Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad
Yassaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
83
U nusxada:
Ma’siyatni daryosig‘a g‘ariq bo‘lub,
Yurumishman shayton birla rafiq bo‘lub.
Bunda U nusxadagi misra tanlab olindi.
Umuman, Piri Turkistonning axloqiy-tarbiyaviy, falsafiy va ma’rifiy mohiyatdagi fikr-
qarashlarini aks ettiruvchi bu hikmatlar ham xalqchil, sodda va ifodasi ravondir.
Ularda
inson botinini tuzatish, axloqini yuksaltirish, ilm ahliga ehtirom ko‘rsatish, Qur’oni karim
va hadisi shariflarni mo‘‘tabar tutish, piru ustozlarga
nisbatan hurmat bajo aylash, ayni
vaqtda nodon va johillardan yiroq turish lozimligi alohida ta’kidlanadi.
Prof. Zakiy Validiy To‘g‘onning Ahmad Yassaviy hayoti, ijodi va hikmatlar tiliga doir
olib borgan tekshirishlarida "Devoni hikmat"ning qadimgi nusxalarida mavjud bo‘lib,
keyinchalik tahrirga uchragan:
Maxdumi pokbozi, parvozi shohbozi,
Sohib xuruj g‘oziy, chun Arslon emasmu?
Maxmur oldi dilu jon, quydi mayi arg‘uvon,
Sulton Sotuq Bug‘roxon, piri mug‘on emasmu?
Dargohlari kibriyo, islom ochib beriyo,
Sarhalqai avliyo, sohib Qur’on emasmu? –
misralariga tayanib, Ahmad Yassaviyning Bug‘ro Takin Arslon Qoraxon al-G’oziy (1034-
1047) bilan nasab jihatidan yaqin bo‘lganligini yozadi35. Darhaqiqat, yangi hikmatlar
orasidan o‘rin olgan yuqorida keltirilgan parchalarni o‘qir ekanmiz, Z.V.To‘g‘onning
fikriga qo‘shilmaslikning iloji yo‘qdir. Zero, hikmatlarda uchraydigan qator qadimiy so‘z
va iboralar hikmatlarning mualliflik masalasiga birmuncha
oydinlik kiritishga xizmat
qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, yangi hikmatlar "Devoni hikmat" nusxalari tarkibidagi
mavjud hikmatlar hajmini nafaqat kengaytiradi, balki Yassaviy
ijod olamini boyitishga
xizmat qiladi. Shuningdek, Yassaviy maktabi shoirlarining "Devoni hikmat"ga qo‘shilgan
she’rlarini ajratish, ularni Yassaviy hikmatlari bilan qiyoslash va tahlil qilishga yordam
beradi. Ayniqsa, Yassaviy hikmatlarining qadimiy matnlarini izlashga chorlaydi.
Hikmatlarning
yangi namunalari, ular bilan tanishgan o‘quvchilarning badiiy-estetik
zavqini oshirishga, ma’naviy-ruhiy saviyasini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
"Devoni hikmat"ning qadimgi nusxalari bizgacha yetib kelmaganligi ko‘pchilikka ayon.
Shu sababli "Devoni hikmat"ning tanqidiy matnini tuzish hozircha imkonsiz. Lekin
keyingi asrlardagi qo‘lyozmalar,
toshbosma nusxalar, yurtimizdagi va xorijdagi nashrlar
asosida "Devoni hikmat"ning ishonchli bir yig‘ma-qiyosiy (solishtirma) matnini
tayyorlash zarurdirki, bunda mazkur nashrning ham yordami tegadi deb umid qilamiz.
Nodirxon Hasan
Onlineda o’qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=364.0
www.ziyouz.com
2007