Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
21
kelgan go‘dakchadan boshqa hech kim va hech narsa ko‘rinmas edi. 
Birinchi bo‘lib Erdene tilga kirdi: 
— Endi, qalaysan? Yaxshimisan? — so‘radi u shodligini bosolmay, entikkan bir holda. — Men juda 
xavotirda edim. 
— Tangri oson qilaman desa hech gap emas ekan, — javob berdi ayol nimqorong‘ida jilmayib. — 
O’tgan ishga salovat. Undan ko‘ra chaqaloqni, o‘g‘limizni ayt. Juda baquvvat. Ko‘krakka yopishib 
qattiq emadi. O’zingga o‘xshaydi. Oltun o‘g‘lingni quyib qo‘ygan Erdene deydi. 
— Men bir ko‘ray-chi, Do‘g‘ulang. Qanday yigit ekan? 
Do‘g‘ulang bolani ko‘rsatishdan oldin keraganing ham qulog‘i bor deganday tashqariga diqqat 
bilan quloq soldi. Tiq etgan ovoz yo‘q edi. 
Yuzboshi beshikdagi o‘g‘liga uzoq tikilib qaradi, uxlab yotgan chaqaloqning yuz-ko‘zlaridan 
o‘zinikiga o‘xshash hech narsa sezmadi. Endigina tug‘ilgan farzandining yuzini diqqat bilan ko‘zdan 
kechirayotganda, ehtimol, yangi avlodning dunyoga kelishi abadiylikning ilohiy mohiyati ekanligi 
haqida o‘ylagandir. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u har bir so‘zini salmoqlaganday cho‘zib bunday 
dedi: 
— Endi men har doim sen bilan bo‘laman, Do‘g‘ulang, agar boshimga har qanday savdo 
tushganda ham yoningdan ketmayman. Chunki sening qo‘lingda mening o‘g‘lim bor. 
— Mening yonimdami? Qaniydi endi! — ayanchli bir holda iljaydi ayol. — Sen demoqchisanki, 
go‘dak — sening ikkinchi timsolingdir, xuddi Buddanikiday. Bolani emizayotib, shu haqda o‘ylabman. 
Men bolani qo‘limda ushlab turibman, holbuki uch kun oldin undan darak ham yo‘q edi, shundan 
so‘ng sening yangi timsoling paydo bo‘lganligini tuydim. Hozir sening ham xayolingga shu narsa 
keldimi? 
— Keldi. Lekin men boshqacharoq o‘yladim. Men o‘zimni Budda bilan qiyoslay olmayman. 
— Qiyoslamasliging mumkin. Sen Budda emassan, sen mening ajdahomsan. Men seni ajdaho 
bilan qiyoslayman, — dedi Do‘g‘ulang erkalanib sekingina. — Men bayroqlarga ajdaholarning timsolini 
tikaman. Bu ajdaholarning hammasi sensan. Men tikkan tug‘larning barchasida sen borsan. Ba’zan 
tushlarimda ham ajdahoni ko‘raman, ajdahoning rasmini tikaman, ajdahoga jon kiradi, lekin sen 
kulma, uni tushimda quchog‘imga olaman va biz birga uchib ketamiz, men u bilan uchaman, ana shu 
lazzatli lahzada sen paydo bo‘lasan. Sen goh odam timsolida, goh ajdaho timsolida tushimdasan 
doim. Uyg‘onib ketamanda, qaysisiga ishonishni bilmay qolaman. Men senga ilgari ham aytib edim-
ku, Erdene, sen mening olov purkaydigan ajdahomsan. Bu borada men hazillashgan emasman, 
bo‘lgan gapni aytganman. Men bayroqqa sening timsolingni ajdaho ko‘rinishida tikaman. Endi esa 
ajdahodan bola tug‘ib olibman-da. 
— Mayli, sen xohlaganday bo‘la qolsin. Lekin mening nima demoqchi ekanimga quloq sol. 
Do‘g‘ulang. — Yuzboshi bir oz sukut saqlab, so‘ng so‘z boshladi: «Mana biz bolalik ham bo‘ldik, endi 
buyog‘i qanday kecharkin, shuni o‘ylash kerak. Hozir shu haqda gaplashib olamiz. Lekin bundan oldin 
aytmoqchi bo‘lganim — shu narsani bilib qo‘yishing kerakki, sen buni bilasan ham, lekin baribir 
aytaman — men seni har doim sog‘inar edim va sog‘inave-raman. Lekin men qo‘rqqan eng dahshatli 
narsa jangda kal-ladan judo bo‘lish emas, balki sog‘inchimni yo‘qotish, senga bo‘lgan sog‘inchimdan 
judo bo‘lishdir. Janglarda qo‘shin bilan ba’zan bir tomonga, ba’zan ikkinchi tomonga ketib qolishga 
to‘g‘ri kelardi, lekin har doim o‘ylar edimki, mana shu sog‘inch men bilan birgalikda badar ketmasdan 
senda qolsa. Men buning hech ilojini topa olmadim, biroq orzuga ayb yo‘q deganlaridek, menda 
qandaydir umid, istak paydo bo‘ldi — qani mening sog‘inchim biron qush bo‘lib qolsa yoki biron 
hayvon, qandaydir tirik jon bo‘lib qolsa-da, men uni senga topshirsam: «mana ol, bu mening 
sog‘inchim, u doimo senda, sen bilan birga bo‘lsin» desam. Ana shunda mening o‘lishim qo‘rqinchli 
bo‘lmas edi. Men endi tushunyapman — mening o‘g‘lim senga bo‘lgan sog‘inchimdan tug‘ildi. U endi 
doimo senda, sen bilan birga bo‘ladi. 
— Lekin biz hali unga ot qo‘yganimiz yo‘q-ku. Unga munosib ism topdingmi? — so‘radi ayol. 
— Ha, javob berdi yuzboshi. — Sen rozi bo‘lsang, unga yaxshi ism qo‘yamiz — G’unon! 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin