Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
66
Ko’z yoshingni sorig' yuzga socho ko’rgil, 
Yoshim sochib hamdu sano oyg'um kelur. 
- 61 - 
Haq taolo habibi, yo Mustafo Muhammad
Dardliklarni tabibi, yo Mustafo Muhammad. 
Izhor qildi Odamg'a, Odamdin to Xotamg'a, 
Nuri to’ldi olamg'a, yo Mustafo Muhammad. 
Mahbubi pok sirdon, matlubi shohi mardon, 
Maxdumi kulli inson, yo Mustafo Muhammad. 
Me’roj yo’lig'a oshqon,..... dek ulashqon, 
Ummat uchun talashqon, yo Mustafo Muhammad. 
Yetim qoldi otodin ham mehribon onodin, 
Taqdir bo’ldi Xudodin, yo Mustafo Muhammad. 
Yetim boshin siladi, teva bo’ldi Muhammad, 
Jonni jong'a uladi, yo Mustafo Muhammad. 
Yetti yoshar yosh o’g'lon, dur qadrini bildi, 
Olti yong'oqqa sotti, yo Mustafo Muhammad. 
Teva bo’ldi "af" dedi, ummatini tiladi, 
Jabroil yetib keldi, yo Mustafo Muhammad. 
Bu dunyoni suymadi, farcha nong'a to’ymadi, 
Haq qullug'in qo’ymadi, yo Mustafo Muhammad. 
Tilamadi otosin ham mehribon onosin, 
Qildi ummat duosin, yo Mustafo Muhammad. 
Tangri(si)g'a talabgor, kecha-kunduz yig'lar zor, 
Bo’ldi ummatga muxtor, yo Mustafo Muhammad. 
Muhit daryoga tushti, Arshi a’lo(ni) oshti, 
Mavlosiga rozlashti, yo Mustafo Muhammad. 
Shariatni so’zladi, tariqatni izladi, 
Haqiqatni ko’zladi, yo Mustafo Muhammad. 
Sabr ayladi qanoat, taqvo aylab qilovat. 
Kecha-kunduz ibodat, yo Mustafo Muhammad. 
Ichib kavsar suyini, uzub jannat gulini, 
Izlab ani yo’lini, yo Mustafo Muhammad. 
Qul Xoja Ahmad, qil toat, tinmay oytgil salovot, 
Rasululloh bo’lg'oy shod, yo Mustafo Muhammad. 
- 62 - 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
67
Ayo do’stlar, yurak bag'rim bo’ldi kabob, 
Ishqsiz odam ishq qadrini bilgon bormu? 
Tuni-kuni g'urbat tortib ishq yo’lida, 
Bevosita Haq diydorin ko’rgon bormu? 
Toshqin turgon daryolardek qaynab yurgon, 
Dunyo molin ko’rub, anga mag'rur bo’lg'on. 
Hoyu havas, moumanlik da’vo qilg'on, 
Qorun yanglig' dunyo molin ko’rgon bormu? 
Ishq shiddati boshqa tushsa oshiq bilar
Begonalar toshlar otib anga kular. 
Devona deb boshin yorib qong'a bo’yar, 
Mansur yanglig' ishq dorig'a mingon bormu? 
Oshiq Mansur "Analhaq" deb yoshi oqti, 
Chiltan birla hamroh bo’lub qabug' qoqti. 
Yurak bag'ri kabob bo’lub erib oqti. 
G'or ichinda chiltanlarni ko’rgon bormu? 
Shayx Shibliy samo’ qilib doim yurdi, 
Taxtu baxtin tashlab Adham do’kon qurdi, 
Parvonadek sham’in ko’rub o’zin urdi, 
Parvonadek axgar bo’lub kuygon bormu? 
Layli teyu sahrolarda Majnun o’tti, 
Laylini ko’rgan zamon hushi ketti. 
Hayron bo’lub, sarson bo’lub, boshi qotti, 
O’tgon oshiq eranlarni ko’rgon bormu? 
Shirinni deb tog'lar qazib oshiq Farhod
Shirinni ko’rgon zamon qildi faryod. 
Aqlu hushin taroj qilib berdi barbod, 
Oshiq bo’lub o’lmay turub o’lgon bormu? 
Zunnun Misriy o’z shahridin chiqib ketti, 
Shayx Boyazid yetmish yo’li o’zin sotti. 
O’zin bilmay vola bo’lub boshi qotti, 
Ondog' erlar da’vosini qilg'on bormu? 
Ibrohim o’z o’g'lini qurbon qildi
Ismoil diydor teyu jonin berdi. 
Ko’zin ochib Haq jamolin hozir ko’rdi, 
Ismoildek Haq jamolin ko’rgon bormu? 
Ko’b oshiqlar bu dunyodin o’tub ketti, 
Go’ruston manzilig'a borib yetti. 
Ahlu iyol, xonumonin toshlab otti, 
Ibrat olib qizil yuzi so’lg'on bormu? 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin