www.ziyouz.com kutubxonasi
6
Shuningdek, savob qilgan kishilarning ham ajrini bu dunyoda bermaganini oxiratda
berguvchidir.
-
«Tavvob»ning sharhi qanday? - «Tavbalarni qabul qilguvchi» ma’nosidadir. Agar gunohkor mo’min chin dildan
pushaymon chekib tavba qilsa va u gunohlarini takrorlamaslikni niyat qilsa, Alloh taolo
uning tavbasini qabul qiladi.
- «G’ofur» sifatining ta’rifi qanday? - Gunohlarni kechirguvchi, degan ma’nodadir. Alloh taolo ba’zi kishilarning gunohlarini
kechiradi. Tavba qilgan kishilarning ham va sira tavba qilmagan kishilarning ham
gunohidan kechish O’zining ixtiyoridadir.
- «Mujib»ning ma’nosi nima? - Duo va savollarni qabul etguvchidir. Alloh taolo ixlos bilan qilingan duolarni, mabodo
O’z hikmatiga muvofiq kelsa, qabul qiladi. Va O’z fazlu karami bilan bandalarining
hojatlarini chiqaradi.
- «Nosir»ning ma’nosi nima? - Nosir – yordam berguvchidir. Alloh taolo xohlasa, har ishda madadkor va
ko’makdoshdir.
-
«Hakim»ning ma’nosi nima? - «Hikmatlarga boy so’zlaguvchi» ma’nosidadir. Hakimning har bir buyrug’ida inson aqli
qamrab ololmaydigan hikmatlar mujassam bo’ladi.
- «G’aniy»ning ma’nosi nima? - «Hech narsaga muhtoj bo’lmagan, aksincha, barchaga boyligu saltanat tarqatuvchi
Zot» ma’nosidadir.
- «Karim»ning ma’nosi nima? - Xayr-ehson etguvchi Zot – Karim, deyiladi.
- «Razzoq»ning ma’nosi nima? - Rizq berguvchi va to’ydirguvchi.
- «Ma’bud»ning ma’nosi nima? - «Ibodatga loyiq» ma’nosidadir. Yolg’iz Allohgina ibodatga loyiq. Jami bandalarga faqat
Allohgagina ibodat qilish farzdir.
- «Hodiy»ning ma’nosi nima? - «To’g’ri yo’lga soluvchi», bu – Alloh taoloning sifatlaridan biridir. Alloh taolo to’g’ri
yo’lga va haq dinga solmoq uchun yer yuziga bir necha ming payg’ambar yuborgan.
- Alloh taolo hech bir maxluqotga o’xshaydimi? - Alloh taolo odam va yo boshqa maxluqotga hech bir jihatdan o’xshamaydi. Alloh taolo
jismli yoki suratli emasdir. U hech bir makonda-o’rinda emas, hech tarafda emas. Yuqori
va yo past, old va yo orqa, o’ng va yo chap taraflarning hech birida emas. Alloh taoloda
yemoq, ichmoq kabi bandalarga xos jihatlar yo’q. Bu tariqa ishlar nuqson va
kamchilikdir. Alloh esa nuqsonlardan xoli, har jihatdan mukammaldir.