Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
62
anda 
hayron 
qolg'usi. 
Hayron bo’lmas ul kishi
oqsa 
ko’zini 
yoshi, 
Haq bilan bo’lsa ishi, 
javob 
oson 
bo’lg'usi. 
Toat qilg'il qishu yoz, 
Qul Xoja Ahmad, bo’l gudoz, 
Yuzi qaro benamoz
anda 
rasvo 
bo’lg'usi. 
- 57 - 
Shariatning sharoitin tark etmayin, 
Tariqatning ishlarini ado qilsun. 
Tariqatda parhez qilib taqvo qilg'on, 
Ko’rub, bilib, halolidin judo qilsun. 
Haqiqatning daryosidin guhar olg'on, 
Ma’rifatning maydonida javlon qilg'on. 
Kuyub-pishib ich bag'rini o’tqa solg'on, 
Ondog' oshiq alif qaddin duto qilsun. 
Qiyomatning shiddatidin motam qursang, 
Nav tolibdek halqa ichra o’zung ursang. 
Qiyomatning shiddatidin na’ra tortsang, 
Mahshargohda ko’z yoshini guvoh qilsun. 
Ushbu yo’lg'a kirgon oshiq jondin kechor
Jondin kechib shavq sharobin to’yo ichor. 
Rihlat qilsa churuk egnin kafan bichor, 
Faryod urub eshiklarda sado qilsun. 
Qiyomatning shiddatini bilmagonlar, 
G'arib, faqir ko’rsa ko’zga ilmagonlar. 
Amri ma’ruf, nahy munkar qilmag'onlar, 
Xos bo’zurglar sani na deb duo qilsun?! 
Haq zikrini oyg'onlarni dushman tutqon
Manlik qilib yaxshilarni bosib o’tgon. 
Halol-harom farqin qilmay olib yutqon, 
Ul fosiqni dilin na deb safo qilsun. 
Takabburu manlik bilan havo qilg'on, 
Xalq ichinda harna qilsa riyo qilg'on. 
Kecha-kunduz dunyo uchun savdo qilg'on, 
Ul bandani oxiratda gado qilsun. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
63
Xalq ichinda tasbeh qo’lg'a olib yurgon
Shayxmen teyu nodonlarg'a va’zin oyg'on. 
Nazrin olib kelgoymu deb qarab turg'on, 
Pir ul turur zohir, botin safo qilsun. 
Kecha-kunduz Haqdin qo’rqub turg'on kishi, 
O’zin bilur o’zga bilan yo’qtur ishi. 
Ondin so’ngra nurg'a to’lur ichu tashi, 
Haqdin qo’rqub ko’zda yoshin ravon qilsun. 
Qulman teyu Haq amrini qilmag'onlar, 
Nasihatni quloqig'a olmag'onlar. 
Sudu ziyon bo’lg'onini bilmagonlar, 
Ul fosiqlar Haqqa na deb vafo qilsun. 
Hikmat eshtib, yig'lamag'on odam emas
Ko’ngli qattig', ko’zi aning namlig' emas. 
Beshak biling, dini aning mahkam emas, 
Qon yig'lag'il, ko’zing yoshi davo qilsun. 
Ayo g'ofil, nodon bilan ulfat bo’lma, 
Nodonlarni suhbatig'a o’zung urma. 
Haq qahridin qo’rqub yig'la hargiz kulma, 
Qul Xoja Ahmad oshiqlardek navo qilsun. 
- 58 - 
Haq taolo tavfiq bersa himmat qilib
Saharlarda tinmay yodin oyg'um kelur. 
Junbush qilib a’zolarim dard aylasa, 
Tavba qilib hazratig'a yong'um kelur. 
Tolib bo’lub, ixlos qilib yo’lg'a kirsam, 
Bedor bo’lub, Haq diydorin to’yo ko’rsam, 
Parvonadek sham’in ko’rub o’zum ursam, 
Yo’q ersa tiriklikni otqum kelur. 
Oshiqlarni davosidur Haqni yodi, 
Zokirlarni murodidur Haq diydori
Kecha-kunduz yig'lab qilur Haqqa dodi, 
Chin dardlikdin dardu mehnat tortqum kelur. 
Tariqatga kirgon oshiq Haqni izlar, 
Na so’zlasa hol ilmini so’zin so’zlar, 
Saharlarda yodin oytib Arshni ko’zlar, 
Boyaziddek bir kun o’zum sotqum kelur. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin