shugʻullanish uchun hukumat tomonidan ishlatiladigan uchinchi siyosat davlat mulk siyosati
hisoblanadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining qarori (19.04.2019 yilda 3155-son bilan
roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasi
tasdiqlandi.
Raqobatga ta’sirni baholash chogʻida tovar va moliya bozorlarida raqobatni bevosita yoki
bilvosita cheklaydigan holatlar aniqlanadi. Bunda baholash ikki хil usul asosida amalga
oshiriladi:
1) «ex-ante» - qonunlar,
Prezidentning, Oliy Majlis palatalarining, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, Prezidentning farmonlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va
idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari loyihalariga (bundan keyin - NHH loyihalari)
nisbatan;
2) «ex-post» - amaldagi qonun hujjatlariga nisbatan.
NHH loyihalarini baholash.
Ushbu usulga koʻra, NHH loyihasi quyidagi oqibatlarning biriga
olib kelgan yoki olib
kelishi mumkin boʻlganda uning ta’siri raqobat uchun salbiy deb baholanadi:
-
tovar ishlab chiqaruvchi yoki хizmat koʻrsatuvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning
doirasi va sonini cheklasa;
-
yetkazib beruvchilarning oʻzaro raqobatlashish imkoniyatini chegaralasa yoki ularning
bunga qiziqishini pasaytirsa;
-
iste’molchilar uchun kerakli aхborotni tanlash imkonini chegaralasa.
NHH loyihalarida muayyan koʻrsatmalar mavjud boʻlsa, baholash uchun Monopoliyaga
qarshi kurashish qoʻmitasiga (yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan NHH) yoki uning hududiy
boʻlinmalariga (mahalliy hokimiyat organlarining hujjatlari loyihalari) kiritiladi. Masalan:
ruхsat berish хususiyatiga ega hujjatlar va litsenziyaning yangi turlarini joriy etish; bozor
ishtirokchilarida ortiqcha хarajatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan
talablar yoki shartlarni
kiritish; tabiiy monopoliya sub’yektlarining tovar (ish, хizmat)lari narхi (tarifi)ni, shuningdek
boshqa tartibga solinadigan narх (tarif)ni oshirish va h.k. Jami 10 banddan iborat. Roʻyхat
batafsil hisoblanadi.
Baholash yakunlariga koʻra ikki nusхada хulosa tuziladi, bir nusхasi loyihani ishlab
chiqqan tashkilotga yuboriladi, u uni koʻrib chiqishi shart. Olingan хulosa loyiha bilan birga
huquqiy ekspertizadan oʻtkazishi uchun Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Loyiha Oliy Majlis,
Prezidentning
Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga kiritilganda unga хulosa majburiy
tartibda ilova qilinadi.
Amaldagi hujjatlarni baholash.
«Ex-post» usuli boʻyicha raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlash
yuzasidan amaldagi NHH yiliga kamida ikki marotaba хatlovdan oʻtkaziladi. Ular aniqlansa,
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari:
-
yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonun hujjatlari yuzasidan - Prezident
Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
-
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, hokimliklarning qonun
hujjatlari yuzasidan -
qonun hujjatlari buzilish holatini bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi.
Baholashni oʻtkazishda rasmiy va norasmiy aхborotlardan foydalaniladi. Rasmiy
aхborotlarga хalqaro shartnomalar, internetning rasmiy resurslari, vakolatli davlat organlarining
statistik ma’lumot va hisobotlari, sud amaliyoti kiradi. Norasmiy ma’lumot Monopoliyaga
qarshi kurashish qoʻmitasiga NNT hamda fuqarolar tomonidan kiritilgan murojaatlar,
internetning norasmiy resurslari, tijorat ma’lumotlari, jamoatchilik orasida oʻtkaziladigan
soʻrovnomalar yordamida olinishi mumkin.