Balog’at va oqillik - Farz, vojib, sunnat amallarini qilish va harom, makruh, mustakrah amallarini qilmaslik kimlarga buyurilgan? - Balog’at yoshiga yetgan va aqlini tanigan kishilarga.
- Balog’at yoshidagilar kimlardir? - Kamolotga yetgan kishilardir. Go’daklar balog’at yoshida emaslar.
- Kimlarni oqil desa bo’ladi? - Aqlli kishilarni. Aqli zaif odamlar oqillar hisobiga kirmaydi.
- Go’daklar va devonalar farzu vojib amallarni ado qilmasalar yoki harom amallardan saqlanishga qodir bo’lmasalar gunohkor bo’ladilarmi? - Gunohkor bo’lmaydilar. Chunki ular uzrlidirlar.
- Necha yoshlarida balog’atga yetadilar? - O’g’il bolalar erkaklik alomati bilinganida. Ya’ni, o’n ikki yoshlarida. Qizlarda qizlik
alomati zohir bo’lganida. Ya’ni, to’qqiz yoshlarida.
- Mazkur yoshlarda ul alomatlar zohir bo’lmasa, necha yoshda balog’atga yetgan hisoblanadi? - O’n besh yoshlarda. Bolig’ va oqil bo’lgandan so’ng har bir kishiga umri oxirigacha
shariat buyurgan har bir amalni qilish va man etilganini qilmaslik lozim bo’ladi.
Ibodat - Musulmon kishiga farz amallar va ibodatlarning ulug’rog’i qaysilar? - Ulug’rog’i beshta amaldir. Birinchisi – Alloh taoloning borligiga, har bir sifatiga va Islom
diniga, buyurilgan har bir hukmning haqligiga ishonish. Ikkinchisi – har kuni besh vaqt
namoz o’qish. Uchinchisi – ramazon oyi davomida har kuni ro’za tutish. To’rtinchisi –
ortiqcha molidan har yili bir marta muhtojlarga zakot berish. Beshinchisi – qurbi yetsa,
umri davomida bir bora Makkai Mukarramaga borib haj qilish.
Imon va iqror - Imon nima? - E’tiqod qilmoq, ya’ni ishonmoq. Butun olamlarning yaratuvchisi va egasi bo’lgan Alloh
taoloning borligiga, yolg’izligiga, ulug’ sifatlariga, Muhammad alayhissalomning
payg’ambar – elchi ekaniga, ul zotga yuborilgan kitob – Qur’oni karimning haq kitob
ekaniga ishonmoq – imondir.
- Musulmon bo’lish uchun faqat Islom dinining haqligiga ishonish kifoyami? - Haqiqiy mo’min bo’lmoq uchun kishi chin dil bilan ishonishi, ishonganini bayon qilishi
lozim. Dilida ishonsa-yu tilida iqror bo’lmasa yoki aksincha, tilida aytsa-yu dilida tan
olmasa, mo’min hisoblanmaydi.
- Nima qilsa, tili bilan iqror bo’lgan hisoblanadi? - Ushbu kalimai shahodatni ta’kidlamog’i lozim: