Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
32
bo‘lib turgan xaloyiqda «ajab bo‘ldi, zap bo‘ldi bu qanjiqqa» deganday o‘z jonining omon qolganiga 
shukronalar aytish hissini uyg‘otish yo‘li edi, «har kimning joni o‘ziga» degani shu bo‘lsa kerak-da! 
Dovullar jimib qoldi. Turganlar hayajondan dong qotib qolishdi, hatto otlar ham ustidagi 
chavandozlarini unutganday quloqlarini ding qilib jim turdi. Chingizxon o‘zi ham imo-ishorasiz tosh 
haykalga aylandi qoldi. Jahongirning qattiq qisilgan lablari va tik boqadigan kichik ko‘zlarining sovuq 
nigohi hayajondan boshini tik ko‘targan ilonni eslatardi. 
Jazo bajariladigan joyga yaqin turgan Do‘g‘ulangni olib chiqishganda dovullarning ovozi o‘chdi. 
So‘laqmonday yasovullar ayolning qo‘ltig‘idan ushlashib ikki ot qo‘shilgan aravaga chiqazishdi. 
Ho‘mraygan yosh yasovul Do‘g‘ulangni tik turg‘izib orqasidan ushlab turdi. 
Elning og‘ziga elak bo‘larkanmi, ko‘plar, ayniqsa ayollar shov-shuv ko‘tara boshladi: Ha, 
kashtado‘zi shu ekan-da! Yuzi qursin bu g‘arning? Surayyo! Erining kim ekanini bilmasa! Yoshgina, 
binoyiday chiroyli ekan, biron no‘yonga ikkinchi yoki uchinchi xotin bo‘lib tegib olsa o‘larmidi?! Chol 
bo‘lsa nima qipti, ering bormi-bor deb tashvishsiz gerdayib yuravermaydimi! Bunga er kerak emas, 
o‘ynashdan bo‘lsa ham tug‘ib olsa hisob ekan. Xoqonning yuziga tupurdi qo‘ydi. Ana endi jazosini 
tortsin. Tuyaga osib o‘ldirishsin megajinni! Yengil oyoqliging boshingni yedi, ma’shuqai sohibjamol! 
Ana shu kabi achchiq-chuchuk so‘zlar dovullarning g‘azabnok dang‘ir-dung‘uriga hamohang edi — 
Ho‘kiz terisidan yasalgan dovullar xoqonning nafratiga yo‘liqqan bir urg‘ochiga nisbatan nafrat 
uyg‘otish, uni sharmandai sharmsor qilish uchun ham ana shunday jon kuydirib gulduros ila jar 
solmoqda. 
— Hu ana xizmatkoriga qaranglar! Yana bolani ko‘tarib olganiga o‘lasanmi? — deb qichqirishar edi 
aravalardagi ayollar bir baxti qoraning baxtsizligidan sevinganday. Ha, o‘sha ayol chindan ham Oltun 
ismli xizmatkor edi. O’sha ayol chaqaloqni lattaga o‘rab olib ko‘tarib kelyapti. Oltun zarbdor yasovul 
nazorati ostida qo‘rqa-pisa alang-jalang boqib bukchayib bolani ko‘tarib borar ekan, o‘limga hukm 
qilingan kashtachi ayolning chindan ham jinoyatchi ekanini isbotlaganday qadam tashlar edi. 
Jinoyatchilarni hammaga ko‘rsatib olib o‘tishdan maqsad qotillik oldidan xaloyiqning yuragiga 
qo‘rquv solish edi. Do‘g‘ulang endi jazoning haq ekanini, rahm-shafqat haqida so‘z bo‘lishi mumkin 
emasligini tushundi. 
hammaning ko‘z oldida sharmandai sharmisor qilib o‘tovdan olib chiqishdan oldin Do‘g‘ulang 
bolasini oxirgi marta emizib olishga ulgurgan edi. Hech narsadan bexabar sho‘rlik chaqaloq chapillatib 
mammasini so‘rar ekan, dovullarning sekinlashib borayotgan saslari allalaganday mudrab ham oldi. 
Xizmatkor Oltun qoqib qo‘ygan qoziqday ona-bolaning oldidan bir qadam nari jilmadi. U faryod solib 
yig‘lashdan o‘zini tiyib sekingina yig‘lar ekan, har gal og‘zini kafti bilan to‘sib olar edi. Shu og‘ir 
daqiqalarda ham ular bir-ikki og‘iz gaplashib qolishga ulgurishgan edi. 
— U qaerlarda yuribdi ekan? — ohistagina shivirladi Do‘g‘ulang, bolani ikkinchi ko‘kragiga olar 
ekan, garchi o‘zi bilmaganini Oltun bilmasligiga aqli yetib tursa ham. 
— Qaydam, — dedi Oltun ko‘z yoshini oqizib. — Uzoqlarda yurgan bo‘lsa kerak. 
— Qani endi shunday bo‘lsa! Aytganing rost bo‘lsin! Xudoga yolvorganday dedi Do‘g‘ulang. — 
Xizmatkor achchiq-alamda bosh irg‘adi. Har ikkalasining xudodan so‘ragani bitta — iloyim yuzboshi 
yashirinib qolgan bo‘lsin, uzoqqa qochib ketgan bo‘lsin, shaboxun urgani rost bo‘lsin! 
O’tov ortidan ovozlar, qadam sharpalari eshitildi: 
— Qani, murdorlarni keltir buyoqqa, sudrab kel! 
Kashtado‘z oxirgi marta bolasini bag‘riga bosib, uning totli hididan alam bilan nafas oldi va uni 
qaltiragan qo‘llari bilan xizmatkorga tutdi: 
— O’lmasa qarab turarsan. 
— Unday deya ko‘rma! — Oltun qo‘shqo‘llab bolani olar ekan, o‘zini tutolmay ho‘ngrab-ho‘ngrab 
yig‘lardi. 
Yasovullar chopib kirib, ularni tashqariga sudrab chiqishdi. 
Quyosh ufqdan andak ko‘tarilib dasht yalangliklarini o‘z nuridan bahramand qila boshladi. 
Gunohkor kashtachi qatl etildi deguncha buyuk yurishni davom ettirishga tayyor turgan qo‘shinlaru 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin