Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


O‘n beshinchi majlis SALOMLASHISHNING FAZILATI



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə18/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

O‘n beshinchi majlis SALOMLASHISHNING FAZILATI


Alloh taolo aytadi:
∩∇∉∪ $7·ŠÅ¡ym ™>©ó«x äZ ’4lnãttβhZx©!#$β¨)Î3$!δyρ–Š‘â÷ρr& !$pκ÷]ΒÏz⎯¡|mô'r/Î#(θŠ–syùs„πŠ¨sÅñt/ÎΛ⎢äŠhÍ‹mã#sŒ)Îuρ

"Qachon sizga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki (hech bo‘lmasa) o‘sha iborani qaytaringlar. Albatta, Alloh hamma narsani hisobga olguvchi bo‘lgan zotdir" (Niso surasi, 86-oyat).


Abdulloh ibn Ma’sud (r.a.) Hazrati Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Salom Allohning ismlaridan biridir. Uni oralaringizda keng yoyinglar!"

Boshqa bir rivoyatda aytilganki: "Qachonki bir musulmon boshqa musulmonga salom bersa va u unga alik olsa, maloikalar alik olgan kishiga yetmish marta salovot aytadilar. Agar alik olmasa, maloikalarning o‘zlari berilgan salomga alik oladilar va bu salomga alik olmaganga yetmish marta la’nat aytadilar".

Abu Muslim Xavloniy to‘p bo‘lib yig‘ilib turgan odamlar oldidan o‘tib qolsalar, ularga salom bermasdilar. Sababi so‘ralganida: "Meni salom berishdan to‘sgan narsa – agar ular salomga alik olmay qolsalar, maloikalar ularga la’nat aytib qolishidan qo‘rqishimdir", dedilar ("Bahrul ulum").

"Bo‘stonul orifiyn" kitobida yozilishicha, yurib ketayotgan odam o‘tirgan kishiga, kichkinalar kattalarga, otdagi kishi piyoda odamga, ot mingan kishi eshak minganga salom beradi. Alik oluvchi javobini eshittirib aytishi lozimdir. Chunki salom berganga javobi eshittirilmasa, u alik o‘rniga o‘tmaydi. Inson ahli baytiga kelganida salom beradi. Agar uyda hech kim bo‘lmasa, "Bizga va Allohning solih bandalariga salom bo‘lsin", deb salom beradi. Shunday qilinsa, uydagi maloikalar alik oladilar, natijada bu uyga barakotlar nozil bo‘ladi.

Yosh bolalarga salom berish yoki bermaslik haqida esa ulamolar ixtilof qilishib, ba’zilari durustmas deyishgan, ba’zilari salom berish kerak, deyishadi. Ba’zilari esa, salom berish bermaslikdan ko‘ra afzalroq, deganlar. Bizlar ham shuni olamiz.

Ikki kishi bir-biriga duch kelishsa, shahar tarafdan kelayotgan kishi qishloq tarafdan kelayotgan kishiga birinchi bo‘lib salom beradi.

Gap boshlashdan oldin salom berish va salomga alik olish vojib amaldir. Demak, salom berish sunnati kifoya, alik olish esa farzi kifoya. Ya’ni, bir to‘p odamlarning ichidan bittalari salom berib qo‘ysa, qolganlarning zimmasidan bu sunnat amal soqit bo‘ladi. Lekin hammalari salom berishi afzaldir. Alik olish ham xuddi shunday, agar jamoatdan bir kishi salomga javob qaytarsa, shu kifoya qiladi. Bordi-yu salom bergan kishi kar bo‘lsa, alik oluvchiga lozim ish labini qimirlatib, unga alik olganini ko‘rsatishi kerak. Salom berishda "Assalomu alayka" demasdan, "Assalomu alaykum" deyish avloroqdir. Boisi, kishi hech qachon yolg‘iz emas, uning hamrohlari – farishtalar ham bor.

Salomga javobda "Va alaykum assalom" deyish afzaldir, ya’ni "va" degan so‘zni qo‘shib aytilgan ma’qulroqdir. Alik o‘z vaqtida tez olinishi shart. Agar berilgan salomga javob kechiktirilsa, unda musulmon birodariga hurmatsizlik qilgan bo‘ladi. Agar bir kishiga boshqa bir kishidan bir elchi yoki xat orqali duoi salom yetib kelsa, javobi tezda qaytariladi.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "To iymon keltirmagunlaringcha, jannatga kirmaysizlar. Va bir-birlaringiz bilan do‘st-birodar bo‘lmagunlaringcha komil iymonli bo‘la olmaysizlar. Diqqat qilinglar, sizlarga bir amalni tavsiya qilamanki, agar uni qilsalaringiz, bir- birlaringiz bilan birodar bo‘lasizlar. O‘rtalaringizda salomni keng yoyinglar!" (Imom Muslim va Abu Dovud rivoyati.)
Bu hadisda xoh taniydigan, xoh tanimaydigan kishi bo‘lsin, salomlashishga tashviq bordir. "Tatarxoniya" degan kitobda bunday deyilgan: "Qur’on qiroat qilinayotgan paytda ovoz chiqarib

salom berish makruh tahrimiydir. Lekin berilgan salomga javob beradi. Ilm bilan mashg‘ul bo‘lgan kishilardan hech biriga salom berilmaydi, agar salom bersa, gunohkor bo‘ladi. Shuningdek, azon va takbir paytida ham berilgan salomga sekingina bo‘lsa ham alik olinmaydi".

Hazrati Anasdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi vasallam) o‘n yil xizmat qildim, U zot hech qachon menga biror narsa qilgan bo‘lsam, buni nimaga qilding demadilar va qilmagan bo‘lsam, nimaga qilmading, demadilar. Va aytdilarki: "Ey Anas! Men senga bir vasiyat qilurman, yodingda tutgil. Tundagi namozni ko‘paytir, shunda seni saqlaguvchi farishtalar yaxshi ko‘radilar. Agar ahlingga kirsang, ularga salom ber, shunda Alloh sening barakotingni ziyoda qiladi. Tahorat bilan yotishga qodir bo‘lsang, doim shuni odat qil, agar tahoratli holda o‘lsang, shahid ketasan. Agar ko‘chaga chiqadigan bo‘lsang, senga yo‘liqqan kishiga birinchi bo‘lib salom ber, shunda Alloh yaxshiligingni ziyoda qiladi. Doimo musulmonlarning kattalarini hurmat, kichiklarini izzat qil. Shunday qilsang, men bilan jannatda bu ikkoviga o‘xshash bo‘lasan", deb muborak o‘rta va ko‘rsatgich barmoqlarini birlashtirib ko‘rsatdilar. So‘ng: "Bilginki, ey Anas, Alloh bandasidan bir luqma sabablik ham rozi bo‘ladi, agar banda o‘sha luqmani yeb, Allohga hamd aytsa", dedilar.

Ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlarini eshitdim: "Ey odamlar! Salom berishni keng yoyinglar va muhtojlarga taom beringlar, insonlar uyquda bo‘lgan paytda, namoz o‘qinglar, shunda jannatga kirgaysizlar".

Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi. U zot aytdilar: "Jannatda hamma ranglardan xonalar bor, ularning usti ichidan va ichi ustidan ko‘rinadi. U xonalarda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va inson xotiriga kelmagan ne’matlar bor". Shu payt: "Ey Rasululloh! Bu xonalar kimga beriladi?" deyishdi. Aytdilarki: "Hammaga salom bergan, muhtojlarga taom yedirgan va doim ro‘za tutgan, insonlar uyquda ekanida – tunda namoz o‘qigan kishilarga", dedilar. Sahobalar ajablanib: "Bunga kim toqat qiladi?" deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Sizlarga hozir bu haqda xabar beraman. Diqqat qilinglar: Kimki birodariga yo‘liqqanida birinchi bo‘lib salom bersa, u salomni keng yoygan bo‘ladi. Kimki ahli ayoliga nafaqa bersa, taom yedirgan bo‘ladi. Kimki ramazon ro‘zasini tutsa va yana shavvol oyida olti kun nafl ro‘za tutsa, u doim ro‘za tutgan bo‘ladi", dedilar.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Salom bermay sizlarga gapirgan kishiga javob bermangiz".

Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Iblis (alayhi la’na) mo‘min salom berganda yig‘lab aytadiki: "Vayl bo‘lsin menga, bu ikki mo‘min gunohlari kechirilmaguncha endi bir-biridan ajramaydi".

Aytdilarki, nasorolarning salomlashuvi qo‘lni og‘izga qo‘yish, yahudiylarning salomlashuvi esa barmoqlari bilan ishora qilish, majusiylarniki egilish, engashishdir, arablarniki "Alloh seni tirik qilsin", deb aytish, musulmonlarning salomlashuvi esa "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh", deb ikki qo‘llab ko‘rishishdir. Bu esa eng ulug‘ salomlashuvdir.



Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga kelib: "Assalomu alaykum", dedi, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) javob berib aytdilar: "Senga o‘nta yaxshilik". Boshqa kishi kelib Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam): "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh" deb salom berdi. Rasululloh javoban: "Senga o‘ttiz hasanot", dedilar. So‘ngra boshqa kishi keldi va: "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu va mag‘firatuhu", dedi. Shunda u odamga javob berib aytdilar: "Senga qirqta hasanot" ("Mishkotil masobih").


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin