Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
29
Ba’zan kishiga dunyo ko‘z ochib yumguncha ostin-ustun bo‘lib ketganday tuyuladi. Buyuk 
xoqonning dilida xuddi ana shunday bir tug‘yon junbushga kelgan edi. Atrofda esa hamma narsa 
o‘zgarmagan, oldin qanday bo‘lsa shunday. Ha, oldinda qora otlar minib bayroqdorlar qo‘llariga 
ajdaholar rasmi solingan bayroqlarni ushlab mag‘rur borishmoqda, xoqon esa odatdagiday jonajon 
Xubasini minib olgan, uning yonida va orqa tomonida mulozimlar jahongirga lutf aylab otlariga 
qamchi bosib borishmoqda, atrofni sodiq soqchilar — «ponsodlar», navbatchilar o‘rab olgan, butun 
dashtni ufqqa qadarli harbiy tumanlar — armiyaning zarbdor kuchi hamda minglab aravalar, 
qo‘shinlar egallab olgan. Tepada, odamlar dengizi ustida xoqonning sodiq oq buluti — Tangri 
Taoloning inoyati yurishning birinchi kunlaridan boshlab olam kezar edi. 
hech nima o‘zgarmagan, ilgari qanday bo‘lsa xuddi shunday edi go‘yo, biroq dunyoda nimadir 
o‘zgarib, xoqonning g‘azabini avj oldirmoqda edi. Demak, kimdir uning irodasiga qarshi ish qilgan, 
demak kimdir o‘zining shahvoniy ehtirosini xoqonning buyuk maqsadlaridan yuqori qo‘yishga jur’at 
etgan, demak, kimdir qasddan uning farmoniga zid ish qilgan! Uning suvoriylaridan kimdir namunali 
harbiy xizmat qilishdan, xoqonga so‘zsiz itoat etishdan ko‘ra to‘shakda ma’shuqasining pinjiga kirishni 
a’lo ko‘rgan! Va qandaydir notavon ayol, kashtado‘z, undan keyin hech kim kashta tika 
olmaydiganday xon qatag‘onini bir tiyin qilib tug‘ib olishga jur’at etgan, holbuki aravalardagi boshqa 
ayollar maxsus ruxsat bo‘lguncha bola bo‘lib qolmasin deb o‘z nafslarini tiyishgan. 
Bu fikrlar uning dilida yovvoyi o‘t, qalin o‘rmon kabi o‘sib, g‘azabdan ko‘z nurini xiralashtirdi, 
xoqon shuni ham tushunar ediki, bu aslini olganda favqulodda ahamiyatga molik katta voqea emas 
edi, yana bir ko‘ngli shafqatsiz bo‘lishni, jiddiy jazo berishni, qonunbuzarlarni butun cherik oldida qatl 
qilishni talab etib, boshqacha bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlar edi. 
Charchoq nimaligini bilmaydigan yo‘rg‘a Xuba xoqon ustidan tushmagandanmikin, bu gal o‘zini 
ortiqcha yuk ko‘targanday, yuk borgan sayin ortib borayotganday sezdi, har doim bir tekisda o‘qday 
otiladigan yo‘rg‘a bu safar ola-chalpoq libos kiyganday ter ko‘piklariga o‘randi, otning bunaqa 
bo‘lganini hech ham eslay olmaydi. 
Chingizxon qovog‘idan qor yog‘ib jim borar edi. Bunday qaraganda yurishda hech qanday 
o‘zgarish bo‘lmagan, dasht lashkarlarining G’arbga tomon harakatiga, dunyoni zabt etishdek buyuk 
rejalarini amalga oshirishiga hech qanday kuch monelik ko‘rsatmas edi, lekin nimadir ro‘y bergan edi, 
xoqonning amri-farmonlari cho‘qqisidan ko‘z ilg‘amaydigan oshiqday tosh qulab tushdi-yu jahongir 
hokimiyati zil ketdi. Bu esa xoqonga tinchlik bermasdi. U ot ustida ham shu haqda o‘ylar edi: bu fikr 
tirnoq tagiga kirgan zirapchaday qalbini qiynoqqa solar edi. Xoqon shu haqda mulohaza yuritgan sari 
bu ishda o‘z a’yonlarining ayblarini tuya boshladi. Ular bu haqda bo‘lari bo‘lib bo‘yog‘i singgandan 
keyin, ya’ni ayol tug‘ib olgandan so‘ng xabar qilishdi, ular oldin qaerda edilar, qayoqqa qaradilar, 
nahotki ayolning ikkiqat davrida sezib bo‘lmasa? Ana shunday qilinganda ish oson ko‘chgan bo‘lur edi 
— davosi suyuqoyoqni o‘g‘ri itday urib haydashganda olam guliston bo‘lardi. Endi nima qiladi? Bu 
shum xabar kelganda xoqon aravalar karvoni uchun mas’ul no‘yonni chaqirtirib, qattiq so‘roqqa tutdi 
– kashtachi bo‘shanib bola tug‘ib olguncha, chaqaloqning yig‘isi eshitilmaguncha hamma-hammasini 
nahotki hech kim payqamagan bo‘lsa, bunisi qanday bo‘ldi? Buni qanday tushunmoq kerak? 
Xoqonning bu savollariga no‘yon dudmal, mujmal javob qaytardi — Do‘g‘ulang ismli bayroqdo‘z har 
doim bir chekkadagi alohida o‘tovda yashagan, ayol band ekanligini pesh qilib hech kim bilan 
muloqotda bo‘lmagan, o‘zi bir aravada yolg‘iz yashagan, uning bitta xizmatkori bo‘lgan ekan, xolos. 
Huzuriga ish bilan kelgan-larida kashtado‘z ipak bilan tikiladigan bir to‘p gazlamani beliga o‘rab 
o‘tirarkan. Odamlar ayol buni chiroyli ko‘rinish uchun shunday qilgan deb o‘ylashgan, chunki u 
go‘zallik shaydosi bo‘lgan ekan. Shuning uchun ham ayolning ikkiqatligini payqab bo‘lmagan. Bolaning 
otasi kimligi noma’lum. Kashtado‘z esa hali so‘roq qilinganicha yo‘q. Xizmatkor bo‘lsa, o‘limdan 
xabarim bor, ammo bundan xabarim yo‘q, deydi. 
Chingizxon bu hodisaning unchalik e’tiborga molik emasligi haqida o‘yladi, biroq bola tug‘ishni 
taqiqlagan o‘zi, shuning uchun qo‘shin boshliqlari o‘z hayotidan qo‘rqib, bo‘lib o‘tgan voqea haqida 
hokimi mutlaqqa tezroq xabar berishga oshiqar edi. Demak, xoqon o‘z farmoni oliysining quli bo‘lib 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin