Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə10/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

To‘qqizinchi majlis



TAVHIDNING FAZILATI

Alloh taolo aytadi:




β¨Î)

∩⊇∇∪


ΟÞŠ6Å

⇔yø9$#

âjƒÍ–êy9ø$#

θuδèω”)εt≈s9Î)

ωI 4ÅÝó¡É)9ø$$Î/

$ϑJ←Í!$%sÉΟù=Ïè9ø#$(#θ9ä'ρ&éρuπè3s×Í≈¯=nϑyø9$#uρ

θuδèω”)Îtµ≈9sÎ)

ωI …çµΡ¯r&

!ª#$‰yγΩx


öà 3õtƒ ⎯Βtuρ 3óΟßγΨo±÷t/ $J‹øżt/ ΟÞ=ùèÏ9ø#$ãΝδè™uh!y` $tΒ ‰Ïè÷/t⎯.ΒÏω”Î) |=≈tzÅ3ø9$# #(θSèρ&é⎥š ⎪Ï¿!©#$#y=nñti÷$# $tΒρu3ÞΟ≈n=ó™M}#$!«#$‰yΨÏ⎥⎪Ïe$šã !$#
∩⊇®∪ >É$¡|tÏ:ø#$ßşƒÎ¸ |!©$#  χÎ*ùs!«$# MÏ≈ƒt$↔t/Î

"Alloh, farishtalar va ilm ahllari – yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar. U adolat bilan turguvchi – Hukm qilguvchidir. Hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning O‘zi bor. U qudratli, hikmat egasidir. Albatta, Alloh nazdidagi (maqbul bo‘ladigan) din Islom dinidir. Ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar) ularga (Islom va Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) haq payg‘ambarligi haqida) aniq bilim-hujjat kelganidan keyin faqat o‘zaro hasad-adovat qilganlari sababligina talashib tortishdilar. Kim Allohning oyatlariga kofir bo‘lsa, bas, albatta Alloh tez hisob-kitob qilguvchi zotdir" (Oli Imron surasi, 18–19-oyatlar).

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mening huzurimga Jabroil, Mikoil, Azroil, Isrofillar (a.s.) kelishdi. Jabroil: "Ey Rasululloh! Kimki sizga o‘nta salovot aytsa, men uni qo‘lidan ushlab sirotdan olib o‘taman", dedi. Mikoil (a.s.): "Men unga Havzi Kavsardan suv ichiraman", dedi. Isrofil (a.s.) aytdi: "Men boshimni sajdadan to Alloh uning gunohini kechirmaguncha ko‘tarmayman". Va nihoyat Azroil (a.s.): "Men uning ruhini Payg‘ambarning ruhini qabz qilganimdek qabz qilaman", dedi.

Yuqoridagi oyatda keltirilgan: "Alloh... guvohlik berdi" lafzining ma’nosi bandalarga xabar berish va bildirishdir. Farishta va mo‘minlarning guvohligi esa, Allohning vahdoniyatini (yolg‘izligini) e’tirof, iqror etishlaridir. Oyatdagi "ilm ahllari" kimligi haqida turli xil fikr bildirilgan. Ba’zilar payg‘ambarlar deyishdi, ba’zilar Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) muhojir va ansoriy sahobalari, deb aytishdi. Ba’zilar esa, ulamolar, degan fikrni bildirishdi. Ushbu oyatda ilm ahli odamlarning afzali ekaniga ochiq-oydin dalolatlar mavjud, zero, biror sifat olimlikdan ko‘ra ulug‘ bo‘lganida, albatta, Alloh taolo o‘zining va maloikalarning ismi bilan birga uni ham zikr qilgan bo‘lardi.

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilindi: "Fotiha surasi, Oyatul kursi, "Shahidallohu..." oyati, "Qul illahumma malikal mulki tutil mulka..."dan to "big‘oyri hisab"gacha bo‘lgan oyat nozil qilinayotganda, ular Arshga osilib olishdi va: "Ey Rabbimiz! Sen bizni gunoh ishlarni qilishga o‘rgangan qavmga tushirmoqdamisan?" deyishdi. Shunda Alloh: "Ulug‘ligimga qasamki, qaysi bir banda sizlarni farz namozlari ketidan tilovat qilsa, men uni, albatta, mag‘firat qilaman va yetmish marta rahmat nazarim ila boqaman va yetmish hojatini ravo qilaman, u hojatlarning eng kichkinasi mag‘firatimdir", dedi.

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "U kishi bir kuni g‘amgin holda turganlarida, oldilariga Jabroil (a.s.) kelib tasalli berdi: "Ey Rasululloh! Nimaga xafa bo‘lasiz. Alloh sizning ummatingizga besh xislatni ato etdi. Unday xislatlar boshqa ummatlarga berilmagan.



  1. Alloh taolo: "(Mo‘min) bandalarim Menga nisbatan qanday gumonda bo‘lsalar, Men ham ularga shundoq muomalada bo‘laman", dedi.

  2. Qaysi mo‘minning gunohi bu dunyoda bekitilsa, demak, Alloh taolo uni Qiyomatda sharmanda qilmagay.

  3. Ummatingizga har doim tavba eshiklari ochiq bo‘lgay.




  1. Kim sidqidildan "La-a ilaha illallohu Muhammadur rasululloh", desa, agar uning gunohi yer yuzini to‘ldirib yuboradigan bo‘lsa ham, kechirilgaydir.

  2. Tiriklarning duolari sharofati bilan o‘liklardan azob ko‘tarilgay".

"Sanoniya" kitobida keltirilishicha, Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisda bunday deyilgan: "Qiyomat kuni bo‘lganda amallar o‘z sohiblarini oqlash va shafoat qilish uchun keladilar. Namozi kelib: "Ey Rabbim! Men uning namoziman", deydi. Alloh: "Sen yaxshisan", deydi. Sadaqasi ham kelib, "Men sadaqasiman", deydi. Alloh: "Sen ham yaxshisan", deydi. Shuningdek, ro‘zasi ham keladi va guvohlik beradi. Bir payt dini keladi va "Men Islomman", deydi. Shunda Alloh: "Dunyoda sendan yuz o‘girganlarni bugun azoblayman va seni ixtiyor qilganlarga esa, bugun yaxshilik ato qilaman", deydi".

Hikoya: Iso (a.s.) zamonlarida bir kir yuvuvchi odam bor bo‘lib, u har kuni uyidan ancha uzoqroq joyga borar, ariqning boshida turib kirlarni chayqar, suvni mag‘zava bilan bo‘lg‘ab, insonlarga ozor va zarar yetkazar edi. Qishloq ahli bunga chidolmasdan Isoning (a.s.) oldilariga borib shikoyat qilishdi. Uning haqqiga duoyibad qilishlarini so‘rashdi. Iso (a.s.) ularga xo‘p deb: "Ey Alloh! Unga bir ilon jo‘natgin, uni ketgan joyidan qaytarmagin", deya duo qildilar.



Haligi kir yuvuvchi kir chayqash uchun, ariq tomonga ketayotib, o‘zi bilan uchta kulcha oldi. Ariq boshiga yetib kelganida ro‘parasidan, bir necha yillardan beri ibodat qilayotgan bir obid chiqib qoldi va undan: "Biror parcha noning bormi, koshki bir tishlamgina yesam edi, chunki bir necha kundan beri tuz totganim yo‘q", deya tilandi. U kulchalaridan birini olib uzatdi. Obid sevinganidan: "Ey kir yuvuvchi! Alloh gunohingni mag‘firat etib, qalbingni pok etsin", deb duoi xayr qildi. Kir yuvuvchiga tilanchining duosi yoqdi, ikkinchi kulchani ham berdi. Obid: "Alloh kelajak va o‘tmishdagi gunohlaringni mag‘firat qilsin", deb yana duo qildi. So‘ng uchinchi kulchani ham uzatdi. Obid: "Alloh senga jannatda qasr ato etsin", deb duo qildi. Kir yuvuvchi qishloqqa qaytib kelgach, qishloq ahli Isoga (a.s.) yana shikoyat qilishdi, u eson-omon qaytib keldi-ku, deyishdi. Shunda Iso (a.s.) uni chaqirtirdi va undan: "Bugun nima yaxshi ish qilding? Shuning xabarini ber", dedilar. Kir yuvuvchi Isoga (a.s.) yuqoridagi obid bilan bo‘lgan uchrashuvni aytib berdi. Iso (a.s.) uning xaltasini olib kelishlarini buyurdi. Xaltani ochishganida, ichidan og‘zi kishanlangan bir katta ilon chiqdi. Iso (a.s.) ilonga: "Sen nimaga jo‘natiluvding, nima qilib bunday yuribsan?" deb savol berdilar. Ilon vishillab: "Men bu kishining jonini olishga jo‘natilgan edim, lekin u tilanchiga non berib, uning duosini oldi. Farishtalar uning duosiga "omin" deyishdi. Shundan so‘ng Alloh bir farishtani menga jo‘natib, meni kishanladi", dedi. Iso (a.s.) ajablanib: "Ey kir yuvuvchi! Alloh sening gunohingni mag‘firat qilibdi, bunga shukr etib, ibodat qil. Eski ishingni zinhor qilma!" dedilar.

Hikoya: Ibrohim al-Vositiy (rahmatullohi alayh) Arofot tog‘i ustida qo‘llariga yetti dona toshni olib: "Ey toshlar! Guvoh bo‘linglar, men "La-a ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh", demoqdaman", dedi. Shu kecha tushida Qiyomat qoim bo‘lganini ko‘rdi. Uni hisob-kitob qilib, do‘zaxga mahkum qilishdi. O‘zini farishtalar do‘zax tomonga olib ketayotganlarini ko‘rdi. Lekin to‘satdan bir tosh kelib, do‘zaxning eshigiga to‘siq bo‘lib oldi, farishtalar u toshni olib tashlay olmay, uni do‘zaxning boshqa eshigidan olib kirishga qaror qilishdi. Lekin avvalgi holat takrorlanaverdi, yetti tosh yetti do‘zax eshigining oldiga to‘siq bo‘ldi. Bu toshlarning hammasi jo‘r bo‘lib shahodat kalimasini takrorlaverdilar. So‘ngra farishtalar bandani Arshga olib borishdi. Alloh farishtalarga: "Tilsiz, aqlsiz toshlar uning shahodatiga guvohlik beramoqda. Men esa ulug‘likda tengi yo‘q zotdirman. Qanday qilib unga azob bergum?! Yo‘q, uni jannatga olib boringlar", dedi. Jannatning oldiga yetib kelishganda, jannatning hamma eshiklarini qulflangan holda ko‘rdilar. Bir payt tavhid kalimasi keldi va eshiklarni ochib berdi. U kishi xotirjam jannatga kirdi ("Mavo’iz").


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin