Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə16/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

O‘n uchinchi majlis



OTA-ONAGA YAXSHILIK QILISH FAZILATLARI
Alloh taolo aytadi:
Í‘$pșø:#$ρu’41n ö)à9ø#$“ŒÏ‘Í$șp:ø#$ρuÈ⎦⎫3Å≈|¡ϑy9ø#$uρ 4’ϑy≈ztŠuø9#$uρ 4’n1ö à)ø9$# “‹ÉÎ/uρ $YΖ≈|¡ômÎ) È⎦⎪øt$!Î≡uθ9ø$$/Îuρ ($↔\ø‹©x⎯ϵ/Î(#θäZ¸Î³ôè@ ωŸuρ !©#$(#ρ߉6çãô#$uρ *


⎦t⎪¿Ï!©$#

∩⊂∉∪ #·‘θã‚sù ωZ$ñtiøèΧ βth2Ÿ

⎯tΒ = Ïtä† ωŸ!©$# β¨)Î3öΝ3äΖã≈ϑy÷ƒr& ôMs3n=tΒ $ΒtρuÈ≅‹6Ρ¡9#$È⎦⌠ø#$uρ É=/Ζfyø9$$Î/ É=Ïm$ę¢9$#uρ É=ãΨfàø9$#




∩⊂∠∪ $YΨ‹γÎ•Β $/\#x‹ãtt⎦⎪ ÌÏ ≈x6=ùÏ9 $tΡ‰ôtñôãr&ρu3⎯&ÏÎ#Òôsù ⎯ΒϪ!$# ãΝγß9Ss#u™ !$tΒ χš

θϑßçñò6tƒuρ ≅È‚÷ç7ø9$$/ÎZš



$Ψ¨9$# βtρ âß∆'ùtƒuρ tβθè=y‚7ötƒ

"Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar. Ota-onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qullaringizga yaxshilik qilingiz! Albatta Alloh o‘zlari baxillik qiladigan va o‘zgalarni ham baxillikka chaqiradigan hamda Alloh fazlu karamidan bergan ne’matlarni yashiradigan mutakabbir va maqtanchoq bo‘lgan kimsalarni sevmaydi" (Niso surasi, 36–37-oyatlar).


Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim menga salovot aytsa, unga maloikalar menga aytgan salovotidek salovot aytadi, bas, xohlasa oz aytsin, xohlasa ko‘p" ("Shifoi sharif").

Aytishlaricha, otaning bolasi ustida o‘nta haqqi bordir. Farzand mana shu o‘nta haqni chiroyli ado qilmog‘i lozim:



  1. Ota-onasiga taom berish.

  2. Xizmatlarini qilish.

  3. Chaqirganlarida "labbay" deb javob berish.

  4. Gunoh bo‘lmagan bir ishga buyurganida, itoat etish.

  5. Otasi bilan yumshoq ohista gaplashish.

  6. Unga kiyim olib berish.

  7. Yurganda orqasidan yurish.

  8. O‘ziga ravo ko‘rgan narsalarni otasiga ham ravo ko‘rish.

  9. O‘ziga ravo ko‘rmagan narsalarni otasiga ham ravo ko‘rmasligi.

  10. Duo qilganda otasini ham qo‘shib Allohdan mag‘firat tilash.

Faqihlardan ota-onasi norozi bo‘lib o‘tgan farzand haqida, unda ota-onasini rozi qilish imkoni bormi, deb so‘rashdi "Faqat uch yo‘l bilan bo‘ladi, – dedilar. – 1. Solih bo‘lishi darkor. 2. Ota- onasining yaqin qarindoshlari bilan bordi-keldi qilishi zarur. 3. Ularning haqlariga har kun duo- istig‘for aytishi lozim".

Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Bandaning qalbi to‘g‘ri, mustahkam bo‘lmaguncha, iymoni mustahkam bo‘lmagay, tili mustahkam bo‘lmaguncha, qalbi mustahkam bo‘lmagay. Shuning uchun mo‘min to qo‘shnisi uning ozoridan omonda bo‘lmaguncha jannatga kirmaydi", dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim qo‘shnisini hurmat qilsa, unga jannatga kirish vojib bo‘ladi. Kimda-kim o‘zining qo‘shnisiga ozor bersa, uni Alloh va maloikalar va barcha insonlar la’natlaydi" ("Hayotul qulub").

Hikoya: Umar ibn Xattob uylariga mehmon kelsa, o‘rinlaridan turib, mehmonga xizmat qilardilar. U kishidan: "Siz nima uchun mehmon kelganda o‘zingiz xizmat qilasiz?" deb so‘rashdi. U kishi: "Men Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam): "Maloikalar mehmonlari bor manzilda tik turadilar,


o‘tirmaydilar", degan gaplarini eshitganman. Maloikalar oyoqda tik turishganda men o‘tirishdan hayo qilaman", dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kishi birodarinikiga mehmon bo‘lib borganida o‘zi bilan ming baraka olib kiradi. Shu mehmon hurmatiga mezbon xonadonini Alloh taolo mag‘firat qiladi, agar uy egalarining gunohlari dengiz ko‘piklaridan, daraxt barglaridan ko‘p bo‘lsa ham" ("Kanzul axbor").

Abu Hurayra (r.a.), Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Odam bolasi vafot etganida faqatgina uch tarafdan nomai amoliga savob borib turadi: 1. Sadaqai joriyasidan. 2. Qoldirgan ilmidan. 3. O‘zidan keyin uning haqqiga duo qiluvchi solih farzandidan".

Faqih Abu Lays aytadilar: "Alloh Tavrotda, Injilda va Qur’onda barcha payg‘ambarlarga buyurgan: "Ey bandam! Mening roziligim ota-onangning rizosidadir, g‘azabim ularning g‘azabidadir".

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam): "Amallarning eng afzali nima", deb so‘rashganda, ul zot: "Vaqtida o‘qilgan namoz, so‘ngra ota-onaga yaxshilik qilish va Alloh yo‘lida jihod qilish", deb javob berdilar.

Qur’on oyatlarida uch oyat bir-birlari bilan yonma-yon zikr etilgan. Kimda-kim birini qilib, boshqasini bajarmasa, bajargani qabul bo‘lmagay.

Birinchi oyat: "Namoz o‘qinglar va zakotni beringlar". Demak, kishi namozini o‘qisa-yu, zakotini bermasa, namozi qabul bo‘lmaydi. Buning aksi ham xuddi shunday.

Ikkinchi oyat: "Allohga itoat etinglar va Uning rasuliga itoat etinglar". Demak, kimda kim Allohga itoat etsa-yu, Payg‘ambarning muborak sunnatlarini qilmasa, uning Xudoga qilgan toat-ibodati xush kelmaydi, uning aksi bo‘lsa ham, xuddi shunday.

Uchinchi oyat: Alloh taolo marhamat qilganki: "Menga shukr qil va ota-onangga shukr qil", ya’ni "Meni va ularni rozi qil". Demak, Allohga shukr qilib, ota-onasiga shukr qilmagan odamning Allohga qilgan shukri o‘tmaydi. Zero, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) hadislarida: "Kim o‘z ota- onasini rozi qilsa, Xoliqini rozi qilibdi. Kimki ota-onasining g‘azabini keltirsa, Xoliqining g‘azabini keltiribdi", deganlar ("Tanbehul g‘ofiliyn").

Hikoya: Kunlardan bir kuni Sulaymon (a.s.) yer-osmon o‘rtasida aylanib yurib, bir chuqur dengizga duch kelib qoldilar va dengizda bahaybat to‘lqinni ko‘rdilar. Shunda shamolga to‘xtashni amr qilganlarida shamol to‘xtab, to‘lqin ham to‘xtadi. Sulaymon (a.s.) o‘zlarining qul jinlari bo‘lmish Ifritga dengizning qa’riga sho‘ng‘ishni buyurdilar. U sho‘ng‘ib dengiz qa’riga yetganda, oppoq durdan bo‘lgan qubbani ko‘rdi. Uni Sulaymonning (a.s.) oldilariga olib chiqdi. Sulaymon (a.s.) ajablanib, buning asroridan boxabar qilishni tilab, Allohga duo qildi. Qubba ochildi. Dur qubba ichida bir yigit sajda holida turardi. Sulaymon (a.s.) yigitga: "Sen farishtamisan, jinlardanmisan yoki insonmisan?" dedilar. Yigit: "Insonman", deb javob berdi. Sulaymon (a.s.) yigitga: "Nima sabab bo‘lib sen bunday ulug‘ karomatga erishding?" dedilar. Yigit: "Mening onam bir notavon kampir edi, uni men orqamga opchib yurardim. Onam haqqimga duo qilib: "Ey Parvardigor! O‘g‘limni qanoatli qil va vafotimdan keyin uning o‘rnini bir joy qilginki (u joy) na osmonu na yerda bo‘lsin", derdi. Onam o‘lganlaridan so‘ng shu dengiz sohilida aylanib yurganimda, dengizda bir Qubbani ko‘rdim. Unga yaqinlashganimda ochildi, unga kirdim. Shundan keyin Allohning izni ila bekilib qoldi. O‘sha kundan beri qubbadaman. Bilmaymanki, yerdamanmi yoki osmonda". Sulaymon (a.s.): "Senga Alloh rizqingni qanday yetkazadi", dedilar. Yigit: "Och qolsam, Alloh Qubba ichida bir daraxt o‘stirib, undan mevalar paydo qiladi. Chanqasam, Qubbadan bir buloq paydo bo‘ladiki, uning suvi sutdan oq, asaldan shirin", dedi. Sulaymon (a.s.): "Kunning kech bo‘lganini qaerdan bilasan?" dedilar. Yigit: "Tong otganda Qubba oppoq tusga kiradi, shunda men kunduz bo‘lganini bilaman. Quyosh botib qorong‘u tushsa, Qubba qorayadi, bilamanki kech bo‘libdi". So‘ng yigit duo qildi. Allohning izni bilan Qubbaning eshigi yopildi va avvalgi holiga keldi ("Majmatul latoif").

Hikoya: Muso (a.s.) duo qilib: "Ey Alloh! Menga jannatda men bilan birga bo‘ladigan do‘stimni ko‘rsat", deb iltijo qildilar. Allohdan vahiy kelib: "Falon shaharning falon bozoriga bor. U yerda bir


qassob bor, uning ko‘rinishi shundoq, u jannatda doim sen bilan birga bo‘ladi", dedi. Muso (a.s.) borib, mazkur do‘konni topdilar, kun botguncha qassobni kuzatdilar. Kun botgach, qassob bir parcha go‘shtni savatiga solib do‘konidan chiqdi. Muso (a.s.) uning oldidan chiqib, uyingda bir kecha mehmon bo‘lsam maylimi, dedilar. Qassob rozi bo‘ldi va uyiga olib bordi. Qassob haligi go‘shtdan mazali sho‘rva tayyorladi, so‘ngra kaptar bolasi kabi bir zaifa kampirni savatda ko‘tarib keldi-da, chiqardi. Taomni kampirning og‘ziga solib, qornini to‘yg‘azdi. Keyin kiyimlarini yuvdi, toza kiyim kiydirib, yana savatga qo‘ydi. Shu lahzalarda Muso (a.s.) kampirning labi qimirlayotganini ko‘rib qoldilar. Muso (a.s.) quloq tutdilar. Kampir pichirlab: "Ey Parvardigor! O‘g‘limni jannatda Muso bilan birga qil", deb duo qilardi. Qassob savatni bir qoziqqa ilib qo‘ydi. Muso (a.s.): "Nima uchun bunday qilding?" dedilar. Qassob: "Bu ayol onam, qarib kuchlari ketib, hatto o‘tira olmaydigan bo‘lib qolganlar", dedi. Shunda Muso (a.s.): "Ey birodar! Senga xushxabar bor. Men Muso payg‘ambarman, sen esa mening jannatdagi qo‘shnimsan", dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Sadaqada besh xislat bor:



  1. Mol-mulkka baraka kirib ziyoda bo‘lishi.

  2. Kasalning davosi.

  3. Baloning ko‘tarilishi.

  4. Sirotdan chaqmoqdek o‘tish.

  5. Jannatga hisob-kitobsiz kirish".

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Afzal amallar quyidagilardir: besh vaqt namozni vaqtida o‘qish va chiroyli axloqli, tavoze’li bo‘lish" ("Daqoyiqul axbor").


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin