Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

Bandalarning fe’l-atvori
- Bandalarning fe’li kim tomonidan belgilanadi?
- Bandalar o’z fe’llarini o’zlari yaratadilar. Alloh taolo ularga kuch-quvvat, ya’ni biror 
narsani ixtiyor etmoqqa kifoya qilguvchi iroda va ixtiyor bergan. 
- Alloh taolo bandalariga yaxshi va yomon fe’llarni taqsimlab berganmi?
- Albatta, banda qaysi fe’l-atvorni ixtiyor qilsa, Alloh taolo unga o’sha fe’lni ravo ko’radi. 
Agar biror kishi o’z ixtiyori bilan savob ishni qilmoqchi bo’lsa, Alloh unga bu fe’lini 
bermoqqa rozidir. Agar gunoh fe’lni bandasi kasb qilsa, Alloh taolo rozi bo’lmaydi. Lekin 
sinov muddatini bo’yniga qo’ygan holda uni o’z ixtiyoriga qo’yadi. 
- Bandaning fe’lini Alloh belgilaydigan bo’lsa, bandalar bajargan yumushlari uchun savob 
yoki gunoh orttiradilarmi?
- Albatta, agar banda yaxshi fe’lni kasb qilsa, savob oladi, mabodo yomon fe’lga yo’liqsa, 
gunohkor bo’ladi. Chunki Alloh taolo tanlash ixtiyorini bandalarning o’zlariga bergan edi. 
Zamonning oxiri
- Zamonning oxir bo’lishi ma’nosi nima?
- Ushbu dunyoning oxirlashi va tugashidir. 
- Zamon tugashining belgilari qanday?
- Yer yuzining jami mavjudoti – odamzot va hayvonot, osmonda esa butkul farishtalar 
qirilib halok bo’lishi zamon oxirining asosiy belgisidir. 
- Zamon qay vaqtda tugaydi? Unga necha yil qoldi?
- Zamonning qachon va qay holatda tugashi yolg’iz Allohga ayondir. Biz faqat shuni ayta 
olamizki, har kuni va har lahzada qiyomat bo’lishining ehtimoli bor. 
- Zamon tugamasidan avval uning qanday alomatlari ko’rinadi?
- Zamon tugamasidan avval yer yuzini faqat bir millat vakillari egallab oladi. Ammo 
Islom davlatlari juda zaif bo’ladi. So’ngra o’sha qudratli millat ham zaiflashadi va o’zga 
qavmning tasarrufiga kirib ketadi. Musulmonlar esa taraqqiylashib ketadi. So’ngra yana 
jamiki odamlar ibodatsizlikka mubtalo bo’ladilar. Jabr va zulm ko’payadi. Zilzila, yerning 
cho’kishi, shaharlarni suv bosishi hodisalari ko’p bo’ladi. Vaboga o’xshash turli-tuman 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin