shinlari yana g‘arb tomon yo‘l oldi. Sonsiz 
suvoriylar, ot-aravalar, so‘yishlik suvay mollar, qo‘yingchi yurish qilib kelayotgan jonning hamma-
hammasi Sario‘zakdagi ana shu bexosiyat joydan ildamroq ketib olaylik deganday, shosha-pisha 
oldinga ketishdi. Bu ardona qolgur manzilda boshini qayoqqa suqishni, dardu-alamini kimga aytishni 
bilolmaydigan atigi ikki jon qoldi. Ular qatl etilgan oshiqlarning yetimchasi va xizmatkor ayol Oltun 
edi. Endi ular hech kimga kerak bo‘lmay qoldi. Ular hech kimning esida ham yo‘q edi. Yonlaridan o‘tib 
ketayotganlarning birontasi ham ularga qiyo boqmadi. Hamma ulardan hazar qilar, olovdan 
qochganday qochar edilar. 
Bir ozdan so‘ng tevarak-atrofda ulardan bo‘lak jon qolmadi, na dovullar qoldi, na tug‘lar... Ming-
minglab otlarning tuyoq izlari, yangi tushgan tezaklar xon qo‘shinlarining qaysi tomonga qarab 
ketganini ko‘rsatib turar edi — Sario‘zak dashti bunga men guvohman deganday yastanib yotar edi. 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin