Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
31
Qolni o’qub, holni o’zga darbar qilsa,
Piri komil mukammilga xizmat qilsa,
Ikki dunyo charog'i deb oyting, do’stlar.
Beilm
odam shayxliq qilsa, rivoj tobmas,
Nozuk yo’ldur, beilm hargiz bilsa bo’lmas.
Ey do’stlarim, shayx bo’lmaqliq oson emas,
Rahbar teyu shar’ yo’lida yurung, do’stlar.
Piri komil har tolibga bermas irshod,
Tolib bo’lsa tun uyqusin qilsa barbod.
Ko’b poygada o’zub kelmas har yaxshi ot,
Riyozatni qottiq chekkon o’zor, do’stlar.
Jumla
tolib ibodatqa ojiz kelgoy,
Tahajjudni vaqti birla tuzolmag'oy,
Nisfi shabdin turub virdin qilolmag'oy,
Piri komil anga ruxsat bermas, do’stlar.
Alloh degon bandalarni inoyati,
Talabida yurgon banda Haq rahmati,
"Fazkuruni azkurukum" Haq oyati,
Dam g'animat,
Alloh zikrin oyting, do’stlar.
Mardu zanga, o’g'ul-qizga ilm farz dedi,
"Talab ul-ilmi farizatun" deb rasul oydi,
"Ma yajuzu bihis-solat" ilm zaruriy,
Tirik borsiz, to o’lguncha o’qung, do’stlar.
Mullo bo’lub, ma’no o’qub, kitob oytsa,
Yo’lni topib, yamon yo’ldin rostga qoytsa,
Pir etogin
mahkam tutub xizmat etsa,
Toatlik qul o’lsa armon qilmas, do’stlar.
Ushbu yo’lg'a riyozatlik tolib kerak,
Nafs-havoni qo’yub toat qilmoq kerak,
Jafo tortib pir nisbatin tutmoq kerak,
Riyozatsiz Haqqa vosil bo’lmas, do’stlar.
Beilm shayxliq da’vosini qilib bo’lmas,
Aso bo’lmay qarong'uda yurub bo’lmas,
Ko’rmas bo’lsa, chuqur yerni ko’rub bo’lmas,
Quduq
ichra tushgon omon qolmas, do’stlar.
Piri murshid qilsa mudom amri ma’ruf,
Muruvvatlik, shirin so’zlik, yaxshi xo’yluk,
Kecha-kunduz riyozatni cheksa ul xo’b,
Ondog' pirni xizmatida yurung, do’stlar.
Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
Dostları ilə paylaş: