Gar bu dunyo mudom bo‘lsa bir kishiga, Rasululloh qolur edi bu dunyoda abadiy.
Hazrati Ali (r.a.) Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) jasadlarini u kishining so‘rilariga qo‘yib yuvay deganlarida uy burchagidan bir ovoz keldi: "Muhammadni yuvmangiz! U pok, poklangandir". Hazrati Ali aytganlarki: "Shu payt mening qalbimdan allaqanday fikrlar o‘tdi. Va men: "Kimsan? Axir, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) ul zotni yuvmog‘imizni bizga buyuganlar-ku!" dedim. Shu payt yana boshqa bir ovoz keldi: "Ey Ali! Rasulullohning jasadlarini yuving! Avvalgi ovoz Iblis alayhi la’naniki edi. Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) hasad qilib, qabriga yuvilmagan holda kirsin, degan maqsadda aytdi". Hazrati Ali (r.a.): "Sen o‘zing kimsan", deb so‘radilar. U esa
"Men Xizr bo‘laman, Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) janozalariga hozir bo‘lgani keldim", deb aytdi. Hazrati Ali (r.a.) Rasulullohning jasadlarini yuvdilar va suvni Fazl ibn Abbos va Usoma ibn Zayd quyib turishdi. Alloh ulardan rozi bo‘lsin! Jabroil (a.s.) jannatdan xushbo‘y xanut keltirdilar va u zoti sharifni kafanlashdi, so‘ng Oyishaning (r.a.) hujralariga dafn qilindilar. Bu chorshanba kuni edi. Ba’zilar seshanba kunida, deb ham aytishgan. Oyisha (r.a.) Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) qabrlari oldida turib aytar edilar: "Ey ipak kiymay, qalin to‘shakda uxlamay o‘tgan inson! Ey bu dunyodan arpa non yeb, qorni to‘ymay ketgan inson! Ey so‘ri o‘rniga bo‘yrani ixtiyor qilgan va oxirat azobidan qo‘rqib, tun bo‘yi uxlamagan inson!.."
Dostları ilə paylaş: |