Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
24
bolaniki. Sho‘rillatib emayotir. Yuzboshi hayratdan boshini irg‘ab qo‘ydi-da o‘ylab ketdi: tasannolar 
aytasan dunyoga, keyingi kunlarda qanchadan-qancha tashvishlar boshdan o‘tdi — nihoyat oy kuni 
yetib tabiat o‘z ishini qildi: endi u — ota, Do‘g‘ulang — ona, ularning o‘g‘li bor, ona bolasini 
emizyapti... Azaldan shunday bo‘lib kelgan. Giyohdan giyoh bitadi, bu tabiatning irodasi, jonivorlardan 
jonivorlar tug‘iladi, bu ham tabiatning irodasi va faqat insonning injiqliklarigina tabiat qonunlariga 
xalaqit berishi mumkin. 
Chaqaloq onasining ko‘kragini cho‘lpillab so‘raverib to‘ydi. 
— Voey, voey qitig‘im keldi, — xursand bo‘lganidan kulib dedi Do‘g‘ulang. Juda tiyrak bola chiqib 
qoldi bu. Bir emishga boshlasa hech og‘zidan qo‘ymaydi, — dedi u o‘zining nega kulganini 
izohlaganday. — Qara. G’unonimiz quyib qo‘yganday o‘zing. Bu bizning kichkinagina ajdahomiz, katta 
ajdahoning o‘g‘li! Ana ko‘zlarini ochdi! Qara, qara, Erdene, ko‘zlari ham sening ko‘zlaringga o‘xshaydi, 
burni, lablari ham tayyor seniki. 
— O’xshaydi, albatta, juda o‘xshaydi, — dedi yuzboshi. Ko‘rib turibman: birovga juda o‘xshaydi. 
— Birovga deganing kim ekan? — ajablandi Do‘g‘ulang. 
— O’zim-da, albatta, o‘zim. 
— Mana, ushla, qo‘lingga olib ko‘r. Bir parcha tirik et. Yengilligini aytmaysanmi! Qo‘lingda quyon 
bolasini ushlab turganday sezasan o‘zingni. 
Yuzboshi qo‘rqa-pisa bolani qo‘liga oldi, uning baquvvat qo‘llari bir parcha tirik jonni, nozik bir 
norastani avaylab, asrab ushlashni eplay olmaydiganday qo‘pol, dag‘al tuyuldi, Erdene o‘g‘lini qo‘llari 
bilan sekingina yuragiga yaqin olib borar ekan, otalik mehri uyg‘onib, baxtiyor bir iljayib qo‘ydi, shu 
onda uning nigohida yangi bir tuyg‘u jamol ko‘rsatayotganday hayajonlanib dedi: 
— Bilasanmi, Do‘g‘ulang, quyoncha emas, men o‘z yuragimni qo‘limda ushlab turganga 
o‘xshayman. 
Chaqaloq tezda uxlab qoldi. Yuzboshining o‘z o‘rniga qaytadigan payti bo‘lib qolgan edi. 
Erdene yarim kechada sevgilisining huzuridan chiqar ekan, oltin kuz paytida dasht ustida kumush 
yog‘du taratib turgan oyga tikildi va o‘zining tanholigidan, chorasizligidan o‘kindi. Bu yerdan nari 
ketish o‘rniga yana o‘g‘li bilan xotini yoniga qaytgisi keldi. Cheksiz-poyonsiz dasht kechasida taralgan 
qandaydir sirli ovozlarga quloq solib, turib qoldi. Dil qa’rida yashirinib yotgan mash’um xayol yana o‘z 
komiga tortdi-taqdir taqazosi ila buyuk xoqonning buyuk ishlariga bosh qo‘shib, ikkalasi ham 
olampanoh yetakchiligida G’arbga yurish qilib, o‘zlarini ajal qilichiga urishdi — bola tug‘ilganini bilib 
qolsa, xoqon o‘sha zahoti chil-parchin qilib tashlashi turgan gap. Ularning Rub’i maskun hukmdori 
bilan taqdirdosh, maydondosh bo‘lishining o‘zi yaxshilikdan nishona emas, o‘zlarining shaxsiy 
hayotlariga zid bir holat edi, shuning uchun bitta-yu bitta yo‘l qoldi — u ham bo‘lsa qochish, uchar 
qushday erkinlikka erishish, bolaning hayotini qutqarib qolish edi. 
Tezda u nariroqdagi xizmatchisi Oltunni qidirib topdi, u otga yem berib ivirsib yurgan ekan. 
— Xo‘sh, o‘g‘lingni yaxshilab ko‘rib oldingmi? — dedi Oltun shosha-pisha. 
— Ha, rahmat, diydoriga to‘ydim. 
— O’g‘lingga ot qo‘ydingmi? 
— Ha, G’unon deb ot qo‘ydim. 
— Yaxshi ism qo‘yibsan — G’unon. 
— Ha, yaxshi ism. Xudo shohid Oltun, senga aytadigan gapim bor. Shoshilinch. Hozir aytishim 
kerak. Men seni tug‘ishgan opamday ko‘raman. 
Ґ
g‘limiz uchun tutingan ona bo‘lding. Agar sen 
bo‘lmaganingda edi, biz Do‘g‘ulang ikkalamiz topisha olmagan bo‘lar edik. Ehtimol, Do‘g‘ulang bilan 
ikkalamiz boshqa uchrasha olmasdan, hijron qiynog‘ida azob chekkan bo‘lur edik. Urushning oti ham 
urush, o‘zi ham, kim urush boshlasa, ikki hissa azob chekadi. Men sendan minnatdorman. 
— Tushunaman, — dedi Oltun. — Hammasini tushunaman. O’zing ham, Erdene, odam bolasi 
jur’at etolmaydigan ish qildingda! — Oltun boshini chayqadi. Keyin qo‘shib qo‘ydi: — Ilohim, ishlaring 
o‘ngidan kelsin. Men tushunib turibman, — davom etdi ayol. — Sen bu tumonat qo‘shinda bugun 
yuzboshisan, ertaga no‘yon — mingboshi, keyin umr bo‘yi izzat-hurmatda bo‘lasan. O’shanda biz 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin