Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
18
Xalq ichinda oncha izzat-hurmat ko’rsam, 
Dunyo yig'ib yesam-ichsam, o’ynab-kulsam..." 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Ondin so’ngra shahidlarni olib kelgay
Dargohig'a barchalari boqib turg'ay, 
Olib kelgon tuhfang bo’lsa keltur, degay, 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
"Din toloshib kofir birlan urush qilduq, 
Ba’zilarni o’lturubon g'oziy bo’lduq, 
Ba’zilarin imon-islom yo’lg'a solduq, 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Oxir qo’ymay kofir oldi jonimizni
Boshni kesib yerga to’kdi qonimizni, 
Sarf ayladuk ham yo’lingda molimizni..." 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
"Ayo bandam, bu so’zlarni bari yolg'on, 
Ko’ngul sirrin mendin tutub bo’lmas pinhon, 
Zohir-botin har ishingdur menga isyon
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Hollaringni, bandalarim, xo’b bilurman, 
Qayda bo’lsang, saning bilan hozirdurman
Dilingdagi neku badni men bilurman, 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Aytur erding, kofir bilan urush qilsam
Urush qilib g'oziy bo’lub boshin olsam, 
Ulug'larni in’omini to’la olsam..." 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Ondin so’ngra olib kelgoy zohidlarni
Tangrim degay: "Olib kelgon tuhfang qani? 
Izzat-hurmat bilan tuttum man silarni..." 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Zohid aytur: "Rizong uchun toat qilduq, 
Tong otquncha namoz o’qub qiyom turduk
Kecha namoz kunduzlari soim bo’lduq..." 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Qachon toat qilding meni rizom uchun, 
Xalq ichinda izzat-hurmat ko’rmog' uchun, 
Xalqni yo’ldin urub molin olmog' uchun, 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin