Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
20
narsalargina zaruriy hisoblanadi, bu maqsadga javob bermaydiganlari yashashga qodir emas. 
Shuning uchun ham Sario‘zakda qotillik ro‘y berdi, oradan ko‘p vaqtlar o‘tganidan keyin ana shu 
qotillik haqidagi rivoyatni Abutalip Quttiboev o‘zining boshiga balo qilib yozib olgan edi... 
Kechasi otliq soqchilar o‘ng tuman qo‘shinlarini aylanib yurib edi. Jangchilar dam olib yotgan 
manzilgohlardan nariroqda arava haydovchilar, molboqarlar va har xil yordamchi xizmat vakillari 
qo‘nim olgan edi. Soqchilar bu yerlarni ham yaxshilab ko‘zdan kechirdi. Hamma narsa joyida. Yo‘lda 
yuraverib charchagan odamlar o‘tovlarda, chodirlarda, ko‘plar esa dalada gulxanlar atrofida dumalab-
dumalab yotishardi. Hamma yoq jim-jit, barcha o‘tovlar qorong‘i. Otliq soqchilar chor atrofni qarab 
chiqishdi. Ular uch kishi edi. Keyin otdan tushishib suhbatlashib o‘tirishdi. Soqchilarning oqsoqoli — 
yuzboshilik telpagini kiygan baland bo‘yli yigit sekingina buyruq berdi: 
— Yetar. Senlar boringlar, mizg‘ib olinglar. Men esa bu yerni yana bir bor nazardan o‘tkazay. 
Ikki otliq jo‘nab ketdi. Yolg‘iz qolgan yuzboshi soqchi dastlab gir atrofni diqqat bilan ko‘zdan 
kechirdi, har xil pasti-baland ovozlarga quloq soldi, shundan so‘ng otdan tushib otini yetaklagancha 
aravalar turgan joylar va ko‘chma ustaxonalar yonidan, sarrojlar, kiyim tikuvchilar va qurolsozlar 
oldidan o‘tib, qarorgohning chekkasidagi yolg‘iz o‘tov tomon qarab ketdi. U xayolga cho‘mib va 
shovqinlarga quloq solib borar ekan, uning tovoqday yuziga va yetaklab ketayotgan otining yaltiroq 
yirik-yirik ko‘zlariga oy nuri tushib turar edi. 
Yuzboshi Erdene o‘tovga yaqinlashib bordi. Aftidan, uni kutib o‘tirishgan bo‘lsa kerak, o‘tovdan 
yelkasiga ro‘mol tashlab olgan ayol chiqdida eshik oldida uni kutib turdi. 
— Sambaynu
1
, — ayolga salom berdi u. — Xo‘sh, ishlar qalay? — so‘radi u xavotirlanib. 
— Hammasi joyida, hammasi yaxshi bo‘ldi. Tangriga shukr, endi xavotir bo‘lma, — pichirladi ayol. 
— U senga juda muntazir. Eshityapsanmi, seni ko‘zi to‘rt bo‘lib kutib o‘tiribdi. 
— O’zim ham butun qalbim bilan talpinayapman, — javob berdi yuzboshi Erdene. — Kelolmay 
qoldim, baxtga qarshi no‘yonimiz yilqi sanaymiz deb qolsa bo‘ladimi!? Uch kundan beri yilqining 
oldidan nari keta olmadim. 
— Xafa bo‘lma, Erdene. Kelganingda bir narsa qilib berarmiding. Birovlar seni bu yerlarda nima 
qilib yuribdi ekan deb o‘ylab yurishmasin. — Ayol Erdenega dalda berib boshini irg‘adi va qo‘shib 
qo‘ydi: — Eng muhimi — eson-omon ko‘zi yoridi. Og‘riqsiz, qiynoqsiz bo‘lmaydi, albatta. Lekin bir 
marta voy deb ham qo‘ymadi-ya! Saharda usti yopiq aravaga oborib qo‘ydim. Hammasi imi-jimida 
bo‘ldi. Do‘g‘ulang deganing zo‘r juvon ekan. Baxt qushing qutlug‘ bo‘lsin!— dedi ayol. — Endi 
o‘g‘lingning otini o‘zing qo‘y. 
— Sening so‘zlaring Tangriga yetsin, Oltun. Biz Do‘g‘ulang ikkalamiz umr bo‘yi sendan minnatdor 
bo‘lamiz, — deb o‘z tashakkurini bildirdi yuzboshi. — Ot qo‘yish qochmaydi, biron ism toparmiz. 
U otdan tushib tizginini ayolning qo‘liga berdi. 
— Xavotir olma, qancha kerak bo‘lsa, shuncha qarab beraman, — ishontirdi Oltun. — Bor, bor. 
Do‘g‘ulang seni kutib o‘tiribdi. 
Yuzboshi o‘zini tutib olish uchun bir oz turib qoldi, so‘ngra o‘tov yoniga keldi-da, kigizdan qilingan 
og‘ir eshik pardani ko‘tarib, engashib ichkari kirdi. O’tov o‘rtasida kichikkina o‘choqda miltillab olov 
yonib turar edi, olovning xira yorug‘ida o‘zining Do‘g‘ulangini ko‘rdi, Do‘g‘ulang o‘tovning to‘rida 
yelkasiga suvsar po‘stin tashlab o‘tirgan edi. O’ng qo‘li bilan qaviq ko‘rpa yopilgan beshikni sekingina 
tebratib qo‘yar edi. 
— Erdene! Men bu yerdaman, — ohistagina ovoz chiqardi Do‘g‘ulang, yuzboshiga ko‘zi tushib. — 
Biz bu yerdamiz, — deb tuzatish qildi ayol kulib, uyalgan bir ohangda. Yuzboshi o‘qdonni, yoyni, 
qinga solingan qilichini yechib, qurollarni eshik oldiga qoldirdi-da, Do‘g‘ulangga yaqin borib qo‘lini 
cho‘zdi. Ular boshlarini bir-birining yelkasiga qo‘yib, quchoqlashib ko‘rishishdi. Uzoq achomlashib 
turishdi. Ularning nazdida hozir butun dunyo mana shu o‘tov ichiga jo bo‘lgan edi. Ana shu ko‘chma 
boshpanadan tashqaridagi jamiki narsalar ular uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotgandi. Erdene bilan 
Do‘g‘ulangning ko‘zlariga o‘zlari-yu ularni bog‘lab turgan jajjigina bir inson — uch kun oldin dunyoga 
1
Самбайну
– 
мўғулча
«
салом
» 
дегани
.


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin