www.ziyouz.com kutubxonasi
5
- Eshitguvchi, degan ma’nodadir. Har bir ovoz ul Zotga eshitilmay qolmas. Ul Zotning
eshitmoqligi biz kabi emas, balki yolg’iz O’ziga xos ko’rish sifati bilandir.
- «Basir»ning ma’nosi nima? - Ko’rguvchi, degan ma’nodadir. Alloh taolo har narsani ko’radi. Ko’rmoqligi bizlarning
ko’rishimizdek ko’zlar bilan emas, balki yolg’iz O’ziga xos ko’rish sifati bilandir.
- «Mutakallim»ning ma’nosi nima? - So’zlaguvchi, degan ma’nodadir. Alloh taolo so’zlaguvchidir. Masalan, Qur’oni karim
oyatlari Allohning so’zlaridir.
- «Qodir»ning ma’nosi nima? - Kuch-qudratli, kuch-qudratining chegarasi yo’q.
- «Farid»ning ma’nosi nima? - Istaguvchi, tanlovchi, degan ma’nodadir. Alloh istagan ish qaro topadi, istamagani
amalga oshmaydi. Istashi O’zining iroda sifati bilandir.
- «Xoliq»ning ma’nosi nima? - «Paydo qilguvchi» va «qaror toptirguvchi» ma’nosidadir. Bu jarayon O’zining xoliq
sifati bilan namoyon bo’ladi.
- «Muxtor»ning ma’nosi nima? - Alloh taolo har bir amalni O’z ixtiyori bilan, birovning ixtiyorisiz qiladi.
- «Azim»ning ma’nosi nima? - Ulug’ va tengsiz, degan ma’nodadir. Alloh taolodan ulug’roq, martabasi balandroq zot
yo’q.
- «Jamil»ning ma’nosi nima? - «Barkamol» va «sohibjamol» ma’nosidadir.
- «Hamid»ning ma’nosi nima? - «Har qanday ta’rifu tavsifdan yuksak, har qanday taqsimdan ulug’vor, pok Zot»
ma’nosidadir.
- «Quddus»ning ma’nosi nima? - «Har qanday nuqsonu kamchilikdan xoli, har bir sifati yetuk» ma’nosidadir.
- «Robb»ning ma’nosi nima? - «Tarbiya berguvchi» va «egalik qilguvchi» ma’nosidadir.
- «Rahmon»ning ma’nosi nima? - Dunyoga in’om va ehson qiladigan, jamiki odamzotga, maxluqotga, shu jumladan,
mo’minu kofirga ham marhamatini darig’ tutmaydigan, har bir bandani teng ko’radigan,
O’zi istagan kishiga ziyoda mol-davlat beradigan Zotning sifatidadir.
- «Rahim»ning ma’nosi nima? - «Oxiratda rahmat qilguvchi» ma’nosidadir. Alloh taolo oxiratda mo’min kishilarga rahm
qilib, ularni jannatga kiritadi. Ammo imonsiz kishilarga rahm qilib, rahmat nazari bilan
boqmaydi. Ular doimo azobda bo’ladilar.
- «Shokir»ning ma’nosi nima? - «Mo’min bandalarning qilgan ibodatlariga yarasha ajrini berguvchi» ma’nosidadir.
- «Qahhor»ning ma’nosi nima? - «Qahr qilguvchi va jazolaguvchi» ma’nosididir. Shak-shubha yo’qki, Alloh taolo imonsiz
va gunohkor bandalarini azoblaydi.
- «Odil»ning ma’nosi nima? - «O’zining har bir hukmida eng odil Zot, hukmlarida zarracha nuqson yo’q»
ma’nosidadir.
- «Sobir»ning ma’nosi nima? - Sabr etguvchi va toqat qilguvchi, deb anglanmog’i lozim. Alloh taolo gunohkor
bandalarining ayblariga sabr qiladi, jazosini bu dunyoda bermay, oxiratga qoldiradi.