Alloh taolo aytadi:
∩⊇⊂⊂∪ t⎦⎫É)−zϑß=ùÏ9 ôN£‰ãÏé& ÞÚ‘öF{$#uρ Nß≡θu≈ϑy¡¡9#$$γyÊà ótã >π¨Ψy_uρ öΝ6à n/Χ‘ ⎯ΒiÏο;t ÏżøtΒ ’4 "Va Parvardigoringiz tomonidan bo‘lg‘usi mag‘firatga hamda eni osmonlar va yer barobarida bo‘lgan jannatga shoshilingiz! U (jannat) taqvodor zotlar uchun tayyorlab qo‘yilgandir" (Oli Imron surasi, 133-oyat).
Ibn Abbos oyatdagi "mag‘firat"ni Islom deb tafsir qilganlar. Hazrati Ikrima va Ali ibn Abu Tolib (r.a.) "Farz amallarni bajarish", deb tavil qilganlar. Anas ibn Molik Hazratlari esa: "U takbiri tahrimadir", deganlar.
Anas ibn Molikdan (r.a.): "Jannat yerdami yo omondami?" deb so‘radilar. U kishi: "Qaysi osmonu yer uni o‘ziga sig‘dira oladi", dedilar. "Unda qaerda?" deb so‘rashdi. Anas ibn Molik: "Jannat yetti osmon ustida va Arshning ostida. Do‘zax esa yetti qavat yer ostidadir", deb javob berdilar.
Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Kimki rajab oyining ilk kechasini ibodat bilan o‘tkazsa, uning qalbi o‘lmaydi va Alloh yaxshiliklarni uning boshidan quyadi".
Anas ibn Molik (r.a.) Rasuli Akramdan (sollallohu alayhi vasallam) bunday rivoyat qilganlar: "Kimki rajab oyining ilk kechasi shomdan keyin yigirma rak’at nafl namoz o‘qisa va har rak’atida Fotiha va Ixlos suralarini zam qilsa va ikki rak’at-ikki rak’atdan o‘qib, o‘n marta salom bersa, Alloh u bandaning o‘zini va bola chaqasini dunyo ofati va oxirat azobidan saqlaydi" ("Zubda").
Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilindi: "Me’roj kechasida (jannatda) suvi qordan sovuq, asaldan ham shirin, mushku anbardan ham xushbo‘y anhorni ko‘rdim va Jabroildan (a.s.): "Bu anhor kimlar uchun?" deb so‘radim. U: "Sizga rajab oyida salovot aytganlar uchundir", deb javob qildi".
"Rajab" so‘zida uchta harf bor. "R" – Allohning rahmati. "J" – bandaning jinoyatchi ekani. "B" esa Allohning saxiyligiga dalolat qiladi. Ma’nosi: "Ey bandam! Sening jinoyat va gunohlaringni rahmatim va saxiyligim o‘rtasiga oldim, rajab oyining hurmatidan endi senda jinoyat ham, gunoh ham yo‘qdir", deydi ("Majolisul anvor").
Rajab oyi tugaganidan keyin u osmonga chiqar ekan, Alloh: "Ey rajab! Seni zamindagilar hurmatlab ulug‘lashdimi?" deb so‘raydi. Rajab oyi jim turadi. Alloh ikki-uch bor savol qiladi. Shunda rajab oyi: "Ey Rabbim! Sen butun ayblarni yashiruvchi zotsan va bandalaringni ham bir-birlarining ayblarini yashirishga buyurgansan. Sening Rasuling Hazrati Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ham meni "kar oy" deb nomlagan. Ey Rabbim! Men ularning (mo‘min bandalarning) toat-ibodatlarini, tavba- istig‘forlarini eshitdim. Gunoh masiyatlarini esa, eshitmadim", deydi. Alloh: "Ey rajab! Sen ham, bandalarim ham xatokorsizlar. Men sening hurmatingdan ularning aybu nuqsonlarini avf etdim. Senda bir bor nadomatu tavba qilganlarni mag‘firat etaman va ularning gunohlarini yozdirmayman", deydi ("A’rojiyya").
Aytilishicha, mukarram kotib farishtalar bu oyda insonlarning namoi a’mollariga faqatgina yaxshiliklarini yozib, yomonliklarini yozmas, balki boshqa oyda yozar ekanlar. Sababi bu oyda ular biron bir banda tomonidan bajarilgan yomonliklarni eshitmas ekanlar, shuning uchun bu oy "rajab – kar oy" deb nomlangan.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Albatta, rajab Allohning oyi, sha’bon mening oyim, ramazon esa, ummatlarimning oyidir" ("Zubda").
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Jannatda bir anhor bor, uning ismi Rajabdir, suvi sutdan oq, asaldan shirinroq. Alloh u suvdan bu oyda ro‘zador bo‘lganlarnigina bahramand qiladi" (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Bu oyning "rajab" deb nomlanishiga sabab – arablar uni ulug‘lashgan. "Rajab"ning yana bir ma’nosi "ulug‘lamoq" degani. Uni ulug‘lashib, bu oyda har kuni Ka’ba eshigini ochib qo‘yardilar, boshqa oylarda esa faqatgina dushanba va payshanba kunlarida ochilardi. Ular: "Bu oy Allohning oyi, Ka’ba ham Allohning uyi, bandalar ham Allohning bandasi, demak, bu oyda Allohning bandasi Allohning uyidan to‘silmasligi kerak", der edilar ("A’rojiyya").
Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Rajabning birinchi juma kechasining uchdan biri o‘tganda osmonu yerdagi hamma farishtalar Ka’ba atrofiga jam bo‘lur. Alloh ularga: "Ey farishtalarim! Xohlagan narsalaringizni so‘ranglar", deydi. Shunda farishtalar: "Ey Rabbimiz! Bizning hojatimiz rajab oyini hurmatlab, unda ro‘za tutganlarni mag‘firat qilishingdir", deyishadi. Alloh farishtalarga: "Ularning gunohidan o‘tdim", deydi".
Ummul mo‘minin Hazrati Oyishadan (r.a.) rivoyat qilinadiki: "Qiyomatda besh toifa insonlardan tashqari har bir inson och va chanqoq bo‘ladilar. Bu besh toifa insonlar:
payg‘ambarlar;
ularning ahli oilalari;
rajab oyida ro‘za tutganlar;
sha’bon oyida ro‘za tutganlar;
ramazon oyida ro‘za tutganlardir" ("Zubdatul vo’iziyn").
Xabarda kelishicha, Qiyomat kunida bir nido qiluvchi: "Rajabiylar (rajab oyini ro‘za va toat bilan o‘tkazganlar) qaerda?!" deb nido qiladi. Shunda ulug‘ bir nur chiqib, Jabroil va Mikoil boshchiligida rajabiylarni ergashtirib, sirot ko‘prigidan chaqmoqdek tez olib o‘tadi. Rajabiylar Allohga shukrona tarzida sajda qiladilar. Shunda Alloh: "Ey bandalarim! Boshlaringni ko‘taringlar, zero, sizlar dunyodalik chog‘laringizda rajab oyida sajdalar qilgansizlar, endi esa jannatda o‘z o‘rinlaringizga boringlar" deydi ("Ravnaqul majolis").
Hazrati Savbon (r.a.) hikoya qilganlar: "Men Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bilan bir qabriston oldidan o‘tib ketayotgan edim, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) yig‘ladilar va duolar qildilar. Shunda men: "Ey Rasululloh! Nimaga yig‘layapsiz?" dedim. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Savbon! Bu qabristondagilar hozir o‘z qabrlarida azoblanmoqdalar. Men Allohga ularning azoblarini yengillashtirish tilab duo qildim", dedilar. So‘ngra aytdilarki: "Ey Savbon! Agarda bular (o‘lganlar) rajab oyida bir kun ro‘za tutgan va biron-bir kechasini toat-ibodat bilan o‘tkazganlarida edi, qabrlarida aslo azoblanmagan bo‘lardilar". Shunda men: "Ey Rasululloh! Atigi bir kunlik ro‘za va bir kechalik toat-ibodat ulardan azobi qabrni ko‘tararmidi?" dedim. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Meni payg‘ambar qilib yuborgan Zotning nomiga qasamki, qaysi bir muslim yoki muslima rajab oyida bir kun ro‘za tutsa va bir kecha ibodat bilan bedor bo‘lsa, buni faqat Allohning rizoligini istab qilsa, albatta, Alloh uning namoi amoliga yuz yillik nafl ro‘za va shuncha kecha ibodat qilganlik savobini bitadi", dedilar" ("Zubdatul vo’iziyn").
Dostları ilə paylaş: |