Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


O‘n ikkinchi majlis ERKAKLARNING AYOLLARDAN USTUNLIGI



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə15/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

O‘n ikkinchi majlis ERKAKLARNING AYOLLARDAN USTUNLIGI


Alloh taolo aytadi:


ìM≈ztΖÏ≈%sàM≈ys=Î≈ę¢9$$sù

4öΝÎγ9Ï≡θuøΒr&

⎯ôΒÏ(#θà) xΡ&r!$yϑ/Îuρ

Ù< è÷/t’4lnãtΟóßγŸÒè÷t/

!ª#$Ÿ≅Ò”sù

$ϑy/ÎÏ™!$|¡iÏΨ9$#

’lnãtšχθΒã≡θ§s%



ãΑhy` Ìh9$#


β÷Î*sù (£⎯δèθ/ç¸ÎÑô$#ρuÆşÅ_$ÒŸϑy9ø$# ’ûÎ⎯£èδρã fàδ÷$#ρu ∅δèθÝàÏèsù  ∅δèy—θ±àΣèβtθèù$siBr©zÉ≈9©#$uρ 4!ª#$xá Ïym $ϑy/ÎÉ=ø‹tż=ùÏ9j×M≈sà Ï≈ym


∩⊂⊆∪ #¸Z¬6Î2Ÿ

$Šw=Îãtχš

hxZ !©#$β¨Î) 3¸ξ‹6Ιy£⎯Íκö+n=ãt(#θżäö7sS ξŸùsöΝà6Ζuè÷Ûsr&

"Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar. Bunga sabab Alloh ularni birovlaridan birovlarini (erkaklarni ayollardan aqlda va mas’uliyatda) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir. Bas, ibodat-itoatli va erlari yo‘qligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar yaxshi xotinlardir. Xotinlaringizning itoatsizligidan qo‘rqsangiz, avvalo ularga pand nasihat qilinglar, so‘ng (nasihatlaring kor qilmasa) ularni yotoqlarda tark etinglar (ular bilan bir joyda yotmanglar, yaqinlashmanglar), so‘ngra (ya’ni shunda ham sizlarga bo‘ysunmasalar) uringlar. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmanglar. Albatta, Alloh eng yuksak va buyuk bo‘lgan zotdir" (Niso surasi, 34-oyat).

Ushbu oyatda oilada er bilan xotinning o‘rni qanday bo‘lishi belgilab berilgan. Shariat hukmicha, er, avvalo oilaning barcha moliyaviy va ma’naviy taraflariga javobgar bo‘lgan, uni chetdan bo‘ladigan har qanday xurujlardan himoya qiladigan shaxsdir. Mana shular evaziga hamda erkak kishi uchun fazilat hisoblanmish og‘ir-bosiqlik, oila tebratishdagi tadbirkorlik kabi sifatlar sababli u oilaning boshlig‘i sanaladi. Yaxshi xotin esa, diyonatli, erining uyini obod qiladigan va unga bir umr sadoqatli bo‘lgan ayoldir.

Ushbu oyat Sa’d ibn Robe’ al-Ansoriy va uning ayoli Muhammad ibn Maslamaning qizi haqida nozil bo‘lgan. Bu ayol Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) eri ustidan shikoyat qilib kelganida, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) undan qasosini olishga buyurdilar. Bir soatdan so‘ng ushbu oyat nozil bo‘ldi: "Erkaklar xotinlari ustidan rahbardirlar". Ya’ni, erlar ayollarga odob berishda va ishlarini idora etishda boshliqdirlar.

Fuzayl ibn Ubayda (r.a.) rivoyat qiladilar: "Bir kishi masjidga kirib keldi-da, namozdan so‘ng: "Ey Alloh! Meni mag‘firat qil va menga rahm et", deb duo qildi. Shunda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ey namoz o‘quvchi! Sen shoshding, namoz o‘qib bo‘lganingdan keyin, avvalo Allohga hamd, menga salovot ayt. So‘ngra nimani tilasang, tilayver", dedilar. Shu chog‘da yana bir kishi masjidga kirib keldi. Namozdan so‘ng Allohga hamd, Payg‘ambarimizga salovot aytib, turib ketmoqchi bo‘ldi. Payg‘ambarimiz: "Ey namozxon! Duo qil, duoing ijobat bo‘ladi, duo qil, duong ijobat bo‘ladi", deb takrorladilar. Va so‘ng: "Mening ismimni eshitgan chog‘ida salovot aytganlarning ham duolari mustajobdir", dedilar.

Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Ayol kishining afzali qarasang, xursand qiladigani, ish buyursang, itoat etadigani, uyda bo‘lmaganingda o‘zini va molingni saqlaydigani", dedilar-da, so‘ng "Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar", oyatini o‘qidilar.

Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Ayol kishi besh vaqt namozini o‘qisa, bir oy ro‘zasini tutsa, avratini (nomahramlardan) to‘sib, eriga itoatli bo‘lsa, jannatga jannatning xohlagan eshigidan kiradi" (Abu Na’im rivoyati).


Abdurahmon ibn Avf (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qildilar: "Bitta soliha ayol mingta fosiq erkak kishidan yaxshidir. Qaysi xotin erining yetti kun xizmatini qilsa, yetti do‘zax eshigi yopilib, sakkiz jannat eshigi ochiladi va u xohlagan eshigidan jannatga kiradi", dedilar.

Hikoya: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) zamonlarida bir kishi g‘azotga ketayotib xotiniga: "Men qaytmagunimcha uydan chiqma", deb tayinladi. Ayolning otasi kasal bo‘lib qoldi. U ayol Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi vasallam) elchi jo‘natib ruxsat so‘radi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Eringga itoat et", dedilar. Bu ish yana ikki marta takrorlandi. Ayol erining gapiga kirib, uydan chiqmadi, hatto otasi vafot etganda ham borolmadi, sabr qildi. Bir necha kunlardan keyin eri keldi. Shunda Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi vahiy nozil bo‘ldi: "Erining amriga itoat etgani uchun shu ayolning gunohi kechirildi".

Abdulloh ibn Ma’sud (r.a.), Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Ayol erining kiyimini yuvsa, Alloh uning nomai amoliga yuzta yaxshilik yozib, ikki mingta xatosini o‘chirgay. Quyosh nuri tekkan har bir narsa unga istig‘for aytadi. Va darajasini ming daraja yuqori qiladi" ("Musnodul Firdavs"da Abu Mansur rivoyat qilgan).

Hazrati Ali (r.a.) aytdilar: "Fotima ikkimiz Rasulullohning huzurlariga kirdik, u kishini yig‘layotgan ekan. "Sizni nima yig‘latdi?" deb so‘raganimizda, u zot: "Men Isro kechasida do‘zaxda qattiq azoblar bilan azoblanayotgan bir necha guruh ayollarni ko‘rdim, dedilar. – 1. Bir ayolga qarasam, sochidan osib qo‘yilgan, halqum-dimog‘i qaynab turibdi. 2. Yana bir ayol tilidan osilib, qo‘li orqasidan chiqarib qo‘yilgan. 3. Yana bir ayol siynasidan osilgan va zahar-zaqqum tomog‘idan quyilmoqda. 4. Bir ayol oyoq-qo‘li peshonasiga bog‘lab osib qo‘yilgan, ilonu chayonlar chaqib yotibdi. 5. Bir ayol o‘zining jasadini o‘zi yemoqda, do‘zax olovi ostidan uni kuydirmoqda. 6. Bir ayol esa o‘z jasadini olovli qaychi bilan qirqmoqda. Yana bir ayolni ko‘rdim, yuzi qorayib ketgan, o‘z ichak-chavoqlarini yemoqda. 7. Bir ayol kar, ko‘r, o‘tdan bo‘lgan tobutda soqov holda yotibdi, uning badani peslar va maxovlarning badanidan ham iflos va sassiq edi. 8. Bir ayolni ko‘rdim, boshi cho‘chqaning boshiga, badani eshakning badaniga o‘xshaydi, ming xil azoblar bilan azoblanmoqda. 9. Yana bir ayol ko‘rdim, it suratida, ilonu chayonlar og‘zidan kirib, orqasidan chiqmoqda. Maloikalar uning boshiga o‘tdan bo‘lgan gurzi bilan urmoqdalar". Shu vaqt Fotima sapchib o‘rnilaridan turib: "Ey otajon! Bu toifa ayollarning amallari qanday bo‘lganini gapiring. Ular bu dunyoda qanday ayollar bo‘lgan?" dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Fotima! Birinchi toifadagi ayollar sochlarini nomahramlardan yashirmasdan, ochiq-sochiq qilib yurgan ayollardir. Ikkinchi toifa esa, erlariga tillari bilan ozor yetkazgan ayollardir. Uchinchi toifa erining ruxsatisiz birovlarning go‘daklarini emizgan ayollardir. To‘rtinchi toifa erining ruxsatisiz uyidan chiqqan va hayzu nifosdan keyin g‘usl qilmaydigan ayollardir. Beshinchi toifa ayollar erkaklarga o‘zini ziynatli qilib ko‘rsatgan va g‘iybatchi xotinlardir. Oltinchi toifa o‘zini nomahram erkaklarga tanitgan va o‘zidagi ziynatiga qaragan har qanday nomahramni yaxshi ko‘rgan ayoldir. Yettinchi toifa namoz va ro‘za amallariga qodir bo‘lib, lekin biror marta tahorat qilmagan, hayzdan poklanib boshini sajdaga qo‘ymagan ayollardir. Sakizinchi toifa chaqimchi va yolg‘onchi xotinlardir. To‘qqizinchi toifa o‘z eriga yuzini tirishtiradigan, g‘azab qiladigan ayollardir", dedilar.

Abu Zar (r.a.) aytganlar: "Men Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam): "Qaysi bir ayol o‘z eriga la’nat aytsa, zolimdir, Alloh uni yetti osmon ustidan turib la’natlaydi", degan so‘zlarini eshitganman".

Abdurahmon ibn Avf (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qaysi bir ayol nafaqa ishida eriga g‘am tug‘dirsa yoki undan toqat qilolmaydigan ishlarni talab qilsa, Alloh u ayolning farz va nafl ibodatlarini qabul etmaydi".

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Qaysi bir ayol, agarchi yer yuzidagi bor tillo va kumushni uyiga olib kelgan bo‘lsa ham, bir kuni shu mol-davlati bilan eriga faxrlanib, "Bor mol-mulkni men topganman, sening moling yo‘q", desa, Alloh o‘sha ayolning barcha amallarini habata (yo‘q) qiladi, agar u soliha ayol bo‘lganda ham".
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qaysi bir ayol erining ruxsatisiz uyidan chiqsa, to uyiga qaytgunga qadar, unga quyosh va oy nuri tushib turgan har bir narsa la’nat aytadi".

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Ayol erining uyidan ziynatlanib atrlarni sepib ko‘chaga chiqsa va uning bu ishiga eri rozi bo‘lsa, Alloh unday erga uning xotinining har bir qadami barobarida do‘zaxdan bir uy bino qiladi".

Talha ibn Abdulloh (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qaysi bir ayol erining yuziga noxush nazar qilib, qalbiga g‘am-anduh solsa, to u ayol erining yuziga kulib xursandchilik bilan boqib, surur baxsh etmaguncha, Allohning g‘azabida bo‘ladi".

Salmon Forsiy (r.a.) rivoyat qilganlar: "Fotima (r.a.) Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga kelib, Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi vasallam) nazar solib yig‘lab yubordilar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Fotima! Nimaga yig‘layapsan?" dedilar. Fotima: "Kecha men bilan kuyovingiz ikkovimizning o‘rtamizda mazaxli so‘zlar bo‘ldi. Natijada erim mendan ranjib qoldi. Shunda men erimning g‘azabnok bo‘lganini ko‘rib, g‘am-anduhga tushdim, afsus- nadomatlar qildim. Erimning atrofida yetmish ikki marotaba aylanib, "Mendan rozi bo‘ling", dedim, axiyri yuzlarida xursandchilik va rozilikni paydo qildim", dedilar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ey qizim! Allohga qasamki, agar sen eringni rozi qilmay vafot qilganingda, janozangni o‘qimasdim", dedilar. So‘ng: "Ey qizim! Bilki, erning rizosi Xudoning rizosi va erning g‘azabi Allohning g‘azabi turur. Ey qizim! Agarchi ayol Imron qizi Maryamdek Allohga ibodat qilsa ham, lekin undan eri rozi bo‘lmasa, Alloh uning ibodatini qabul qilmaydi. Ey qizim! "Ayolning eng oliy ibodatlari – eriga itoat etish, afzal amallari esa tikish-bichishlaridir. Zero, bir soat to‘qish ishi ayollar uchun yuz yillik ibodatdan afzaldir. Chunki to‘qigan kiyimlari barobarida bir shahidning savobi ularning namoi amoliga bitilgay. Ey qizim! Qaysi bir ayol ip yigirib, undan eriga va bolalariga kiyim qilsa, unday ayolga jannat vojib bo‘ladi", dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qaysi bir kishining ikkita xotini bo‘lib, ikkalasining o‘rtasida taomda, nafaqa va yotishda barobarlikni qilmasa, unday er mening shafoatimdan umid qilmasin", dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimning xotini ikkita bo‘lib, ammo ularning o‘rtasida odillik bilan ish yuritmasa, birisiga ko‘proq moyil bo‘lsa, qiyomatda u bir yelkasi bir tarafga osilgan holida keladi" ("Murshidul mutfahhilin").




Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin