www.ziyouz.com
kutubxonasi
70
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.
Banda bo’lsam, yalg'uz Haqni suymasmudim?
Ummat bo’lsam, yo’lg'a qadam qo’ymasmudim?
Qonlar to’kub, ko’zlarimni o’ymasmudim?
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.
Ummat debon hech uxlamay o’tti rasul,
Osiy, jofiy ummat uchun bo’ldi malul.
Haq taolo qilg'oymu deb bizni qabul,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.
Qiyomatda termulturg'oy ummat degil,
Mag'zi sirrim qoynag'onda qo’lum olgil.
Ojiz qulung yo’l odoshsa, yo’lg'a solgil,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim
Gunohimg'a tog'u toshlar toqat qilmas,
Tarso, juhud, kofir mandek gunoh qilmas.
Haq qoshinda sharmandaman hech kim bilmas,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.
Ro’za, namoz qazo qilib, Haqni bilmay,
Yaxshilarni xoki poyi bo’lub yurmay.
Eranlarni duosini munda olmay,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.
Yo Muhammad, gunohimdin sharmandaman,
Yo Muhammad, ilgim oling, darmondaman.
Yaxshi toat qilolmadim, armondaman,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.
Bu dunyoda qilmishlarim fisqu fujur,
Ummat debon lutf etmasa sadru sudur.
Ul sababdin borsam sori ahli qubur,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.
Ummatman deb lof urorman qoni amal?
Alloh uchun man qilmadim hargiz jadal.
Otim ummat, qilg'on ishim jumla zarar,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.
Qul Xoja Ahmad, amalim yo’q qayon boray?
Piri mug'on xizmatida ko’ksum yoray.
Taqsir oytib kecha-kunduz hozir turay,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.
- 66 -
Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
71
Ayo do’stlar, tun-kun tinmay zikrin oyting,
Zikrin oytib qullug'inda bo’lmoq kerak.
Qulluq qilib takbir oytib suhbat qursa,
Harna bori bo’lsa Haqdin ko’rmak kerak.
Ishqqa qadam qo’yg'onlari murod tobti,
Kimni ko’rsa sirrin ko’rub aybin yobti.
G'arib bo’lub yaxshilarni izin o’bti,
Shomu sahar xizmatida turmoq kerak.
Muhabbatni sharobini ondin ichib,
Manmanlikni qilg'onlardin yiroq qochib.
Har kim kirsa ushbu yo’lg'a jondin kechib,
Xoki poyin ko’zlariga surmoq kerak.
Yo’lg'a kirgon eranlardin yo’lni so’rmay,
Harna kelsa rozi bo’lub Haqdin ko’rmay.
Ijozatsiz yo’lg'a qadam qo’yub yurgay,
Ishq do’konin yozib anda qurmoq kerak.
Ushbu yo’lg'a kirgon tolib bo’ldi oqil,
G'aflat birla kuyub-yonib bo’lmas oqil.
Umrin zoe’ kechurgonlar bo’ldi johil,
Ishq lashkarin tutub mudom qarmoq kerak.
Sahrolarda chorzarb urub zikrin boshla,
Hoyu havas, moumanlik yiroq tashla.
Kecha-kunduz takbir oytib tinmay ishla,
Zikrin oytib sidqi birla turmoq kerak.
Bahr ichinda odam nafsi javlon qilur,
Ochlig'idin..... tursa afg'on qilur.
Dunyo tilab din ishini vayron qilur,
Yilon yanglig' halqumidin qirqmoq kerak.
Qul Xoja Ahmad, nafsdin ulug' balo bo’lmas,
Yeru ko’kda to’’ma bersang hargiz to’ymas.
Tufroq bo’lub yo’lda yotsang, kofir o’lmas,
Piri mug'on xizmatida turmoq kerak.
- 67 -
Orif uldur, Haq amrini pos aylasa,
Mosivodin nafsin yig'ib xos aylasa.
Shariat hama besh hurufdur rost aylasa,
Ondin so’ngra tariqatga kirmoq kerak.
Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
Dostları ilə paylaş: |