Rasmda eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’yektlarga turli to‘lovlar
amalga
oshiriladi. Bu to‘lovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi,
qarzga olingan pul mablag‘lari uchun to‘lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari,
korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar to‘laydilar, turli hayriya
va boshqa fondlarga mablag‘lar kiritadilar. Mablag‘larning qolgan qismi korxona sof foydasini
tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarishni kengaytirishga
va ijtimoiy ehtiyojlariga,
shuningdek jamg‘arish, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va
boshqa maqsadlarga sarflanadi.
Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy
pul summasidan ishlab
chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Shu sababli
buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki
xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi.
Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi.
Foyda massasining
ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki usulidan foydalaniladi. Bular foydaning
joriy sarflarga - korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga asosiy va aylanma kapital
nisbatidir.
Bular quyidagicha aniqlanadi:
%
100
)
(
'
W
P
P
,
bu yerda:
P' - foyda normasi;
P - foyda massasi;
W - ishlab chiqarish xarajatlari.
%
100
)
(
'
avans
K
P
P
,
bu yerda:
P' - foyda normasi;
P - foyda massasi;
K
avans
(asosiy kapital+aylanma kapital) - korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va
aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati.
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri
mutanosib hamda ishlab
chiqarish xarajatlari yoki avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli
foyda normasi korxona ish samaradorligining integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l
bilan: ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki narxni
oshirish hisobiga erishish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: