www.ziyouz.com kutubxonasi
28
...Jonli
q
so‘yib,
q
on chi
q
ardik,
Q
adimiy bayro
q
, shonli bayro
q
.
Bayro
q
ni
q
onga soldik,
Dovul
q
o
q
dik dan
g‘
illatib,
Q
oyaga ursa, tosh kesar,
Bo‘yinga ursa, bosh kesar.
Q
ilichni
q
iya bo
g‘
ladik,
O’
q
o‘tmas sovut kiydik.
Endi merkit, ajaling yetgani shu.
Ont ichdik:
Bittang
h
am so
g‘
q
olmaysan — yo‘
q
q
ilamiz,
Makoningni yaydo
q
q
ilamiz.
Ana shu qasamga sodiq qolish uchun hamma jon berib, jon olib jang qildi, qorong‘i kechada
baqiriq-chaqiriq, dodu-faryodlar avjiga mindi, sarosimaga tushib qochayotganlar orasida yopiq
aravada xotin-xalaj ketayotgan edi. Temuchin xotinini yo‘qotib qo‘ygan edi, u xotinini topa olmasdan
jon achchig‘ida «Bo‘rte! Bo‘rte! Qaerdasan, Bo‘rte!» deb qichqirib, rafiqasini chaqirar, o‘zini o‘tga
ham, suvga ham urib zir yugurar edi. Lekin Bo‘rtedan darak topolmasdi, nihoyat Temuchin bir yopiq
aravani quvib yetdi, yigitlari aravakash ayollarni qatl qilib bo‘lishgach, xotinining ovozi eshitildi: U
«men bu yerdaman! Men Bo‘rteman» deb aravadan o‘zini yerga otdi. Temuchin otidan sakrab tushdi-
da, qorong‘ida bir-birining quchog‘iga otilishdi. Temuchin yosh xotinini sog‘-salomat topib bag‘riga
bosib turgan onda yuragida nashtar sanchilganday og‘riq sezdi – undan qandaydir begona hid
anqirdi, bu ehtimol, Bo‘rtening silliq va iliq bo‘ynidan o‘pgan biron giyohvand erkak zotining isidir, u
shu haqda o‘ylar ekan, o‘z labini qonatib tishlaganicha turib qoldi. Yonverida esa ayovsiz jang, urush
davom etmoqda, jon berib, jon olish davom etayotir.
Shu-shu u jangga boshqa kirmay qo‘ydi. Asirlikdan qutqarib olgan xotinini aravaga o‘tirg‘izdi-da
dilini qiynayotgan butun sirni aytib solmaslik uchun o‘zini qo‘lga olib orqaga qaytdi. Shundan buyon
butun umri vujudi qiynoqda. Xotinining dushman qo‘liga o‘z xohishi bilan tushmaganini yaxshi biladi.
Shunday bo‘lsa ham vijdon azobi tinchlik bermaydi unga — nega xotini ozib-to‘zmagan? Axir uning
bironta sochi to‘kilmabdi. Demak, Bo‘rte asirda qiyinchilik ko‘rmagan, rang ko‘r, hol so‘r. Bu haqda
o‘shanda ham, undan keyin ham ikkalasi ochiqchasiga gaplashishga jur’at etishmadi.
Merkitlar Temuchin bilan bo‘lgan jangda yengilgandan so‘ng bu qabilaning boshqa o‘lkalarga yoki
borish qiyin bo‘lgan joylarga ko‘chib ketishga ulgura olmagan vakillari hech qanday xavf tug‘dirmas,
ko‘plari molboqar va xizmatkor bo‘lib ishga kirgan yoki qul bo‘lib ketgan edi, shundan keyin ham endi
Chingizxon nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘sha alamzada Temuchinning merkitlardan hamon ayovsiz
o‘ch olishining sababini hech kim tushunmas edi. Oqibatda qochib ketishga ulgurmagan barcha
merkitlar qirib tashlandi, ulardan birontasi ham Bo‘rte merkitlar qo‘lida asirda bo‘lganligiga aloqador
biron narsa aytib bera olmas edi.
Keyinchalik Chingizxon yana uchta xotin oldi, lekin taqdirning o‘sha ilk shafqatsiz zarbasidan
qolgan dardni hech nima davolay olmadi. Xoqon butun umri ana shu dard bilan yashadi. Ana shu qon
talashib turgan, lekin zohiran hech kimga ko‘rinmaydigan qalb yarasi bilan yashab keldi. Bo‘rte
to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘chini tug‘ib bergandan keyin Chingizxon o‘z xotinining homiladorlik kunlarini
sinchkovlik bilan hisoblab chiqdi, shundan keyin aniq bir fikrga kela olmadi: unday bo‘lishi ham,
bunday bo‘lishi ham mumkin, bola uning o‘g‘li bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Uning or-
nomusiga yuzsizlarcha chang solgan qandaydir noma’lum kishi Chingizxonning bir umrga tinchini
buzdi.
Harbiy yurishda kashtado‘z bilan o‘ynashib bola tug‘dirib qo‘ygan o‘sha noma’lum yigitning
xoqonga hech qanday aloqasi bo‘lmasa ham, jahongirning qoni qaynab ketdi.
Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov