Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad
Yassaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
Pir amrini tutmagonni valloh ko’rdim,
Do’zax ichra nechuksan deb holin so’rdim.
Maloiklar
ura berdi, men ham urdim,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Bu olamda yaxshilardin qochib o’ttum,
Haqdin kechib shayton so’zin mahkam tuttum.
Ey noinsof, dunyo uchun qonlar yuttum...
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Pir xizmatin qilg'on kishi nuri ravshan,
Diydoriga Alloh o’zi va’da qilg'on.
Shak kelturub, yalg'on tolib yo’lda qolg'on,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Pir xizmatin qilg'onlarni bo’yni sinuq,
Xizmat qilg'on toliblardin qochg'oy tamug'.
Pir ta’rifin
hech tuganmas, oytsam qamug',
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Pir xizmatin qilg'on kishi dasti daroz,
Ul sababdin dunyo birla doim aroz.
Ashki surxi, rangi, zardi Haqqa niyoz,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Xizmat qilg'on
yetor oxir Xudoyiga,
Piri mug'on zomin bo’ldi gunohiga.
Pir yetkurgoy Haq taolo panohiga,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Pir xizmati, ey toliblar, oson emas,
Toliblari pir oldida misli magas.
Adab saqlab,
pir oldida taom yemas,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Pirni lutfi Haqni lutfi tariqatda,
Haq in’omi pirga yetar haqiqatda.
Hodiy bo’lub yo’lg'a solg'on ma’rifatda,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Pir xizmati - Haq xizmati adab qilung,
Sahar
vaqtda nazar qilur, ogoh bo’lung.
Ey toliblar, bedor bo’lub yo’lg'a kiring,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Xizmat qilg'on toliblari Haqqa yaqin,
Kimni ko’rsa tavoze’liq, so’zi hazin.
Inshaalloh, ondog' tolib Haqqa yaqin,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.