shakllari, tadbirkorlikning turli yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi, unda rejalashtirish, prognozlash,
aholini ijtimoiy himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSH iqtisodiyoti
hozirgi davrda oldingi
erkin bozor iqtisodiyotdan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko‘rinadi.
Birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo‘lida bo‘lib, u iqtisodiyotda faol ro‘l o‘ynaydi.
Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o‘sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada
ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan ayrim tovarlar va xizmatlar bilan
ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini o‘zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan, sof kapitalizmdan farq qilib amerika iqtisodiyotiga yirik korporatsiyalar va kuchli
kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud.
Bu yerda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga suyanish,
ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud bo‘lmasligi
mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan,
chunki mulkchilik xususiy bo‘lib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan
va markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik
Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo‘lgan va bir vaqtda iqtisodiy
faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shvetsiya
iqtisodiyotida ham 90 % dan ortiq xo‘jalik faoliyati xususiy firmalarda to‘plangan bo‘lsada,
davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi.
Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan
holda iqtisodiyotga
aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan
qo‘llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishga erishmoqda.
Dostları ilə paylaş: