Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə8/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

Yettinchi majlis



RIBO YEYISHNING CHIRKINLIGI
Alloh taolo aytadi:
$ϑyΡ¯)Î(#þθ9ä$%sΝößγΡ¯'r/Îy79Ï≡Œs4§bÄ yϑø9$# ⎯zΒÏß⎯≈sÜ‹ø±¤9$# çµäÜ6¬y‚ñtƒt”¿Ï©!$# ãΠθà)ƒt$yϑZxω”)ÎtβθãΒθ)àƒtωŸ (#4θ/t hÌ9#$tβθ=èà2'ùƒt⎥š ⎪Ï¿!©$#
(!«$# ’n<)Îÿ…νç ãΒø&ruρ #y=n™y$tΒ …&ã#ssù ‘4γyñtΡ$$ùs⎯ϵ/nΧ‘ ⎯ π×sàÏãθöΒt…çνu™h!y` ⎯ϑysù 4#(θ4/tÌh 9#$Πt §ymuρ yş‹ø7t9ø#$ª!#$≅¨ymr&ρu3#(4θt/ hÌ9#$≅ãW÷ΒÏşßø‹7tø9$#
∩⊄∠∈∪ šχρ$à#Î≈iy$κp+Ïù Νöèδ (‘Í$Ζ¨9#$=Ü≈syôo&ry7Íׯ≈s9ρ''éùsyŠ$tã ï∅Βtuρ

"Sudxo‘r kimsalar qiyomat kuni qabrlaridan jin chalgan odam kabi turadilar. Bunga sabab ularning: "Oldi-sotdi ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku?!" degan so‘zlaridir. Holbuki, Alloh oldi- sotdini halol, sudxo‘rlikni esa harom qilgandir. Bas, kimga Parvardigoridan chiroyli nasihat yetgach, (sudxo‘rlikdan) to‘xtasa, uning avval qilgan gunohi o‘zigadir va uning ishi Allohga (topshiriladi). (Ya’ni, Alloh xohlasa, uni afv etur.) Va kimki sudxo‘rlikning haromligini bilganidan keyin yana (sudxo‘rlikka) qaytsa, ana o‘shalar jahannam egalaridir va ular do‘zaxda abadiy qolurlar" (Baqara surasi, 275-oyat).


Zayd ibn Habbob (r.a.) rivoyat qilganlarki: "Men Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) mana bunday deganlarini eshitdim: "Kimki: "Ey Alloh! Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) salovot yubor va ul zotni Qiyomatda O‘zingga yaqin bo‘lgan manzilga qo‘y", desa, o‘sha bandaga shafoatim vojib bo‘ladi" ("Shifo").

Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bunday dedilar: "To‘rt toifa kishini jannatga kirgizmaslik va ne’matlaridan bahramand etmaslikni Alloh taolo va’da qildi. Birinchisi – doim mast qiluvchi ichimliklarni ichib yuruvchi kishilar. Ikkinchisi – sudxo‘r kimsalar. Uchinchisi – yetimlarning haqqini nohaq yeyuvchilar. To‘rtinchisi – ota-onasiga oq bo‘lgan (ularni norizo qilgan) farzandlar" (Hokim rivoyati).

Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilganlar: "Odam bolasining do‘zaxda abadiy qolishiga sabab bo‘luvchi yetti narsadan saqlaninglar. 1. Allohga shirk keltirishdan. 2. Sehrdan. 3. Nohaq odam o‘ldirishdan. 4. Ribo yeyishdan. 5. Yetim molini yeyishdan. 6. Urush maydonidan qochishdan. 7. Pok mo‘mina ayollarni zinokor, deb ayblab so‘kishdan".

Abdulloh ibn Ma’sud (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilib, bunday dedilar: "Ribo yetmish uch xil gunohdir. Uning eng yengili odam o‘z onasi bilan nikohlanishiga tengdir".

Sumra ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ertalab namozdan so‘ng, bizlarga qarab: "Sizlardan birortangiz (bu kecha) tush ko‘rdimi, u tushga Allox xohlaganicha ta’bir aytilajak", dedilar. Sahobalar: "Yo‘q", deb javob berishdi. Shunda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Lekin men bu kecha tush ko‘rdim, tushimda ikki shaxs kelib, meni muqaddas joyga chiqarib qo‘yishdi va yurib-yurib bir anhor oldida to‘xtadik. Anhorning suvi qon edi, unda bir kishi tikka turibdi, sohilda yana bir kishi, uning oldida esa toshlar juda ko‘p. Qachon anhordagi kishi chiqishga harakat qilsa, sohildagi kishi tosh otib, uni ortiga qaytaradi, uning og‘ziga tosh otib, uni qayta o‘z joyiga tushirib yuboraveradi. Shu ish doim to‘xtamasdan takror bo‘lib turibdi", dedilar. Sumra ibn Jundub: "Anhordagi kishi kim?" deb so‘radi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ribo yeyuvchidir (sudxo‘r)," deb javob berdilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Ulamolar oldi-sotdi bilan riboning o‘rtasidagi farqni bayon qilib bunday deyishgan: Masalan, bir kishi o‘n dirhamlik kiyimni yigirma dirhamga oldi. Bu farq o‘zaro muqobil bo‘la oladi. Chunki bunda ikki taraflama rozichilik bor. Kiyim bilan pul bir-biri uchun moliyatda tenglashdi. Hech bir taraf o‘rinsiz biror narsa olgan bo‘lmadi, balki ikki taraf rozilik bilan foyda ko‘rishdi. Ribo esa o‘n dirhamini yigirma dirhamga sotishga o‘xshaydi, chunki bunda o‘n dirham ortiqcha pul beo‘rin olingan hisoblanadi. Kimdir: "O‘rtadagi muhlat-chi, o‘sha o‘rin bo‘ladi", deyishi mumkin. Yo‘q, muhlat berish hech qanday mol emas, biror bir narsa ham emaski, u ortiqcha o‘n dirhamga pullansa. Farq mana shunda ("Hayotul qulub").


Riboning harom qilinishi haqida bir necha fikrlar bor. Avvalo, ribo birovning molini evazsiz, o‘rniga biror narsa bermasdan olishdir. Ikkinchisi, ribo muomalasi insonlarni halol oldi-sotdi bilan shug‘ullanishdan man qilib qo‘yadi. Boisi moli ko‘p odam o‘zini qiyinchilik va mehnatga urmasdan, molining ko‘payishini xohlaydigina emas, balki insofsizlarcha xohlaydi. Bu esa insonlar orasida tijorat manfaatlarining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Uchinchisi, ribo insonlar o‘rtasidagi qarz olish va berish muomalasining yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Ribo agar harom bo‘lsa, insonlar ko‘ngillari to‘q holda bir-birlari bilan pul oldi-berdisini, qarz berish va olishni xotirjam yo‘lga qo‘yadigan bo‘ladilar. To‘rtinchisi, riboning harom ekanini Qur’onning oyatlari ochiq-oydin bayon qilib qo‘ydi. Bu harom qilinishda ko‘pdan-ko‘p hikmatlar bordir ("Hayotul qulub").

Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlar: "Oltinni oltinga, kumushni kumushga, bug‘doyni bug‘doyga, arpani arpaga, xurmoni xurmoga, tuzni tuzga sotmanglar".

Chunki har xil narsalarda ribo bo‘lmaydi, jinslari ham bir xil emas. Aziz birodarim, bilgin!

G‘ofillardan bo‘lma!




Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin