"Alloh yo‘lida mollarini infoq-ehson qiladigan kishilar xuddi, har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chiqargan bir donga o‘xshaydi. (Ya’ni qilingan har biryaxshilikning yetti yuz barobar bo‘lib qaytishiga ishora qilinmoqda.) Alloh istagan kishilariga bir necha barobar qilib beradi. Alloh (fazlu karami) Keng, bilguvchidir. Mollarini Alloh yo‘lida sarflab, so‘ngra bergan narsalariga minnat va ozorni ergashtirmagan zotlar uchun Parvardigorlari huzurida ulug‘ ajr bordir. Ular uchun hech qanday xavfu xatar yo‘q va ular g‘amgin ham bo‘lmaydilar. Yaxshi gap va kechirish ketidan ozor keladigan sadaqadan yaxshiroqdir. Alloh taolo behojat va halimdir. Ey mo‘minlar, molini odamlarga ko‘rsatish uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang!" (Baqarasurasi,261–264-oyatlar).