Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə19/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

O‘n oltinchi majlis



NABIYNING (sollallohu alayhi vasallam) VAFOTLARI HAQIDA
Alloh taolo aytadi:
$ΨYƒÏŠ Νz≈=nó™}M$# Νã3ä9sàMŠÊÅ‘uuρ ©Ézϑy÷èÏΡ Νö3äø‹n=ætàMôϑoÿøCr&ρuΝö3äΨoƒÏŠ öΝä3s9 àM=ùϑyZø&rtΠöθu‹ø9$#

"Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matimni benuqson to‘kis qilib berdim va sizlar uchun (faqat) Islomni din qilib tanladim" (Moida surasi, 3-oyatdan).

Rivoyat qilinishicha, ushbu oyati karima nozil qilinganida Umar (r.a.) yig‘laganlar. U zotga: "Ey Umar! Nega yig‘layapsiz?" deyishdi, Hazrati Umar (r.a.) aytdilar: "Meni yig‘latgan narsa, biz dinimizning ziyoda bo‘lishini xohlagan edik, mana din komil bo‘ldi. Kamol nuqsonga dalolatdir". Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "To‘g‘ri aytdingiz", dedilar (Abu Su’ud rivoyati).



Rivoyat qilindiki, bu oyat juma kunining asridan keyin Arafotda Hajjatul vado’da nozil bo‘lgan. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) tuya ustida Arafot tog‘ida edilar, bu oyatdan keyin faroizlardan biror narsa ham nozil bo‘lmadi. Bu oyat nozil bo‘lganda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uning ma’nolarini ko‘tara olmay, tuyalariga suyandilar, shunda tuya ham cho‘kib qoldi. Jabroil (a.s.) kelib aytdilar: "Bugun sizlarning dinlaringiz ishi to‘liq bo‘ldi, sizga Rabbingiz buyurgan va qaytargan narsalar tamom bo‘ldi. Sahobalaringizni jamlab, ularga xabar bering, bu kundan keyin men sizlarga nozil bo‘lmayman". Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Makkadan qaytdilar va Madinaga kelib, sahobalarini jamlab, ularga bu oyatni o‘qib, Jabroil (a.s.) aytgan narsalarning xabarini berdilar. Shunda sahobalar bizning dinimiz to‘liq bo‘ldi deb xursand bo‘lishdi. Faqat Abu Bakr (r.a.) g‘amgin bo‘lib, uylariga keldilar va eshikni qulflab, yig‘lay boshladilar. Buni eshitgan sahobalar yig‘ilib, Abu Bakrning hovlilariga kelib aytishdi: "Ey Abu Bakr! Xursandchilik va shodlik paytida nega yig‘laysiz? Alloh bizning dinimizni to‘liq qilgan bo‘lsa". Abu Bakr (r.a.) aytdilar: "Sizlar qanday musibatlar bilan musibatlanganingizni bilmaysizlar. Eshitmaganmisizlar, bir ish to‘liq bo‘ldi, deganda uning noqisligi boshlanadi, bu oyat bizning ajralishimizga, Hasan va Husaynni yetim qolishlariga va Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) zavjalari beva qolishlariga dalolat qiladi", dedilar. Shu payt sahobalar orasida qattiq qichqiriq paydo bo‘ldi, hammalari yig‘lay boshlashdi. Abu Bakrning hujralaridan yig‘i ovozini eshitganlar esa, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga kelib: "Yo Rasulalloh! Biz nima bo‘lganidan bexabarmiz, lekin biz Abu Bakr hujralaridan yig‘i-sig‘i, dod-faryodlarni eshitdik", deyishdi. Rasulullohning muborak ranglari o‘zgarib, tezda sahobalar oldiga keldilar va ularni o‘sha holda ko‘rdilar. Va aytdilar: "Sizlarni nima yig‘latyapti?" Ali (r.a.) aytdilar: "Abu Bakr: "Bu oyatdan men Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) vafot bo‘lishlarini bildim", deb aytyapti. Rostdan ham bu oyat sizning vafotingizga dalolat qiladimi?" Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: "Abu Bakr to‘g‘ri aytibdi. Haqiqatan, mening sizlarning orangizdan ketar paytim, ajralishim vaqti bo‘ldi", dedilar. Bu voqea Abu Bakrning (r.a.) sahobalar orasida eng bilimdoni ekanliklarini ko‘rsatadi. Abu Bakr (r.a.) bu gapni eshitganlaridan keyin qattiq qichqirdilar va hushdan ketdilar. Hazrati Ali (r.a.) titrab qoldilar. Sahobalarning barchasi qaltirab, qo‘rqib, qattiq yig‘ladilar. Hatto tog‘lar, toshlar, osmondagi farishtalar, qurt-qumursqalar, quruqlik va dengizdagi hayvonotlar ham yig‘ladilar. So‘ngra Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) sahobalarning har birlari bilan quchoqlashib xayrlashdilar va yig‘lab, ularga vasiyat qildilar. Bu oyatdan keyin Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) sakson bir kun yashadilar.

Yana aytishlaricha, Alloh taoloning: "(Ey Muhammad) sizdan na ota, na bolasi bo‘lmagan odam to‘g‘risida fatvo so‘raydilar" (Niso surasi, 176-oyat), degan meros haqidagi oyati nozil bo‘lgandan keyin ellik kun, "Darhaqiqat, sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lgan elchi keldi..." (Tavba surasi, 168-


oyat) oyati nozil bo‘lgandan keyin o‘ttiz besh kun va: "Barchangiz Allohga qaytadigan kundan qo‘rqingiz..." (Baqara surasi, 281-oyat) oyati nozil bo‘lgandan keyin yigirma bir kun yashaganlar. Yuqoridagi oyat nozil bo‘lgandan keyin bir kun minbarga ko‘tarilib, unda ko‘zlar yig‘laydigan, qalblar yumshaydigan, badanlar titraydigan bir xutba o‘qidilar. Jannatni bashorat qilib, do‘zaxdan qo‘rqitdilar. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) vafotlari yaqinlashganda Bilolga (r.a.) azon aytib, insonlarni namozga jamlashni buyurdilar. U kishi nido qildilar. Muhojiru ansorlar Rasulullohning masjidlariga yig‘ilishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ular bilan birga yengilgina ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng minbarga ko‘tarildilar. Allohga hamdu sanolar aytib, juda ham chiroyli bir xutba o‘qidilar, bu xutbadan qalblar yumshab, titradi, ko‘zlar yig‘ladi. Keyin aytdilar: "Ey musulmonlar jamoati! Men sizlarga Allohning izni ila Allohga chaqiruvchi, nasihatgo‘y payg‘ambar bo‘ldim. Va men sizlarga mushfiq birodar, rahmdil ota singari bo‘ldim. Ammo kimki mendan zulm ko‘rgan bo‘lsa, kelsin, qasosini olsin. Haqqi Qiyomat kuniga qolmasin". Bu so‘zdan keyin hech kim u kishidan qasos olish uchun turmadi. Shunda u zot bu so‘zlarini ikkinchi, uchinchi bora qaytardilar. Shu payt Ukosha ibn Muhsin degan bir kishi turib, Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga keldi va: "Otam va onam sizga fido bo‘lsin, ey Rasululloh! Agar siz bizga bir necha marta nido qilmaganingizda, men bunga jur’at eta olmasdim. Siz bilan Badr g‘azotida edim, mening tuyam sizning tuyangiz oldida bo‘lib qoldi, shunda men tuyamdan tushib sizning oldingizga yaqinlashdim, niyatim jangdan oldin sizning muborak oyoqlaringizni o‘pish edi. Siz o‘sha payt tuyani nuqtaydigan qamchiningizni ko‘tarib, belimga urdingiz. Men haligacha bilmayman, siz bu ishni qasddan qildingizmi yoki tuyani uray deganmidingiz?" Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Allohning rasuli hech qachon bilib turib bunday qilmaydi". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Bilolga (r.a.) buyurdilar: "Ey Bilol! Fotimaning hovlisiga borib, mening qamchinimni keltir!" Bilol (r.a.) masjiddan chiqib, Fotimaning (r.a.) eshiklarini qoqdilar. Fotima (r.a.) ichkaridan: "Kim u?" deb so‘radilar. Hazrati Bilol (r.a.): "Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) qamchilarini olib ketish uchun keldim", dedilar. "Ey Bilol! Otam qamchinni nima qilar ekanlar", deb so‘radilar keyin. Hazrati Bilol (r.a.) aytdilarki: "Otangiz o‘z nafslaridan qasos beryaptilar". Shunda Fotima (r.a.) aytdilar: "Bilol! Allohning rasulidan qasos olaman deb ko‘ngli xotirjam bo‘lgan kishi kim?!" Hazrati Bilol (r.a.) javob bermay qamchini oldilar-da, masjidga kirdilar. Qamchini Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) berdilar. Rasululloh esa uni Hazrati Ukoshaga tutqazdilar. Buni ko‘rgan Hazrati Abu Bakr va Hazrati Umarlar (r.a.) turib aytdilar: "Hey, Ukosha! Biz sening oldingda turibmiz, bizlardan qasos olaver, Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) ham qasos olasanmi?" Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularga: "O‘tiringlar! Alloh sizlarning darajangizni yaxshi biladi", dedilar. Shunda Ali (r.a.) turib: "Ey Ukosha! Bu belim, mana, qornim, xohlasang, mendan qasos ol, meni savala", dedilar. Rasululloh esa: "Ey Ali! Alloh sening ham darajangni va niyatingni biladi", deb aytdilar. Shunda Hasan va Husanlar (r.a.) ham chidolmay: "Ey Ukosha! Siz bizning Rasululloh nabiralari ekanimizni yaxshi bilasiz, bizdan qasos olsangiz, Rasulullohdan qasos olgan bo‘lasiz-ku?!" deyishdi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) ularga qarab: "Ey ko‘zimning quvonchlari, o‘tiringlar", dedilar. Va Ukoshaga qarab: "Urishni xohlasang, ur ey, Ukosha!" deb aytdilar. "Ey Allohning rasuli! Siz meni urayotgan paytingizda men kiyimsiz edim", deb aytdilar. Rasululloh kiyimlarini yechdilar. Shu payt musulmonlar qattiq yig‘i bilan qichqirib yuborishdi. Hazrati Ukosha (r.a.) u zoti sharifning jismlarini oqligiga qarab, tiz cho‘kdilar-da, Rasulullohning orqalarini o‘pib aytdilar: "Ey Allohning rasuli! Jonim sizga fido bo‘lsin. Axir, Allohning elchisidan qasos olib, kimning ko‘ngli orom topadi? Bu ishni men, mening jismim sizning muborak jismingizga tegib, Alloh sizning hurmatingizdan meni do‘zax o‘tidan xalos qilarmikan, degan umidda qildim", dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki jannat ahliga qaramoqlikni istasa, bu odamga qarasin", dedilar. Masjiddagilar o‘rinlaridan turib, Hazrati Ukoshaning peshonalaridan o‘pib: "Xushxabar muborak, sen oliy darajalarga erishding. Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) jannatda qo‘shni
bo‘lding", deyishdi. Allohim jaloling va izzating haqqi bizga ham u zoti sharifning shafoatlarini nasib etgin ("Mav’izatul hasana").

Ibn Ma’sud (r.a.) aytdilar: "Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) vafotlari yaqinlashganda, bizni mo‘minlar onasi Hazrati Oyishaning (r.a.) hujralariga jamladilar, so‘ngra bizga nazar soldilar. Muborak ko‘zlaridan yoshlar oqdi va aytdilarki: "Xush kelibsizlar. Alloh sizlarga rahm qilsin, sizlarga Allohdan qo‘rqishni va Unga itoat etishni vasiyat qilaman. Ajralish vaqti ham yaqinlashdi. Allohga va jannati ma’voga qaytish vaqti ham bo‘ldi. Meni Ali yuvsin, suvni Fazl ibn Abbos quysin, Usoma ibn Zayd esa ikkovlariga yordamlashib tursin. Meni xohlasangiz, o‘z kiyimimga kafanlanglar. Xohlasangiz, yamaniy oq kiyimga kafanlanglar. Meni yuvib bo‘lib, yotog‘imga qo‘yingiz, so‘ngra mening oldimdan bir soat chiqib turingiz. Menga birinchi bo‘lib janoza o‘qiydigan zot Alloh azza va jalladir, so‘ng Jabroil (a.s.), Mikoil (a.s.), Isrofil (a.s.), so‘ngra O‘lim farishtasi askarlari bilan menga janoza o‘qishadi. Keyin boshqa farishtalar, so‘ngra sizlar mening oldimga guruh-guruh bo‘lib kiringiz va menga janoza namozi o‘qingiz".

Sahobalar Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) firoqlarini eshitib, yig‘lab yuborishdi va aytishdi: "Ey Allohning elchisi! Siz bizning Rasulimiz, jamoatimizni jamlaguvchisi, ishlarimizning sultonisiz, siz bizdan ketib qolsangiz, kimga murajaat qilamiz?" Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Sizlarni to‘g‘ri va yorug‘ yo‘l ustida qoldiryapman, sizlarga ikkita narsa – biri gapiradigan Qur’on, biri gapirmaydigan o‘lim. Biror ish mushkul bo‘lsa, Qur’on va sunnatga qaytingiz. Agarda sizlarning qalblaringiz qotib qolgan bo‘lsa, uni o‘limdan ibrat olish bilan yumshatinglar". Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) safar oyining oxirida o‘n sakkiz kun kasal bo‘ldilar. Insonlar esa u kishini ko‘rgani kelar edilar, u zotning o‘lim kasalliklarining boshlanishi, u kishida paydo bo‘lgan bosh og‘rig‘i edi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) dushanba kuni payg‘ambar qilib yuborilgan edilar, shu kunda vafot etdilar. Dushanba kuni bo‘lganda u kishining kasalliklari og‘irlashdi. Hazrati Bilol (r.a.) bomdod namoziga azon aytdilar va Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) eshiklari oldida turdilar. So‘ng: "Assalomu alaykum, ey Allohning elchisi!" dedilar.

Hazrati Fotima (r.a) aytdilarki: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o‘zlari bilan ovoralar". Ichkaridan Hazrati Bilol (r.a.) Fotimaning gaplarini tushunmay, masjidga qaytib kirdilar. Tong yorishganda Hazrati Bilol ikkinchi marta eshik oldiga keldilar va Rasulullohga salom berdilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) salomni eshitib aytdilarki: "Ey Bilol! Kiring, men o‘zim bilan ovoraman, menga kasalim og‘ir keldi. Ey Bilol! Abu Bakrga buyuring, insonlarga namozni o‘qib bersin!" Hazrati Bilol (r.a.) yig‘lagan holda chiqib ketdilar va masjidga kirib: "Ey Abu Bakr! Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o‘zlari bilan ovoralar, sizga namoz o‘qib berishni buyurdilar", dedilar. Abu Bakr Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) mehroblari bo‘shligini ko‘rib, nafslarini ushlab turolmay, qichqirib yubordilar va hushlaridan ketib yiqildilar. Boshqa sahobalar ham yig‘lab yuborishdi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) ularning faryodlarini eshitib: "Ey Fotima! Bu nima qichqiriq?" deb so‘radilar. Hazrati Fotima (r.a.): "Musulmonlar siz ularni tark etayotganingizdan dod- faryod qilishyapti", dedilar. Shunda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Hazrati Ali va Fazl ibn Abboslarni (r.a.) chaqirtirdilar va ularga suyanib masjidga chiqdilar. Musulmonlar bilan bomdodning ikki rak’atini o‘qidilar, so‘ngra odamlarga qarab aytdilarki: "Ey jamoatul muslimin! Sizlar Allohning omonatida va rahmatidasizlar. Allohdan qo‘rqishni va Unga toat-ibodat qilishni o‘zingizga lozim tutingiz. Men bu dunyodan ajralguvchiman, bu oxiratdan birinchi va bu dunyodan oxirgi kunimdir", dedilar, keyin turib uylariga ketdilar.



Alloh taolo o‘lim farishtasiga vahiy qildiki: "Habibim oldiga eng chiroyli suratda tushgin va ruhini qabz qilishda muloyim bo‘lgin. Agar izn bersa, kir, izn bermasa, kirmay qayt". O‘lim farishtasi bir a’robiy suratida tushdi va: "Assalomu alaykum, ey nubuvvat uyining ahli, risolat bulog‘i", dedi. Fotima (r.a.) unga javob berib aytdilar: "Ey Allohning bandasi! Rasululloh o‘zlari bilan ovoralar!" O‘lim farishtasi ikkinchi bor nido qilib: "Assalomu alaykum, ey Allohning elchisi va nubuvvat uyining ahli! Kiraymi?" dedi. Rasululloh bu ovozni eshitib aytdilar: "Ey Fotima! Kim eshik oldida?" Hazrati Fotima
(r.a.): "Bir a’robiy kishi sizni chaqiryapti. Rasululloh o‘zlari bilan ovvoralar, desam ham chaqirdi. Yana avvalgidek javob bersam, menga bir qarash qildiki, etim titrab, ko‘nglimga qo‘rquv tushdi. A’zoi badanim qaltiradi. Kim bu notanish kishi?" dedilar. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "U lazzatlarni kesuvchi, shahvatlarni sindiruvchi, jamoatlarni tarqatuvchi, hovlilarni xarobaga aylantiruvchi va qabrlarni ta’mirlovchidir". Fotima (r.a.) qattiq yig‘ladilar va aytdilar: "Ey voh! Nahot anbiyolarning oxirgisining o‘limi bo‘lsa. Voh, musibat. Nahot taqvodorlarning yaxshirog‘ining o‘limi bo‘lsa. Pok kishilarning eng ulug‘i oramizdan ketadi. Osmondan vahiyning to‘xtashi, bugundan men sizning muborak kalomingizdan mahrum bo‘ldim. Bu kundan keyin men sizning salomingizni eshita olmayman". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Qo‘y, yig‘lama qizim! Sen menga yetishadiganlarning avvalidirsan", dedilar. So‘ng Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kiring, ey Malakul mavt", dedilar. O‘lim farishtasi kirdi va: "Assalomu alaykum, ey Allohning elchisi!" deb salom berdi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Ey O‘lim farishtasi! Ruhimni qabz qilgani keldingmi yoki ziyorat qilganimi?" deb so‘radilar. Farishta javob berib aytdiki: "Ziyorat qilgani va qabz qilgani keldim, agar izn bersangiz. Bermasangiz, qaytib ketaman". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Jabroilni qaerda qoldirding?" O‘lim farishtasi javob berib: "Dunyo osmonida qoldirdim, farishtalar unga ta’ziya bildirishyapti" deb aytdi. So‘ngra bir soat o‘tmay, Jabroil (a.s.) tushib keldi va Rasulullohning bosh tarafiga o‘tirdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Bilasizmi, yaqin qoldi?" Jabroil javob berib aytdi: "Ha, yo Rasululloh". Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Menga Alloh huzurida men uchun bo‘lgan karomatdan bashorat qiling". Jabroil aytdi: "Osmon eshiklari ochilib, farishtalar saflanib, osmonda sizning ruhingizni kutib turishibdi. Jannat eshiklari ochilib, hurlarning hammalari ziynatlanib, sizning ruhingizni kutib turishibdi". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Alhamdulillah", dedilar. So‘ngra yana aytdilar: "Ey Jabroil! Mening ummatim ahvoli qiyomat kunida qanday bo‘lar ekan? Menga bashorat qiling". Jabroil (a.s.) aytdi: Alloh: "Jannatni harom qildim boshqa anbiyolarga toki siz kirmaguningizcha, boshqa ummatlarga ham jannatni harom qildim, toki sizning ummatingiz kirimagunlaricha", dedi". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Alhamdulillah, endi mening g‘amim ketib, ko‘nglim xotirjam bo‘ldi", dedilar. So‘ngra Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Ey O‘lim farishtasi! Menga yaqinroq kel", dedilar. O‘lim farishtasi u zoti sharifning ruhlarini qabz qila boshladi, ruh kindikka yetganida Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Ey Jabroil! O‘lim naqadar mashaqqatli ekan". Shunda Jabroil yuzlarini Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) burib oldi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) esa: "Ey Jabroil! Mening yuzimga qarashni istamayapsizmi?" Jabroil (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Allohning habibi! Yuzingizga qarashga kimning qalbi bardosh bera oladi, siz o‘lim sakoratida bo‘lsangiz".

Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) ruhlari ko‘kraklarida edi. Ul zot esa: "Sizlarga namozni va qo‘l ostingizdagilarga yaxshilik qilishni vasiyat qilaman", deb aytar edilar. Ul zot oxirgi damlarigacha shu ikki narsaga vasiyat qilib turdilar.

Hazrati Ali (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o‘zlarining oxirgi nafaslarida lablarini ikki marta qimirlatib qo‘ydilar, qulog‘imni tutdim, ul zot: "Ummatim, ummatim", deb aytayotgan ekanlar".

Shoir aytgan ekan:




Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin