Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

Taqdir va qazo
- Taqdirning ma’nosi nima?
- Olamda har bir bo’lgan, bo’ladigan va bo’lishi tayin qilib qo’yilgan o’lchovdir. 
- Qazoning ma’nosi nima?
- Tayin qilingan ishning bajarilishidir. 
- Olamda bo’ladigan narsalar va qilinadigan ishlarning muddati avvaldan belgilanadimi?
- Albatta. Har bir ishning qachon, qay tarzda, qanday sabablar bilan qilinishi va muddati 
avvaldan belgilab qo’yiladi. Ular «Lavhul Mahfuz»da yozib qo’yilgan. 
- «Lavhul Mahfuz» nima?
- «Lavhul Mahfuz» osmonlar ustidagi kitobsimon mavjudliklardir. 
- Bandalarning savob olishlari yoki gunohga botishlari «Lavhul Mahfuz»da bitilganmi?
- Albatta. 
- Odamlar «Lavhul Mahfuzda»da yozilgani tufayli savobga botadi yoinki gunohkor 
bo’ladimi?
- Unday emas. Bu narsani Alloh taolo O’zining azaliy ilmi bilan biladi. Ya’ni, biror banda 
agar o’z ixtiyoriga qo’yilsa, qanday amallarni qilmoqligi avval-boshdanoq Allohga ma’lum 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
10
va «Lavhul Mahfuz»ga bitilgan. 
- «Lavhul Mahfuz»da avvaldan bitilgan ekan-ku, deb bu dunyoda tek yuraverish, 
oxiratga hozirlik ko’rmasdan yotaverish, gunoh ishlarni bot-bot qilaverish mumkin ekan-
da?
- Hech mumkin emas! Har bir banda qunt bilan ilm olishi, ma’rifat o’rganishi, halol non 
topib yeyishi, gunohlardan to’xtashi lozim. Har ishni taqdirga havola qilib, o’z ixtiyoridagi 
ishlarni taqdirga topshirib qo’yishi ma’qul emas. Chunki taqdir oliy tushuncha, Alloh 
taolo belgilab qo’ygan o’lchovdir. Ammo bu dunyoda insonning o’ziga bog’liq qilib 
qo’yilgan jihatlar borki, bunga inson o’zi harakat qilishi kerak. 
- Ajalning ma’nosi nima?
- Berilgan umr muhlatining tugashi. 
- Biron ofat yoki boshqa sabab bilan o’lgan kishining ajalini nima deb bilmoq lozim?
- Ular tashqaridan qaralganda biror sabab bilan yoki tasodifan o’lganga o’xshab ko’rinsa 
ham, aslida ajallari yetib kelgani tufayli qazo qilganlar. Chunki inson umr muddati 
tugagani sababli ham tasodif va biror bahonaga yo’liqadi. 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin