Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə17/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
— Ro‘molchaga parvo qilmang... Hali burnimni artganim yo‘q... Top-toza... Iltimos, 
faqat yerga tushirmasdan ushlab olasiz... Bir... Ikki... Uch! 
Keksa qo‘shnim kutilmagan bir chaqqonlik bilan ro‘molchani tutib oldi. 
— Ko‘p rahmat, qizim, — dedi. — Ana xolos, endi ro‘molchangizni qanday qaytarib 
beraman? 
— Hechqisi yo‘q... Sizga mendan hadya bo‘la qolsin.. 
— Nega endi? 
— Nega bo‘lmasin? Buning boshqa tomoni ham bor... Men bir necha kundan so‘ng 
yotoqxonaga qaytib ketaman. Maktabimizda bir odat bor... Ta’til kunlarida qizlar yigitlar 
bilan tanishishadi, keyin, maktab ochilganda, bularni bir-birlariga maqtanishadi. Men 
bunday narsalarni qilmaganim uchun ular oldida juda qisilaman... Ammo ular betimga 
ochiq-sochiq bir narsa deyishga botinishmaydi, meni mutlaqo ahmoq deb bilishsa kerak-
da. Bu safar bir g‘alati ish qilaman... Maktabga qaytganimdan keyin, bir sirim borday bo-
shimni solintirib o‘y surib yuraman, g‘amgin-g‘amgin kulimsiyman. Ular: “Choliqushi, 
senda bir gap bor-a?” deb, albatta, so‘rashadi. Men ham noxushgina: “Yo‘q, menda gap 
nima qilsin?” deyman... Ishonishmay, meni qistay boshlashadi. Ana shundan keyin: 
“Xayr, aytsam aytay... lekin birovga og‘izlaringizdan chiqarmaysizlar, qarg‘anasizlar”, — 
deyman-u, bitta yolg‘onni do‘ndirib yuboraman. 
— Qanday yolg‘on? 
— Siz bilan tanishganim yolg‘onni osonlashtiradi. “Sarg‘il, uzun bo‘y bir erkak bilan 
devor ustida dildorlik qilishdik”, deyman... Albatta, oq sochli deya olmayman. Sochingiz-
ning o‘zi ham yoshlikda oqara boshlagan bo‘lsa kerak... Dugonalarimning fe’lini bilaman-
da. Darrov: “Nima haqda gaplashdinglar?” — deb so‘rashadi. Meni chiroyli ekansiz, dedi 
deb ont ichaman. Men ham unga bir ro‘molcha gilos berdim, deb, albatta, aytmayman. 
Gul berdim, deyman... yo‘q, bunisi ham to‘g‘ri kelmaydi... Gulni ro‘molchada bermaydi-
lar-ku... Ro‘molchani hadya qildim, deyman, vassalom... 
Bir ozgina avval bir-birimiz bilan yoqalashguday bo‘lganimiz holda, endi keksa 
qo‘shnim bilan chaqchaqlashib kulishar, qo‘l silkishib xayrlashar edik... 
O‘sha yil yozida shu daraxtga chiqish illatim boshimga balo bo‘ldi. 
Avgustning oydin kechalaridan biri. Chorboqqa bir to‘da mehmon kelgan edi. Bular 
orasida Narimon nomli yigirma besh yoshlardagi bir tul xotin ham bor edi. Uning onda-
sonda chorboqqa kelgan kunlari katta voqea hisoblanardi. 
Dunyoda o‘zlaridan boshqa hech kimni yoqtirmaydigan xolalarimdan tortib xizmatchi 
qizlarga qadar — hamma bu xotinga mahliyo bo‘lib qolgan edi.
Narimonning eri bundan bir yil avval o‘lgan. Narimon erini juda ham yaxshi ko‘rardi, deyi-
shadi. Shuning uchun u hamisha qora kiyib yurar ekan. Lekin menga shunday tuyuldiki, bu 
xotinning sarg‘imtir chehrasiga juda ham yarashib tushgan qora kiyimi aza tamom bo‘lgan-
dan so‘ng yechilguday bo‘lsa, uning quruqligi oshkor bo‘lib qoladi. 
Narimonning menga qilgan muomalalari it mushukni erkalaganiga o‘xshardi. Lekin 
men unga hech elikmas edim. Oramiz ancha sovuq edi. Menga qilgan iltifotlarini juda so-
vuq qarshilardim. 
O‘rtamizdagi sovuqlikning hali ham davom etganiga qaramay, tan berishim kerak: 
Narimon o‘lguday chiroyli edi. Menga yoqmaydigan bir narsasi bo‘lsa, u ham nozu ka-
rashmalarga o‘chligi edi. Xotinlar ichida-ku o‘zini uncha-muncha yaxshi tutardi-ya, lekin, 
mabodo oraga bitta-yarimta erkak aralashib qolguday bo‘lsami, ana unda yuzi o‘zgarar, 
ovozi, qahqahalari, qiliqlari butunlay boshqa tus olardi. Qisqasi, maktabimdagi yeng 
ichida ish ko‘radigan dugonalarimning yana ham savodi chiqqanrog‘i... 
Eri haqida gap ochilguday bo‘lsa, bu xotinning: “O, mening hayotim bitdi!” deb 
yolg‘on taassurot qoldirishga harakat qilishi jon-jonimdan o‘tib ketardi. U shunday qil-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin