O‘ninchi majlis TAVBANING FAZILATLARI
Alloh taolo aytadi:
#(ρ•¸ÅęムöΝ9sρu!ª#$”ωÎ) Uš θΡç¿—!#$ã Ï øżtƒ ⎯ΒtρuöΝγÎ/ÎθΡç‹äÏ9 (#ρã xżøzt™ó$$sù ©!$# (#ρã xZŒsöΝæη¡|à Ρ&r(#θþϑß=nsß ρ÷&rºπt±sÅ≈sù (#θ=èyèùs#sŒ)Κ⎥⎪Ï¿!©#$ρu
4$pκ+ùÏš⎥⎪$ÏÎ#≈yi ã ≈pκ÷ΞF{$# $yγÏñtørB ⎯ÏΒ “ ÌșørB ×M≈¨Ψy_uρ öΝγÎ/nΑ§⎯ΒiÏο×t Ï øżΒ¨Νδèτä#!jty_ 7y×Í≈¯9sρ'&é∩⊇⊂∈∪ šχθϑß=nèôtƒ öΝδèρu#(θ=èyèsù $Βt4’nltã
∩⊇⊂∉∪ t⎦y#ÎÏϑ≈yè9ø$# ã ô_&rzΝ÷èΡÏρu
"U (taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarining mag‘firatini so‘raydigan, har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilishini bilgan hollarida qilgan gunohlarini davom ettirmaydigan kishilardir. Ularning mukofotlari Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va taglaridan daryolar oqib turguvchi jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshi amal qilguvchilarni ajrlari naqadar yaxshi ajr!" (Oli Imron surasi, 135–136-oyatlar).
Bu oyatning nozil bo‘lish sababi haqida "Kashshof"da bunday deyilgan: "Bir xurmo sotuvchining oldiga bir chiroyli ayol xurmo sotib olish uchun keldi. Buni ko‘rgan xurmofurush u ayolni xonaga olib kirdi-da, majburan bo‘sa oldi, so‘ngra bu ishiga qattiq afsus-nadomat qildi. Qilgan gunohlariga tavba qila boshladi. Shundan so‘ng ushbu oyat unga taskin berish maqsadida nozil bo‘ldi".
Oyatdagi "gunohlarining mag‘firatini so‘raydilar" degan jumlada, pushaymon dilga xursandchilik va quvonch, shuningdek, tavbaga targ‘ib ma’nolari ham bor, insonlarni Allohning rahmatidan noumid bo‘lmaslikka, garchi ularning gunohlari juda ko‘p bo‘lsa ham, uni Alloh afv etishi, Uning fazli-karami qarshisida arzimas narsa ekaniga ishoralar bor".
"Majolisur-Rumiy" asarida: "Gunohkorning tavbasi joni halqumiga kelmagunga qabul qilinadi. Chunki jon halqumga kelgan vaqtda endi unga hech narsa yordam bera olmaydi. Zero, tavbaning maqbul bo‘lish sharti gunohga qayta qo‘l urmaslikni qat’iy niyat qilish, uni mutloqo tashlashni qasd etishdir. Bu holat joni halqumiga kelib qolgan odamda topilmaydi, chunki bu paytda u bunga qodir bo‘lmaydi", deyilgan.
Abdulloh ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilinadi: "Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Shubhasiz, Alloh taolo bandaning tavbasini, to uning joni halqumiga kelmaguncha, albatta, qabul qiladi".
Jon halqumga kelganda ko‘zdan pardalar ko‘tariladi, odam bolasiga bu hayoti dunyoning bir sinov ekani aniq ayon bo‘ladi. Bu asnoda tavba qilish imkoniyati o‘tgan bo‘ladi ("Masobih").
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Odam (a.s.) yaratilishidan to‘rt ming yil oldin Arshning kungurasiga: "Albatta, Men tavba qilgan, iymon keltirgan va solih amal qilgan kishilarning gunohlarini kechiruvchidirman", degan so‘zlar yozilib qo‘yilgan" ("Tanbehul g‘ofiliyn").
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Men Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bilan birga o‘lim to‘shagida yotgan bir ansoriyning uyiga kirdim. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) unga: "Tavba qil", dedilar. U tili bilan ayta olmadi, lekin osmonga qarab imo-ishora etdi. Shunda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) tabassum qildilar. Men: "Yo Rasululloh! Tabassumingizning boisi nima?" deb so‘radim. Ul zot: "Bu kasal tili bilan tavba qilolmasdan, ko‘zini osmonga qilib, qalbi bilan tavba-nadomat qildi. Alloh: "Ey farishtalarim! Bu bandam ojiz qolib, qalbi bilan Menga tavba qilyapti, guvoh bo‘linglarki, Men uning gunohini mag‘firat qildim", dedi", dedilar" ("Durratul majolis").
Alloh taolo Nur surasida bunday marhamat qilgan:
∩⊂⊇∪ šχθsß=Î øSè/÷3ä=ªèy9sšχθΖãΒÏσ÷ßϑ9ø#$tµ•ƒr& $·èŠÏΗds!«#$’n<)Î(#þθ/çθèSuρ
Dostları ilə paylaş: |