Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
82
Sizga taqdim etilayotgan hikmatlarning ayrimlari bir nechta nusxalarda mavjud bo‘lsa,
ba’zi birlari faqat birgina nusxadan o‘rin olgan. Masalan, "Ishq dardini oshiqlarg‘a tuhfa
berdi", "Alloh, Alloh, subhanalloh, qayon ketay?", "Orif uldur Haq amrini pos aylasa",
"Ishq tajalli qilsa kimni vujudinda", "Keling do‘stlar pir xizmatin bayon aylay",
"Oshiqlarning so‘rog‘i, sodiqlarning yarog‘i" deb boshlanadigan hikmatlar faqatgina Q
nusxada mavjuddir. N nusxadagi: "Oshiqlari qolni o‘qub holg‘a kirsa", "Avval saning
hamding oytoy qodir Xudo", "Muhabbatning daryosig‘a o‘zum ottim" misralari bilan
boshlanadigan hikmatlar biz ko‘rgan biror nusxada mavjud emas. Bunday misollarni
yana ko‘plab keltirish mumkin.
Albatta, taqdim qilinayotgan hikmatlarda ham xilma xilliklar, qator matniy noqisliklar,
vazniy saktaliklarga duch kelinadi. Ularni iloji boricha to‘g‘ri o‘qish, kotib xatolarini
tuzatish uchun matndan tushib qolgan ba’zi misra, so‘z, ibora, qo‘shimcha va hatto
harflarni yordamchi nusxalar ko‘magida tiklash va tuzatishga harakat qilindi. Bunday
tuzatishlarni bir necha tiplarga ajratish mumkin. Chunonchi:
Dostları ilə paylaş: