Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)
Savol: Ba’zi ayollarning iyagiga tuk chiqadi. Uni yulib yo qirib olsa bo‘ladimi, yo tegmay joyida qoldirish kerakmi? Javob: Ayollar iyagiga chiqqan tuklarni yulib yo qirib tashlash mustahabdir. (Fatovoi
Xammodiya).
Savol: Sigaret va nos chekishning hukmi qanday? Javob: Sigaret va nos insoniyat «keksayib» topgan kasalliklaridan biridir. Nabiy
(s.a.v.) davrlarida ham, sahobalar va tobe’inlar davrida ham sigaret va nos yo‘q edi.
«O’zingizni halokatga tashlamang» (Baqara surasi, 195-oyat); «O’zingizni o‘zingiz
o‘ldirmang. Albatta Alloh sizlarga rahmlidir» (Niso surasi, 29-oyat); «Bugun sizlarga
barcha pokiza narsalar halol qilindi» (Moida surasi, 5-oyat) kabi oyatlarga asoslanib,
aksar fatvo kitoblarida sigaret va nos chekish harom deyilgan.
Ummu Salama onamiz (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) har qanday mast qiluvchi va
badanni bo‘shashtiruvchi, zaiflashtiruvchi narsalarni iste’mol qilishdan qaytarar edilar»,
deydilar. Imom Ahmad va Ibn Mojalar rivoyat qilishgan boshqa bir hadisda: «Islomda
o‘ziga ham, o‘zgaga ham zarar yetkazish yo‘q», deyilgan. Kashandalik esa, ham o‘ziga
zarar, ham o‘zgalarga.
Tamaki tutunining tarkibida to‘rt mingga yaqin modda bo‘lib, hammasi inson
salomatligini yemiruvchi ekani tibbiy tajribalarda sobit bo‘lgan.
Inson – Allohning mukammal tarzda yaratgan maxluqidir. Uning tanasidagi qon
tomirlari uzunligi bir yuz ellik ming km.ni tashkil qiladi (ikki kishining tomirlari
birlashtirilsa, Oyga yetadi). Sigaret qon tarkibi va aylanishini buzadi, tomirlarni qotiradi.
Nosning zarari ham tutunnikidan kam emas.
Har kuni o‘rtacha bir quti tamaki chekish bir yarim soat vaqtni oladi. Bu hisob bir yilda
yigirma uch kunni, o‘n olti yilda esa, to‘liq bir yilni tashkil etadi.
Kashandaning bolalari bir yilda sakson-to‘qson quti chekkandek zaharlanadi.
O’rtacha narxdagi sigaret chekuvchi bir yilda yuz ming so‘m pulni tutunga aylantiradi.
Bir marta tutun puflash atrofni yetmish milligramm kukun, yigirma besh milligramm
karbonooksid bilan zaharlaydi.
Tamaki o‘rash uchun eng sifatli suv qog‘ozlar ishlatiladi. Agar bu qog‘ozlar kitob
bosish uchun ishlatilsa bormi… Oddiy bir qiyos: bitta kashandaning umr bo‘yi chekkan
tamakisi qog‘oziga uch ming betlik kitob bosish mumkin.
Xullas, ularning iste’moli ulamolarimiz ijmoiga ko‘ra man qilingan.
(Musulmonlarning «Taqvim kitobi» asosida.