jarayon
sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi
Qonunida (1991 yil 19 noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish-davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara
korxonalariga, aktsiyali jamiyatlarga, mas’uliyati
cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli
mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish-fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning
davlat mulki ob’yektlarini yoki davlat aktsiadorlik jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib
olishidir.
Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga
qaraganda
ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish-davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy
shaxslarga o‘tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu
mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko‘zda tutadi. U
bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish,
davlat korxonasini sotib,
uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan
cheklar (vaucher) bo‘yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni
ayrim tadbirkor va ish
boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki
qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin:
1) davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish;
2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;
3) davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali
xususiylashtirish.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o‘ziga xos jihati-bu
uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir (3.3-rasm).
Dostları ilə paylaş: