Ibodati islomiya.
Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
8
- Zehni o’tkirlari va insoflilari ishonishadi. Yomon xulqlilari esa ishonmay,
uni sehr
deydilar. Aksar insonlar dillarida ishonadilar-u kibrlari bois itoat etishga or qiladilar.
Payg’ambarlarning mo’jizalari
- Payg’ambarlarning mo’’jizalari qay tariqa bo’lgan?
- Ba’zi payg’ambarlar duoning kuchi bilan tosh ichidan tuya chiqargan. Ba’zi
payg’ambarlar olovga tushganda ham zarar ko’rmaganlar. Ba’zilari tushlarni to’g’ri ta’bir
qilganlar. Ba’zilarining qo’lidagi aso ajdarhoga aylangan. Ba’zilari o’liklarni tiriltirganlar.
Ba’zilari oz taomni bir necha yuz kishiga yetarli barakali qilganlar. Ba’zilari bilan
hayvonlar tilga kirib so’zlashgan. Ba’zilarining qo’l ishorasi bilan oy ikki bo’lakka
bo’lingan. Bularning bari haqida kitoblarda batafsil bayon qilingan.
Payg’ambarlarning sanog’i
- Hazrati Odam alayhissalomning zamonlaridan beri dunyoga qancha payg’ambar keldi?
- Aniq ma’lum emas. Bir yuz yigirma to’rt ming, degan taxmin bor.
- Ularning qaysilari bizga ma’lum?
- Ulardan Qur’onda yo hadisda zikr etilganlarigina bizlarga ma’lum. Qur’onda
yigirma
besh nafar payg’ambarning ismi bayon qilingan. Bular: Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih,
Ibrohim, Lut, Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Yusuf, Ayyub, Shuayb, Muso, Xorun, Dovud,
Sulaymon, Yunus, Ilyos, Zakariyo, Yahyo, Alyasa, Zulkifl, Iso,
Muhammad sollallohu
alayhumussalomdurlardir. Aziz, Luqmon va Zulqarnayn hazratlarining nomlari ham
Qur’onda bor. Lekin ularning payg’ambarliklari taxminiydir. Ba’zilar
ularni avliyo deb
hisoblaydilar.
- Qur’onda zikr qilinmagan va lekin nomlari ma’lum bo’lgan payg’ambarlar ham bormi?
- Bor. Masalan: Shish, Yuusha, Xizr, Bashir, Doniyol, Ishmuil, Ash’iyo, Xiroqul, Jirjis,
Jakuq, Hamzola kabilar.
- Eng dastlabki payg’ambar kim?
- Hazrati Odam alayhissalom.
- Oxirgisi-chi?
- Muhammad alayhissalom.
- Muhammad alayhissalomdan so’ng yana payg’ambarlar tushdimi?
- Qiyomat kunigacha o’zga payg’ambar chiqmaydi. Islom dini to qiyomatgacha boqiydir.
Jami payg’ambarlarning tarixiy bayonlari «Qissasul Anbiyo» («Payg’ambarlar qissasi»)
nomli kitobda bitilgandir.
Dostları ilə paylaş: