Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

Qiyomat kunining sharhi
- Dunyo maxluqoti tamoman halok bo’lgandan so’ng nima bo’ladi?
- Undan so’ng qiyomat boshlanadi. Alloh taolo odamlarni qaytadan tiriltiradi. Qabrlardagi 
va boshqa joylardagi o’liklar Alloh taoloning qudrati bilan bir joyga yig’ilib, xuddi tirik 
vaqtlaridagidek to’planishadi. So’ng Alloh taolo Isrofil alayhissalomga surni ikkinchi 
marotaba chalmoqni amr qiladi. So’ng har bir banda mahshar maydoniga jam bo’ladi. 
- Mahshar maydoni qanaqa maydondir?
- U bandalarning o’tkinchi dunyoda qilgan amallarini hisob va taftish qiladigan joydir. 
- Mahshar maydonida qanaqa ishlar bo’ladi?
- Har bandaga o’tkinchi dunyodagi amallari yozilgan daftar berilib, u amallarining har biri 
o’ziga ma’lum qilinadi. Va har kimning amali to’g’rilik, odillik tarozisi bilan o’lchanib, 
jannat va do’zax ahllari saralanadi. 
- Mahsharda bandalarning amallarini kimlar hisob va taftish qiladilar?
- Alloh taolo tarafidan buyurilgan vakil farishtalar. 
- Hisobotdan so’ng bandalar qaysi yerga borishadi?
- Jahannam ustiga qurilgan Sirot ko’prigining yoniga boradilar. 
- Sirot ko’prigidan kimlar o’tmoqqa qodir?
- Har bir solih va gunohlari kechirilgan mo’min zotlar. Ammo undan o’tolmagan 
gunohkor zotlar Sirot ko’prigidan qulab jahannamga tushib ketadilar. 
 
 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
12
Jannat va jahannam
- Jannatning ta’rifi qanday?
- Jannat rohat va farog’atga to’la. Unda xushhavo bog’lar, zilol chashmalar, til bilan 
bayon qilib bo’lmas afzalliklar bor. 
- Jannatdagi eng mo’’jizaviy va hayratlanarli voqea nima?
- Jannat ahlining Alloh diydoriga yetishmog’i. Ammo Allohni biz qay tariqa, ya’ni qay ko’z 
bilan ko’rmog’imiz ma’lum emas. 
- Jahannam qanday makon? 
- Jahannam qabohatga va razolatga to’la azoblar makonidir. U joyda Zaboniya ismli 
farishtalar kofirlar va gunohkorlarga ayovsiz jazo beradilar. 
- Jannatga kimlar kiradi?
- Bu o’tkinchi dunyoda Alloh buyurgan amallarni bajarib, u Zot ta’qiqlagan ishlardan 
qaytgan diyonatli va gunohlari kechirilgan mo’min bandalar kiradi. 
- Jahannamga-chi?
- Kofirlar va fosiqlar. 
- Kishilar jannatda doimiy qoladilarmi?
- Jannat ahli boqiy qoladi va unda qazoyu qadar yo’qdir. 
- Jahannamga kirganlar-chi?
- Imonsiz kishilar jahannamda doimiy mahbus bo’lib qoladilar. Ularga o’lim yo’q. Ammo 
gunohlari kechirilmasdan jahannamga kirgan osiy mo’minlar gunohlari miqdoricha 
jazolanib, so’ng do’zaxdan chiqadilar va jannatga qaytib, u joyda qoladilar. 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin