Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
64
Haqiqatni daryosig'a cho’mg'on oshiq, 
Ul daryodin guhar olib chiqqon oshiq
Guhar olg'on dargohig'a bo’lur loyiq, 
Loyiq bo’lub guhar olib chiqqum kelur. 
Fano bo’lub bu dunyodin yig'lab o’tsam, 
Haq sharobin ichorman deb tashna ketsam, 
Shibliy yanglig' oshiq bo’lub, samo’ qilsam, 
Mundog' bo’lub shavq sharobin ichgum kelur. 
Qul Xoja Ahmad, oshiqlardek jondin kechgil, 
Jondin kechib shavq sharobin to’yo ichgil, 
Toliblarga hikmat oytib, durlar sochqil, 
Piri mug'on etogini tutqum kelur. 
- 59 - 
Ayo do’stlar, tavakkulni qilichini, 
Belga bog'lab yo’lg'a qadam qo’yg'um kelur. 
"La taqnatu" rahmatidin umid tutub
Mavaddatning gulzorinda yelgum kelur. 
Oshiqlari javlon qilor ul maydonda, 
Ilon qamchi qilib minor ul arslong'a, 
Sir so’zini oytib bo’lmas har nodong'a, 
Sir so’zini donolarg'a oyg'um kelur. 
Orif bo’lub oshiq bo’lsa dono ketor, 
Ondog' oshiq diydor uchun jonin beror. 
Ondog' qulg'a tongmi otor, kunmi botor, 
Tuni-kuni tinmay zori qilg'um kelur. 
Nishonasi uldur, ani rangi sorig', 
Ondog' kishi bu dunyodin bo’lur forig'. 
Mosivodin yig'ib, o’zni ko’ngli yorig', 
Ma’rifatlar anga raxtin sotqum kelur. 
Ayo do’stlar, tariqatda bozor ko’rdum, 
Raxtim tobib ul bozorda do’kon qurdum. 
G'ofil ko’nglum, o’zum anda bedor bo’ldum, 
Ro’zi bersa, tun-kun savdo qilg'um kelur. 
Oshiqlari O’zi birla bozor qilur
Johil qullar mo’min ko’nglin ozor qilur. 
G'ofillardin Xudo, rasul bezor bo’lur, 
Hozir bo’lub, Haq zikrini oyg'um kelur. 
Sidq birlan g'ofil hargiz tavba qilmas, 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
65
Essiz umrin g'ofil kechrur hargiz to’ymas. 
Foniy umrung ming ishonsang boqiy bo’lmas, 
Tavba teyu tavba to’nin kiygum kelur. 
Qul Xoja Ahmad, kechti umrung, g'ofil bo’lma, 
Nafsing so’zin qilibon botil yurma. 
Jahd etibon tun-kun zinhor johil yurma, 
Hozir bo’lub, Haqqa qulluq qilg'um kelur. 
- 60 - 
"Yo Ahmadu, abdi" degon Subhon Izim, 
Bordur ani sharbatlari sonsiz telim. 
Oshiq qullar ichsun dedi ani Mavlim
Oshiq bo’lub ul sharbatdin ichgum kelur. 
Kecha-kunduz ushbu jondin oshiq bo’lmas, 
Oshiqlarni ko’zda yoshi hargiz tinmas. 
Jon ayasa yaxshi yo’lg'a kirsa bo’lmas, 
Jondin kechib jononag'a borg'um kelur. 
Himmat qurin mardonlardek belga bog'lab, 
Mansur sifat jondin kechib dorda o’ynab. 
Oshiqlar(dek) suhbat ichra qonlar yig'lab, 
Subhon Izim dargohiga borg'um kelur. 
Qoldin kechmay hol tilini bilsa bo’lmas, 
Muhabbatni sharobidin ichsa bo’lmas. 
Ma’rifatni bozoriga kirsa bo’lmas, 
Qoldin kechib bo’ston ichra kirgum kelur. 
Oshiq bo’lmay vafo nayni cholsa bo’lmas, 
Hozir bo’lmay Haq zikrini oytsa bo’lmas. 
Changu rubob sozlarini tuzsa bo’lmas, 
Sozin tuzub hamdu sano oygum kelur. 
Sadaf yanglig' ishq o’rnida guharlaring, 
Mo’min qulga yaqin turur rahmatlaring, 
Oshiq qulga rohat turur zahmatlaring
Mehnat tortib, Xojam, sanga borgum kelur. 
Oshiqlari har go’shada g'avg'o qilur, 
Qatra-qatra ko’z yoshini daryo qilur, 
Ul daryoda ishq guhari sonsiz turur, 
G'avvos bo’lub ul guhardin olgum kelur. 
Qul Xoja Ahmad, uzun tunlar uyg'oq bo’lgil, 
Johillardin doim yiroq qocho ko’rgil, 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin