Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə17/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

O‘n to‘rtinchi majlis



ALLOH VA UNING RASULIGA BO‘LGAN MUHABBATNING FAZILATLARI
Alloh taolo aytadi:
z⎯Ý¡ymρu4⎦t⎫ÅsÎ=≈¢ę9$#uρ Ï™!#y‰pκ’¶9$#ρu⎦t⎫)Ƀdωę_Å9$#ρu⎯z↵hÍŠÎ;¨Ψ9$# ⎯zΒiÏΝκÍö+n=ãtª!$# ΝzèyΡ÷&r⎦t⎪¿Ï!©#$yşΒty7×Í≈¯9sρ''ésù tΑθ™ß §9$#uρ ©!#$şÆÜσã⎯Βtuρ
∩∉®∪ $)ZŠÏùu‘ 7y×Í≈¯9s'ρé&

"Kimda kim Alloh va Rasulga itoat qilsa, ana o‘shalar Allohning in’omlariga sazovor bo‘lgan zotlar – payg‘ambarlar, haq-rost iymon egalari, shahidlar va faqat yaxshi amallar bilan o‘tgan kishilar birga bo‘lurlar. Ular esa, eng yaxshi hamrohdurlar" (Niso surasi, 69-oyat)


Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilindi. Ul zot aytdilar: "Kimda kim menga uyqudan uyg‘onganda va uyquga ketayotganda o‘n marta salovot aytsa, Alloh u bandani qiyomat kunidagi katta qo‘rqinchdan omon qiladi, u banda jannatda payg‘ambarlar va siddiqlar bilan birga bo‘ladi" ("Zubdatul vo’iziyn").

Yuqorigidagi oyatda ham "Ular jannatda payg‘ambarlar va siddiqlar bilan birga bo‘ladilar", deyildi.

Bu oyat Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) ozod qilgan qullari Savbon (r.a.) haqida nozil bo‘lgan. U zotning Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi vasallam) muhabbatlari qattiq bo‘lib, firoqlariga sabr qilolmasdilar. Bir kuni Hazrati Savbon Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga yuzlari qizargan va jismlari titragan holda kirib keldilar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) undagi bu holni ko‘rib, sababini so‘radilar. Savbon (r.a.): "Men kasal emasman, lekin sizni ko‘rmay qolganim uchun, qattiq vahshatga tushdim. Shu asnoda oxirat esimga tushib qoldi. Shubhasizki, siz jannatda payg‘ambarlar bilan birga bo‘lasiz. Men agar jannatga kirsam ham, siz bilan birga bo‘lolmayman. Chunki mening manzilim sizning manzilingizdan ancha pastda bo‘ladi. Men jannatga kirolmasam, unda sizni abadiy ko‘ra olmayman. Oxiratda holim qanday bo‘lishini o‘ylab, jismim titramoqda", dedilar. Shunda yuqoridagi oyat nozil bo‘ldi.

Ummul-mo‘minin Hazrati Oyishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Kim Allohni yaxshi ko‘rsa, Uni ko‘p zikr qiladi. Bu zikrning samari esa, Alloh uni rahmati bilan eslashi, payg‘ambarlari va avliyolari bilan birga jannatga kirgizishi va unga jamolini ko‘rsatishidir. Kimda-kim Payg‘ambarimizni (sollallohu alayhi vasallam) yaxshi ko‘rsa, u zotga ko‘p salovot aytadi. Salovotining samarasi ul zotning shafoatlariga erishishi va jannatda birga bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishidir".

Kim Payg‘ambarimizni (sollallohu alayhi vasallam) tushida ko‘rishni xohlasa, ul zotga ko‘proq salovot aytsin va ul zotni chin dildan yaxshi ko‘rsin. Bu muhabbatning alomati Rasuli akramning (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlariga ergashishdir ("Jomi’us sag‘ir").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga Quzoa’ qabilasidan bir kishi kelib: "Yo Rasulalloh! Agar men Allohning yakkayu yolg‘izligiga va sizning payg‘ambarligingizga guvohlik bersam, besh vaqt namozni o‘qisam, bir oy ro‘za (ya’ni, Ramazon ro‘zasini) tutsam va zakot bersam, ayting-chi, men kimlar bilan birga bo‘laman?" deb so‘radi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Kim shu holatda vafot etsa, u qiyomat kuni payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘ladi", dedilar va barmoqlarini bir-biriga jips qilib ko‘rsatdilar. So‘ng qo‘shib qo‘ydilar: "Modomiki ota-onasiga oq bo‘lmasa". Chunki ota-onasini norizo qilganlar Allohning rahmatidan uzoq kishilar hisoblanadilar ("Mishkotul anvar").

Ummul mo‘minin Hazrati Oyishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Alloh taolo mo‘minlarni jannatga kirgizishni xohlasa, bir farishtani qo‘lida hadyasi va kiyimlar bilan ularning oldilariga jo‘natadi. Mo‘minlar jannatga kirayotganlarida haligi farishta: "To‘xtab turinglar, men Allohdan sizlarga hadya-
sovg‘alar olib kelyapman", deydi. Mo‘minlar: "U nima hadya?" deb so‘raydilar. Farishta: "O‘nta uzuk, birinchisiga: "Sizlarga salomatlik bo‘lsin, jannatga abadiy qolish uchun kiringlar!" degan so‘z yozilgan. Ikkinchisiga: "Jannatga tinch holda kiringlar!" deb, uchinchisiga: "Sizlardan g‘am-g‘ussa va xafachiliklarni ketkazdim", deb, to‘rtinchisiga: "Sizlarga jannat kiyimlaridan kiydirurmiz", deb, beshinchisiga: "Sizlarni huru ‘iynlarga uylantirurmiz", deb, oltinchisiga: "Bugungi kunda men sizlarning sabringizga najot topishingizni mukofot qilmoqdaman", deb, yettinchisiga: "Sizlar yigitga aylanasiz va abadiy qarimaysiz", deb, sakkizinchisiga: "Sizlar abadiy xavf-xatarsiz tinchlikka erishdingiz", deb, to‘qqizinchisiga: "Sizlarning rafiqlaringiz payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlardir", deb, o‘ninchisiga: "Sizlar endi Allohning qo‘shnisiga aylandingiz", deb yozilgan", deydi. Ular ham jannatga kirayotib: "Bizdan g‘am-anduhlarni ketkazgan Allohga hamdu sano bo‘lsin. Rabbimiz shukr qiluvchilarning shukrini qabul qiluvchi va mag‘firat egasi bo‘lgan zotdir", deydilar" ("Safiynatul abror").

Ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Kimda kim mening sunnatimni ummatlarim fisqu fasodga ketgan chog‘da mahkam tutsa, unga yuzta shahidning ajri beriladi" ("Tariqatul Muhammadiyya").

Zayd ibn Talha otasidan, otasi otasidan, u kishi Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Albatta din g‘arib bo‘lib boshlangan va tezda g‘ariblikka qaytadi. Bas, mendan keyingilar buzgan sunnatlarimni isloh qiluvchi g‘ariblarga jannat bo‘lsin".

Hazrati Muqotil aytadilar: "Hayvonlardan o‘ntasi jannatga kiradi. 1. Ibrohimning (a.s.) buzog‘i. 2. Ismoilning (a.s.) qo‘chqori. 3. Solihning (a.s.) tosh orasidan chiqqan tuyasi. 4. Yunusning (a.s.) balig‘i.



  1. Musoning (a.s.) sigiri. 6. Uzayrning (a.s) eshagi. 7. Sulaymonning (a.s.) chumolisi. 8. Malika Bilqisning hudhudi. 9. Ashobi Kahfning iti. 10. Hazrati Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) buroqlari. Bu hayvonlarning hammalari qiyomat kuni qo‘chqor suratida bo‘ladilar. So‘ngra insonlar bilan bo‘ladigan hisob-kitob boshlanadi. U Kunning qo‘rqinchini, shiddatini ko‘rgan har bir muqarrab farishta, payg‘ambarlar va shahidlar ham najot topishlariga gumon qilib qoladilar" ("Mishkotul anvor").

Bilingki, kishining amali uch xil bo‘ladi.

    1. Qalbi qilgan amal. U tasdiqdan iborat bo‘lib, ko‘rilmaydi ham, eshitilmaydi ham, balki seziladi, xolos.

    2. Tili qilgan amal. U faqat eshitiladi.

    3. A’zolari qilgan amal. U ko‘riladi.

Demak, banda yuqoridagi uch turli a’zolari bilan biror bir solih amal qilsa, Alloh uning qulog‘i uchun biror bir quloq eshitmagan va ko‘zi uchun biror ko‘z ko‘rmagan va qalbi uchun biror bir jonzotning qalbiga xotir bo‘lmagan mukofotni beradi. Shunday ekan, toatlarda bardavom bo‘lishimiz lozim. Zero, Alloh yaxshiliklarning ajrini nuqson qilmaydi, aksincha, ziyoda qilib beradi.

Hotam Zohid aytganlarki: "Kimda kim Mavlosini yaxshi ko‘rishni taqvosiz da’vo qilsa, u yolg‘onchidir. Kimki jannatga kirish da’vosini xayru sadoqatsiz da’vo qilsa, u odam ham yolg‘onchidir. Kimda kim Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) muhabbatini ul zotning sunnatlariga ergashmasdan da’vo qilsa, uning da’vosi ham yolg‘ondir. Kimki bechora, faqir va miskinlar bilan birga muomala va suhbat qilishni yomon ko‘rib, ulardan jirkansayu, jannatdagi darajotlarni umid qilsa, uning ham da’vosi yolg‘ondir.

Rivoyat: Sa’dun al-Majnun qo‘lining kaftiga "Alloh" deb yozib olganini Sirriy Saqatiy ko‘rib qoldilar. "Qo‘lingga Alloh nomini nega yozding?" deb savol qildilar. Sa’dun al-Majnun: "Men Allohni juda ham yaxshi ko‘raman. Men Rabbimning ismini qalbimga yozdim, hatto qalbimda undan boshqasiga o‘rin yo‘q. Tilimga ham yozganman, Rabbimning ismidan boshqa ismni tilga olmayman. Endi esa uni kaftimga yozib oldim. Boisi Rabbimning ismini ko‘zim ham ko‘rib tursin. Endi ko‘zim boshqa bir ishga mashg‘ul bo‘lmas", dedilar.
Hikoya: Samnun (r.a.) umrining oxirlarida uylandilar va bir qiz farzand ko‘rdilar. Qizchalari uch yoshga to‘lganida, qalblariga otalik mehri paydo bo‘lib, jo‘sh urdi. Bir kuni shunday bir tush ko‘rdilar. Tushlarida go‘yoki qiyomat qoim bo‘libdi. Har bir payg‘ambar va valiylarning bayroqlari tikilgan. Shu bayroqlarning ortida nuri ufqni to‘sgan, juda ham baland bir bayroqni ko‘rdilar. Bu bayroq haqida so‘ragan edilar: "Bu bayroq Allohga xolis bo‘lgan kishilarning bayrog‘idir", deyildi. Shunda Samnun ham o‘zlarini payg‘ambar va valiylarning orasida ko‘rdilar. Bir ozdan so‘ng farishtalardan biri kelib, Samnunni ularning orasidan olib chiqib tashladi. Shunda Samnun bu farishtaga: "Men Allohni xolis yaxshi ko‘ruvchilardanman, nimaga meni bu yerdan olib chiqib tashlayapsan?" dedilar. Shunda farishta: "To‘g‘ri, sen xolislardan eding, biroq sendagi muhabbat bolangga tushgandan so‘ng, ismingni xolislar qatoridan o‘chirdik", dedi. Shunda Samnun tavba-tazarrular qildi va: "Ey Rabbim! Agarda bolam xolis muhabbatimga mone’ bo‘lsa, undan voz kechdim. Toki men Sening lutfi-karaming bilan o‘zingga xolis muhabbatli bandalaringdan bo‘lay", deya yig‘ladi. Shundan so‘ng uyqudan uyg‘onishi bilan dod-voy tovushini eshitdi. "Bu nima qichqiriq?!" deb so‘ragan edi, aytishdiki: "Qizing devordan yiqilib o‘ldi". Samnun: "Mendan mone’ni ketkazgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin", dedi ("Mukoshafatul anvor").

Zunnun Misriydan rivoyat qilinadi. U zot havoda chordana qurib o‘tirgan bir odamni ko‘rib qoldilar. Bu odam to‘xtamay faqat: "Alloh", der edi. Zunnun Misriy: "Sen kimsan?" deb so‘radilar. Odam: "Men Allohning bandalaridan biriman", dedi. "Bu karomatga qanday qilib erishding?" degan edilar, u odam: "Havoi-nafsimni Allohga bo‘lgan muhabbatim uchungina tark etdim, shuning uchun Alloh taolo meni havoga o‘tirg‘izib qo‘ydi", deb javob qildi.

Samnun o‘z qavmi o‘rtasida Rabbiga muhabbatli kishi sifatida mashhur bo‘lgan edilar. U kishini avom insonlar "Samnun al-Majnun" (Samnun jinni) deb, olimlar esa "Samnun al-muhib" (muhabbatli Samnun) deb atashardi. O‘zi esa o‘zini "Samnun al-kazzob" (yolg‘onchi Samnun) deb atardilar. Bir kuni u masjiddagi minbarga chiqib, insonlarga va’z-nasihat qilganlarida, insonlar u kishining so‘zlariga iltifot qilishmadi. Shunda insonlardan nazarini olib, masjiddagi qandillarga qaratdilarda: "Ey qandillar! Samnundan ajoyib gaplarni tinglanglar", dedilar. Tuyqus qandillar zanjirlaridan uzildi va yerga tushib parcha-parcha bo‘ldi. Bu holni ko‘rganlar hayratda qolishdi.

Alloh va Rasuliga itoat qilish payg‘ambarlar, solihlar va avliyolar bilan qiyomatda va jannatda birga bo‘lishga sabab bo‘lar ekan. Ibn Ma’sud (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilganlar: "Bir kishi Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga kelib: "Ey Rasululloh! Bir kishi bir qavmni yaxshi ko‘rsa, u ular bilan birga bo‘ladimi?" deb so‘ragan edi, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Inson o‘zi yaxshi ko‘rgan kishisi bilan birgadir", deb javob berdilar. Kimki Allohni yaxshi ko‘rsa, Uni ko‘p zikr qiladi. Zikrning foydasi Alloh uni rahmat va mag‘firatiga olish, payg‘ambarlar va solih kishilar bilan jannatga kirgizish va unga oxiratda O‘z jamolini ko‘rsatish bilan ikrom qilishidir ("Masobih").

Said al-Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) quyidagilarni rivoyat qilganlar: "Agar bir qavm majlis qurib o‘tirsalaru menga salovot aytmasalar, (oxiratda) ularga ziyon, xasrat bordir. Ular jannatga kirsalar ham, baribir majlislaridagi o‘sha xatolari sabab savob topmaydilar" ("Shifoi sharif").

Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) ko‘p-ko‘p salovot aytgan kishi, albatta, oxiratda u zotning shafoatlariga noil bo‘lur va jannatda ul zot bilan hamsuhbat bo‘lur.




Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin