3.2-rasm. Mulkchilik shakllarining tasniflanishi
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning
umumlashuvi darajasi bilan
bog‘liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy
mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi
zarur.
Davlat mulki-egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk
ob’yektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi:
1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish;
2) davlat mablag‘lari
hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va
tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki umumiy
resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib
bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar
va transport vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy
tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish mumkin.
O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va
ma’muriy-xududiy tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo
bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika xokimiyati
va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli
madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet
mablag‘lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki
hisoblanadi.
Ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki,
mahalliy byudjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jaligi
korxonalari va
boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari kabilar mol-
mulki bo‘ladi.
Jamoa mulki-muayyan maqsad yo‘lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va
ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini
korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aktsiya chiqarib, ularni sotish kabi
yo‘llar orqali paydo bo‘ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish
vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi.
Aralash mulk-turli mulk
shakllaridan tashkil topib,
ne’matlarni shunga
muvofiq tarzda
o’zlashtirilishi
Yakka tartibdagi xususiy
mulk-ne’matlarni alohida
olingan mulkdorlar
tomonidan o’zlashtirilishi
Korporativ xususiy mulk-
ne’matlarni ma’lum maqsad yo’lida
o’zaro birlashgan mulkdorlar
mulkiga asoslangan korxonalar
tashkil etish orqali o’zlashtirilishi
Xususiy mulk-
ayrim kishilar va
guruxlarga tegishli
bo’lgan hamda
daromad topishga
qaratilgan mulk
Jamoa mulki-ne’matlarni
muayyan maqsad yo’lida
ayrim jamoalarga
birlashgan kishilar
tomonidan birgalikda
o’zlashtirilishi
Davlat mulki -
ne’matlarni davlat
tomonidan o’z
vazifalarini bajarishi
uchun o’zlashtirilishi
Mulkchilik shakllari
Shaxsiy mulk-
fuqarolarning shaxsiy
yoki oilaviy
ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan
mulk
Jamoa mulkiga ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlik jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari
va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.
Shaxsiy mulk-bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini
qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining
mehnati asosida ko‘payadi va rivoj topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab
chiqarishda ishtirokidan, o‘z
xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan keladigan dividend, bank foizlari,
xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi.
Shaxsiy mulk ob’yektlari-bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar,
transport vositalari, pul
jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik
faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar
bo‘lishi mumkin. «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunda
ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo‘jalik
faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining
mulki bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob’yektlari ehtiyojlarini
qondirish doirasidan kelib
chiqib, daromad topish yo‘lida ishlatilishi mumkin.
Xususiy mulk-ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o‘z egasiga
foyda keltiruvchi mulkdir.
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk
o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan
iboratdir deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va
qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi.
Xususiy mulk ham, boshqa
har qanday mulk shakllari kabi, o‘zining ijobiy va salbiy
tomonlariga ega. U, so‘zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik
munosabatlarini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona
daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish iqtisodiyotda
uni qo‘llash foydali bo‘lgan bo‘g‘inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy
mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni
mutlaqlashtirish bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari
asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari, firmalar, xizmat ko‘rsatish va sotish
shaxobchalari va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo‘ladi. Bu mulk
alohida olingan ob’yektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: