Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
41
Yaxshilarni izin izlab duo olg'on.
Bulhavaslar oshiqman deb yo’lda qolg'on,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
Qul
Xoja Ahmad, hikmat oyg'il oshiqlarg'a,
Sidq bilan yo’lg'a kirgon sodiqlarg'a,
Ixlos bilan Haqni degon loyiqlarg'a,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
- 35 -
Subhon Izim hidoyatni ro’zi qildi,
Telim hijob ko’nglimizdin ketormukin?
Tuni-kuni hazratiga Alloh desam,
Munglug' banda maqsudig'a yetormukin?
Ma’rifatning bo’stonida bulbul bo’lub,
Haq yodida doim mudom mashg'ul bo’lub.
Qulluq qilsam hazratig'a chin qul bo’lub,
Bu holatda rihlat tongi otormukin?
Egri yo’lg'a yurdum,
doim xato qildim,
Emdi bildim, o’z jonima jafo qildim.
Dargohinga yaqom tutub yano keldim,
Lutf aylabon tavbam qabul etormukin?
Eranlarni izin izlab yo’lg'a kirsam,
Ostonangda duo qilib yuzum sursam.
G'ariblarni ko’nglin
ovlab duo olsam,
Bu ish birlan mani ishim bitormukin?
Nadomatda tuni-kuni yoshim to’ksam,
Xudoyimg'a zori qilib arz aylasam.
Yaxshilarni hazratig'a shafi’ bo’lsam,
Qul niyozi beniyozg'a yetormukin?
Ahmad, sani essiz umrung yeldek o’tti,
Dunyo tilab oxiratni sham’i o’chti.
Ma’siyat(ni) paymonasi to’ldi-toshti,
Rahmon Tangrim gunohimdin o’tormukin?
- 36 -
Qorong'u tun ichinda yo’l adashtim,
Yorug'lig' tongi nogoh otormukin?
Qulovuzsiz yo’lg'a
kirib turfa shoshtim,
Sayqal bersam zangorlarim ketarmukin?
Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
Dostları ilə paylaş: